«tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha rektor muovini –––––––––––––––– dots. Sh. A. Mutalov 2013 й yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi


Download 0.89 Mb.
bet2/8
Sana28.05.2020
Hajmi0.89 Mb.
#111208
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yog-moy kimyosi


Takrorlash uchun savollar

1.Urug‘larning asosiy zahira moddalari.

2.Urug‘larning mevalardan farqi nimada

3.Urug‘larning asosiy anatomik qismlari qaysilar.

4. Quruq mevalarning turlari va tavsifi.

3-MA’RUZA
MOYLI URUG‘ VA MEVALARNING ANATOMIK TUZILIShIGA KO‘RA UMUMIY TAVSIFI
Reja: Urug‘ va meva pustloqlari, urug‘ murtagi, endosperm. Urug‘ni tashkil qiluvchi asosiy tukimalarning to‘zilishi. Urug‘ mag‘zi va po‘stlog‘ining miqdoriy nisbati.
Urug‘lar ko‘p hujayrali murakkab, har xil to‘qimalardan tashkil topgan.to‘qima bu hujayralar majmuasi bo‘lib, o‘simlik organizmida o‘z funksiyalariga ega. To‘qimalar guruhlarga bo‘linadi. Bir xil nomlangan to‘qimalar o‘zaro bog‘liq sistemani tashkil qiladi. Urug‘larda qobiq va modda to‘plovchi to‘qimalar yaxshi rivojlangan. O‘rab turuvchi qobiq to‘qimalari murtak va endospermni salbiy ta’sirlardan saqlaydi. Moda to‘plovchi to‘qimalar murtak va endospermda rivojlangan bo‘lib, ozuqa to‘playdi va saqlaydi.

.Moyli urug‘larning ayrimlari to‘plangan ozuqa moddalarni murtakda, ayrimlari endospermda saqlaydi.



Murtakda yig‘uvchilarga: kungaboqar, gorchitsa, soya. (kungaboqar urug‘ida endosperm yupqa po‘st bilan o‘ralgan)

Endospermda yig‘uvchilar: kanakunjut, moyli ko‘knor, kunjut.

Ikkala turdagi yig‘uvchilar: zig‘ir.

Shunday qilib to‘liq pishgan urug‘larni endospermning rivojlanish darajasiga ko‘ra 3 turga bo‘lish mumkin:



  1. Endospermsiz (kungaboqar)

  2. Endospermli (kanakunjut)

  3. To‘la rivojlangan murtak va endospermli (zig‘ir)

Tashqi ta’sirdan saqlovchi meva va urug‘ po‘stlari ular to‘zilishining pishiqligidandir. Bu to‘qimalar qattiq, o‘zunchoq shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, jonsiz va hujayralari ichki moddalarsizdir. Po‘st urug‘ning unib chiqishi uchun zarur muhitni ta’minlaydi-namlik va issiqlikni o‘tkazmaydi. Buning sababi urug‘ qobig‘i to‘qimalari lipidlardan, mumlar va mumsimon moddalar kiradi. Ayrim quruq meva po‘stlari po‘kaksimon devorchalari bo‘shlig‘ida havo yoki saqichsimon moddalar bo‘ladi. Pishib yetilgan davrda bunday po‘st to‘qimalari qotib, nihoyatda mustahkam bo‘ladi. Ayrim xollarda meva po‘stlari yorilsa ham urug‘ po‘sti saqlanib qoladi. Chunki urug‘ po‘sti moyli mag‘izli qismi bilan bitib ketgan bo‘lishi mumkin (zig‘ir), lekin ko‘proq ular bir-biriga tegib turadi (soya, kunjut,chigit).

Turli moyli urug‘lar meva po‘stlari tarkibiga kiruvchi ayrim kimyoviy moddalari bilan ham farq qiladilar. Masalan zig‘ir meva po‘stida shilliq moddalar bo‘lsa, boshqalarida fenol va shunga o‘xshash moddalar uchraydi.

Agar pishib to‘kilgan urug‘larning meva po‘sti ochilib ketmaydigan bo‘lsa, urug‘ qobig‘i to‘qimalarimurtak va endospermnikiga o‘xshash ancha yumshoq bo‘ladi. Aksincha agar pishib yetilgan urug‘ning meva po‘sti ochilib ketadigan bo‘lsa, bunday moyli urug‘lar urug‘ qobig‘i to‘qimalari meva po‘stinikiga o‘xshash ancha mustahkam bo‘ladi. Ko‘p xollarda qayta ishlanayotgan moyli urug‘lar quruq urug‘ po‘stiga ega bo‘lishadi. Suvli po‘stloqli urug‘lar odatda qadimiy evolyusion o‘simliklarda uchraydi.

Murtak-embrion xoldagi o‘simlik, unda muriak xoldagi o‘simlikning barcha vegitativ organlari (ildiz va novdalar) bo‘ladi. Ildizdan kurtakkacha o‘sish zonasi-murtak poyachasidir. Murtakning asosiy to‘qimalari silindrsimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, shu to‘qimalar asosan texnologik jarayonlardagi maydalashga ancha chidamlidir.

Murtakdagi dastlabki barglar o‘ziga xos to‘zilishga ega va ular urug‘palla barglar deyiladi. Murtakdagi urug‘pallar soniga ko‘ra bir va ikki pallali deb ataladigan ikki sinfga bo‘linadi.

Urug‘pallalar ikki xil to‘qimadan tashkil topgan bo‘ladi: o‘rab turuvchi

(tashqi va ichki epidermis) va asosiy urug‘pallani o‘rta qismida o‘tkazuvchan va mexanik to‘qimalar bo‘lib ulardan yaproq tolalari paydo bo‘ladi. Asosiy to‘qimalar ko‘p qatorli cho‘zinchoq, radial joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Murtak ichidagi kurtakcha asosan urug‘ning unib chiqishiga yaqin, uchli tarafida, urug‘pallalar orasida joylashgan bo‘ladi.

Turli xil moyli urug‘larning murtaklari asosan bir turdagi plandagi bo‘lib, tashkil qiluvchilarning rivojlanish darajasi va o‘lchamlari bilan farq qiladi. Asosan bu urug‘pallalarga tegishli farq. Endospermasi bo‘lmagan kungaboqarlarda urug‘pallalar qalin etli, chunki asosiy to‘plangan yog‘simon va oqsil moddalar shu yerda bo‘ladi.

CHigitda urug‘palla yupqa, lekin yuzasi katta, chunki urug‘palla o‘ralgan xolda bo‘ladi.

Endospermasi yaxshi rivojlangan ( kanakunjutda) urug‘pallalar yupqa ikkita yaproqcha xolida endosperm orasida joylashgan bo‘ladi.

Endosperm-gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodisasida muhim biologik ahamiyatga ega.Murtak qopchasidagi ikkilamchi mag‘izning urug‘lanishi endospermni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Endosperm hayotiy faol to‘qima tarzida rivojlanadi. Tez bo‘linishi natijasida oziqlantiruvchi to‘qimaga aylanadi. Endosperm murtakning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Endosperm to‘qimasining to‘zilishi asosiy murtak to‘qimasiga o‘xshash. Endospermsiz urug‘larda bu to‘qima deyarli bo‘lmay, qisman urug‘ qobig‘i bilan bitib ketgan bir, ikki qator hujayralar qavati xolida uchraydi.

CHigit endospermi urug‘pallari o‘ramlar orasidagi tekislovchi qatlam to‘qima sifatida bo‘lib, uning qalinligi qatlamlar chuqurligiga bog‘liq. Zig‘ir urug‘i endospermining hajmi murtak hajmiga teng. Kanakunjut endospermi asosiy to‘plovchi to‘qima bo‘lib, urug‘ qobig‘i ichidagi barcha bo‘shliqni egallaydi.
Takrorlash uchun savollar

1.Endospermda va murtakda yog‘ to‘plovchi moyli o‘simliklarni nomini ayting.

2.Urug‘ning asosiy va po‘st (kobig‘) to‘qimalarining farqi nimada?

3.Urug‘larni o‘rab turuvchi to‘qimalarning ahamiyatini tushunturing.

4.Qanday kimyoviy moddalar o‘rab turuvchi to‘qimalar mustahkamligini ta’minlaydi?

5.Turli urug‘lar asosiy qismlari orasidagi o‘xshashlik va farq nimada?



4-MA’RUZA
YOG‘LI URUG‘LAR HUJAYRALARINING TUZILIShI VA XUSUSIYATLARI
Reja: Xo‘jayralarni mikroskopik to‘zilishi. Xo‘jayralarni tashkil qiluvchilar: xo‘jayra pusti, yadro, sitoplazma, aleyron donachalar, Xo‘jayraning tarkibiy elementlari. Moyli urug‘lar xo‘jayra sitoplazmasidagi moyning holati. O‘simlik xo‘jayrasida zaxira oqsil moddalarning tuplanishi. Mineral moddalarning to‘planishi.
Moyli mevalar va urug‘lar to‘qimalari ularning funksiyalarini bajaruvchi yuzlab xujayralardan tashkil topgan. Strukturasi va funksiyalariga ko‘ra xujayralar ko‘plab turlarga bo‘linadi. Odatdagi o‘simlik xujayrasi - bu asosiy (to‘plovchi) tukimalarning xujayralari bo‘lib, unda barcha metabolik jaraënlar amalga oshadi. O‘rab turuvchi to‘qimalar hujayralari o‘zlarining funksiyalariga kura tula yoki qisman metabolik aktivligi sust bo‘ladi. Xujayralar shakli, xajmi, kimëviy tarkibi bilan farqlanadi. Bu esa tukima,o‘simlik turi va yoshiga boglikdir, ammo o‘simlik xujayralari uchun birday to‘zilishini saklab qoladi. Masalan, ayrim urug‘larning moyli tukimalari xujayralari o‘lchamlari quyidagicha farqlanadi: (o‘lcham birligi - mkm )

Urug‘ turi moyli to‘qima turi buyi eni

Zig‘ir urug‘palla 29,1 13,1

Kungabokar urug‘palla 53,3 21,1

CHigit urug‘palla 27,7 16,9

Kanakunjut endosperm 58,4 40,4

Soya urug‘aalla va endosperm 68,4 23,5
Elektron mikroskopda xujayralar molekulyar ultrastrukturasi o‘rganilganda shu narsa anikdandiki, bir xil funksiyali to‘kima xujayralar oqsil, lipid, uglevod va boshqa birikmalari barcha o‘simlik turlari va to‘qimalari uchun bir xildir. Ko‘zatilgan farq asosan mahsus molekulalar to‘plamida bo‘lib, birinchi navbatda har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi fermentlari to‘plamida ekanligi aniqlandi.

Urug‘ to‘kimalari xujayralarining ikkita asosiy elementi bor bu –xujayra devorchasi va protoplast. Hayvonot organizmi xujayrasi devorchasidan farqli o‘simlik xujayrasi devorchasi qattiq. Xujayra devorchasi protoplastni o‘rab turadi va mexanik tayanch vazifasini bajaradi. Xujayra devorchalari ikkita tashqi (birlamchi) va ichki (ikkilamchi) qatlamdan to‘zilgan. Xujayraning birlamchi devorchalari orasidagi joy xujayralar aro qatlam deyiladi. Qo‘shni xujayralar o‘zaro birlamchi devorchalarning maxsus qismlari orqali ta’sir qiladilar. Xujayralararo bo‘shliq umumiy xujayralararo sistemani tashkil etib, o‘simlik to‘qimasini tashqi atmosfera bilan bog‘laydi. Havo shu bo‘shliq orqali barcha xujayralarga yetib kislorod bilan ta’minlaydi. Xar bir xujayra boshqasi bilan plazma desmalari ërdamida bog‘langan bo‘ladi (bu kanallar diametri 16-20 nm).

Moy tutuvchi to‘qima xujayralarining devorchalari asosan yupqa, lekin har xil urug‘larniki turli qalinlikda bo‘ladi. Masalan, loviya xujayrasi devorlari eng kalin, chigitniki eng yupqa. Boshqa moyli urug‘lar xujayra devorchalarining o‘lchami 0,4 dan 0,94 mkm gacha ekanligini quyidagi jadvaldan ko‘zatish mumkin:

Moyli urug‘lar xujayra devorchalarining qalinligi , mkm.

Urug‘ing nomi moyli to‘qima turi qalinligi

Kanakunjut endosperm 0,4 ... 0,42

Zig‘ir urug‘palla va endosperm 0,32...0,4

Kungaboqar urug‘palla 0,54... 0,8

Soya urug‘palla va endosperm 1,29...1,30

CHigit urug‘palla 0,3


Moylarni ajratib olish texnologiyasi moyli urug‘ni tayërlash jaraënida shu devorchalarning maksimal sindirilishiga erishishga asoslangan. Shuning uchun turli moyli urug‘lar xujayra devorchalari qalinligi orasidagi farq, ularning xar biridan moy ajratish jaraëniga har xil energiya sarfini belgilaydi.

Quritilgan urug‘larda xujayralarning devorlar aro qatlami kislorodga nisbatan ko‘prok CO2 gazi bilan to‘la bo‘ladi.

Xujayra devorchalari mustaxkamligini uning tarkibiga kiruvchi polisaxaridlar: sellyuloza, pektin va gemitsellyuloza ta’minlaydi. Bir-biriga tegib turuvchi xujayra devorchalari pektin moddasiga boy bo‘lgan modda bilan qotirib ëpishtirilgan.

O‘saëtgan xujayra devorchasi metabolik aktiv xolatda bo‘lib, sitoplazmadan kam farqlanadi. Faqat o‘sishdan to‘xtagan xujayra devorchalari bioximik aktivligi tez susayib, xujayralar aro bog‘liqlik faqat plazmadesmalar orqali amalga oshadi.

Meva po‘sti va urug‘lar kobig‘i tuqimalarining xujayralari asosiy moy tutuvchi tuqima xujayralaridan farq qiladi. Urug‘ pishishi bilan uning po‘sti qotib boradi. Bunga sabab po‘st to‘kimasi xujayraning lignin moddasi bilan to‘lib borishidir. Ëg‘ochsimonlashib qolgan po‘st (kobig‘) xujayrasi o‘ladi va bunday kobig‘ urug‘ni tashqi ta’sirlardan saqlaydi.

Undan tashqari kobig‘ xujayrasi devorchalarida po‘kaklashish jaraënida lipid tabiatiga ega bo‘lgan, gidrofob suberin moddasi paydo bo‘ladi. Suberin bilan to‘lgan urug‘ qobig‘i xujayrasining devorchalarida haët to‘xtaydi, ya’ni xujayralarning o‘zi o‘lib, mustaxkam o‘lik xujayralar to‘kimasini hosil qiladi. Urug‘ va meva po‘stlarining atmosfera Bilan chegaralangan xujayralarining devorchalarida gidrofob polimer - kutin moddasi bo‘lib, bunday xujayralar maxsus kutikula to‘qimasini xosil qiladi. Kutikulaning o‘zi uch qavatli bo‘lib, tashqi qavat (mumli), o‘rta (kutinlashgan) va ichki qavat (kutin, mum, polisaxarid va ozroq oqsildan tashkil topgan). Bu tuqimada modda almashinish jaraëni ancha sustlashadi lekin to‘xtamaydi.

Protoplast sitoplazma va bir ëki bir nechta vakuolidan tashkil topgan. Sitoplazma ichida yadro va bir qancha organellalar joylashgan bo‘ladi. Mikroskop ostida ko‘zatilganda o‘saëtgan ëki pishaëtgan urug‘ xujayrasi sitoplazmasi ichida zarrachalari bo‘lgan, tiniq yarim suyuq massa holida ko‘zatiladi. Ësh xujayrada yadro markazda joylashgan ko‘rinsa, pishgan urug‘ xujayrasida yadro xujayra devorchasiga kattalashgan vakuoli tomonidan surib qo‘yilgan holatda ko‘rinadi.

Vakuol - protoplastning sitoplazma qismidan membrana ërdamida ajratilgan qismi bo‘lib, o‘saëtgan o‘simlikda bu qism suvda erigan noorganik ionlardan, uglevodlardan, organik kislotalardan, alkaloidlar, fenol birikmalaridan tashkil topgan. Pishib yetilgan va namligi kamaygan urug‘ xujayrasida bu birikmalar kristallar (oksalat kaldiy, oksillar) va amfotir qatlamlar xosil qiladilar. Vakuol metabolik aktiv xujayra mustaxkamligini ta’minlaydi. Pishaëtgan urug‘ xujayrasi vakuolilarida oqsil tanachalari ëki aleyron zarrachalari ko‘rinishida zaxira oqsillari
hamda urug‘ to‘kimalarini har xil mikroorganizm va qumirsqalardan ximoyalovchi alkaloiddar, glikozidlar saponinlar va boshqa moddalar to‘planadi.

Elektron mikroskop ërdamida xujayra o‘rganilganda uning tarkibi murakkab to‘zilganligi va sitoplazma xilma xil organoidlaridan to‘zilganligini (mitoxondriya, xloroplast, plastida, ribosoma, mikrotanachalar va hokazo) ko‘rish mumkin.

Metabolik aktiv xujayralarning sitoplazmasi murakkab to‘zilishga ega. Sitoplazma tarkibiga kiruvchi modda sitozol deyiladi. Barcha kimëviy reaksiyalar tirik xujayrada laboratoriya sharoitlaridan farqli o‘ziga xos sharoitlarda boradi.

Bu reaksiyalar biomembranalar bilan chegaralangan kichik xajmlarda boradi. Biomembranalar xujayra organoidlarining asosiy koponentidir. Ular polyar lipidlardan: fosfolipid, glikolipid va sterollardan tashkil topgan bikatlam bo‘lib, orasida fermentlar joylashgan. Bu moddalarning gidrofil qismi qatlamlar yuzasida bo‘lib, qatlamlar orasida qisman bir-birini qoplab tutashgan gidrofob qismlar ëtadi. (ëg kislotalari qoldiqlari) Oqsil tabiatiga ega bo‘lgan fermentlar lipidli biqatlam bo‘lgan biomembrananing gidrofil yuzasining har ikki tomoniga singgan xolda joylashadi. Biomembranada lipidlar va oqsillar to‘xtovsiz xarakatda bo‘lishlari mumkin. Oxirgi tasavvurlarga ko‘ra biomembrana oddiy temperaturada suyuk, kristall strukturaga ega. Biomembrana lipidlari ëg‘ kislotalari qoldiqlarining to‘yinmaganlik darajasi uning normal ishlash qobiliyatini temperaturaga bog‘liqligini belgilaydi. Haroratning pasayishi biomembrana qovushqoqligini oshirib, qattiq gelsimon xolatga o‘tishiga va funksiyasining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘simliklar tashqi muhit haroratiga moslashgan ëg‘ kislotalar sintezlaydi.

Xujayra organoidlaridan yana biri va ancha kattasi bu uning yadrosidir. Yadroning atrofi ikki qavat, diametri 90 nm bo‘lgan ko‘p sonli g‘ovakli biomembrana bilan o‘ralgandir. Bu teshikchalar orqali yadro va sitoplazma orasida modda almashinish jaraëni boradi. Yadroning ichida yadrocha bo‘lib, u yerda oqsil sintezining birinchi bosqichi boradi va zarur bo‘lgan RNK joylashgan. Yadrodagi fermentlarning sintezi butun xujayradagi modda almashinish jaraënini belgilaydi. Xujayrada lipidlar, oqsillar, uglevoddar va ular birikmalarining xosil bo‘lishi avvalambor yadroda sintezlanadigan oqsillar - fermentlar turi va aktivligiga bog‘liq.

Hujayra organoidlaridan yana biri - mitoxondriyalar. Ular xujayrani moddalarning oksidlanishi (nafas olish) hisobiga energiya bilan ta’minlaydilar. Mitoxondriya tashqarisi silliq va ichkarisi burmali biomembranaga o‘ralgan. Tashqi qavat 70% oqsil va 30% polyar lipiddan, ichki qavat 15% oqsil va 85% polyar lipiddan tashkil topgan. Mitoxondriyaning o‘ziga xos xalqasimon DNK molekulalari bo‘lib, shular asosida u o‘z oqsilini sintezlaydi. Mitoxondriyalarning o‘simlik xujayrasida paydo bo‘lishi to‘g‘risida ancha kiziqarli fikrlar mavjud.

Xujayra organoidlaridan yana biri - plastidalar. Bu organoidlar faqat o‘simlik xujayralariga xos bo‘lib, ulardan eng muhimi xloroplastlardir. Ular mitoxodriyalardan farqli ravishda xujayrani kuyosh energiyasini kimyoviy bog‘ energiyasiga aylantirish orqali energiya bilan ta’minlaydilar. Xloroplastlar tarkibiga xlorofillar kiradi. Plastidalar ham mitoxonriyalarga o‘xshash ikki qatlamli membranaga ega va mustaqil oqsil sintezlaydi. Plastidalarda xlorofillardan tashqari karatinoidlar (xloroplastlar) rangsiz leykotsitlar mavjud va ular bir- biriga aylanadi. Shuning uchun pishayotgan urug‘ning rangi yashildan sarig‘ga o‘zgaradi.

Xujayra organoidlaridan yana biri - endoplazmatik retikulum. Xujayra yadrosidan so‘ng eng yirik organoid. Ular membranalardan hosil bo‘lgan kanalchalar uch o‘lchamli labirintlar ko‘rinishiga ega. Labirintlar orasidagi bo‘shliqlar sisternalar deyiladi. Ikki xil retikulumlar bo‘lib, g‘adir-budir retikulumda organoidlardan ribosomalar joylashadi va ular oqsil sintezini ta’minlaydi. Silliq retikulumda, ya’ni sisternalarda lipiddar va boshqa moddalar sintezi boradi.

Diktiosomalar yoki Goldji apparata deb nomlangan biomembranalar to‘plamining funksiyasi xujayrada sintezlangan maxsulotlarni xujayra tashqi biomembranasiga tashishdan iborat. Ular retikulum va xujayraning chiqaruvchi sistemasiga bog‘langan.

Mikrotanachalar - xujayra organellalari sferik yoki yumaloq diametri 0,2...1,5 mkm va bir qavat biomembrana bilan o‘ralgan o‘simlik xujayrasining tarkibiy qismidir. Bo‘lardan sferasomalarda zaxira lipidlari sintezlanadi va to‘planadi, bo‘lardan glikosomalarda esa lipidlar uglevodlarga aylanadi. Turli moyli o‘simliklar sferasomalari bir-biriga yaqin kimyoviy tarkibga ega. Triglitseridlar ularning 80-90 foizini tashkil qiladi. Sferosomalarda uchglitseridlarning sintezini ta’minlovchi fermentlar mavjud.

O‘simlik tanasining boshqa xujayralaridan farqli pishgan moyli urug‘ moyli to‘qimalari xujayralarining butun xajmi zich taxlangan sferosomalarga to‘lgan. Quruq urug‘larda esa vakuolilar umuman yo‘q.
Takrorlash uchun savollar

1. O‘simlik xujayra asosiy organoidlarini ayting va funksiyalarini tushuntiring.

2. Turli moyli urug‘lar xujayralari o‘lchamlarini ta’riflang.

3.Xujayralar orasidagi bog‘liqdik qanday amalga oshiriladi?

4.Asosiy va qoplovchi to‘qima xujayra devorchalarini ta’riflang.

5.Biomembranalar to‘zilishi va funksiyasi kanday?



5-MA’RUZA
URUG‘LARINING HOSIL BO‘LIShIGA TAShQI MUHITNING TA’SIRI
Reja: Moy hosil bo‘lish jarayoni va unga tashqi muhitning ta’siri. S.L.Ivanov qonuniyati. Urug‘larda modda almashinuvining o‘ziga xosligi.
Evolyusion taraqqiyot davomida o‘simliklar tashqi muhitga yaxshi moslashgan. Ularning bu munosobati modda almashinishi orqali amalga oshib, o‘simlaklarning fiziologik holati, tashqi muhit sharoiti va o‘simlik kimyoviy tarkibiga bog‘liq. O‘simliklarning tashqi muhit bilan bog‘liqligi hayvonlarning tashqi muhit bilan bog‘liqligiga nisbatan ancha kuchli, chunki hayvonlar zarur bo‘lgan vaqtda og‘ir, noqulay va iqlim sharoitidan qochishlari mumkin.

O‘simliklarning tashqi muhit sharoitiga moslashish xususiyati nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi saqlanib qolish maqsadiga yo‘naltirilgan.

Moyli o‘simliklar va ular urug‘larning kimyoviy tarkibi tashqi muhitning to‘xtovsiz ta’siri ostida hosil bo‘ladi. O‘simlik xo‘jayrasi tashqi muhitning salbiy ta’siriga energiya sarf qilib, qaro‘ilik ko‘rsatadi. Yig‘ib olingan ya’ni o‘simlik bilan aloqasi o‘zilgan urug‘larda tashqi energiya manbayi o‘ziladi. Bunday urug‘larning barcha moslashish va himoyalanishuchun bo‘lgan energiya ichki zaxira moddalarning parchalanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Shuning uchun urug‘larning javob reaksiyalarning xarakteri ularning yig‘im terimgacha to‘plagan zaxira moddalarning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Ularning asosiy energetik moddasi zaxira lipidlar bo‘lgani uchun, ularning tashqi muhitning o‘zgarishiga bo‘lgan reaksiyasi lipid kompleksining o‘zgarishiga loib keladi.

Moyli o‘simliklarning o‘stirilish joyining geografik o‘rniga hos bo‘lgan temperatura, yorug‘lik, namlik va boshqalar urug‘da yig‘iladigan moyning miqdori hamda lipid kompleksi va yog‘ kislota ta’sir qiladi.

S.A. Ivanov turli geografik kengliklarda o‘stirilgan ko‘pchilik moyli o‘simliklarning kimyoviy tarkibini ko‘zatib, shimolrokka ekilgan o‘simliklarda moyhosil bo‘lish jarayonlari kuchayadi, degan xulosoga keladi.

Masalan, gorchitsa urug‘ida moy mig‘dorining o‘zgarishi ko‘zatilib, shimoliy rayonga ekilgan o‘simlikda (G‘arbiy Sibir) moy miqdori 40...50% bo‘lsa, janubroqda (O‘rta Volga bo‘yida) 30...33% ni tashkil qilishini aniqlagan.

Urug‘dagi moyning miqdoriga o‘simlikning okean satxidan balandlikda o‘stirilishi ham to‘g‘ri proporsional ta’sir qiladi.

Keyingi olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘simliklarning geografik o‘rni moyning miqdorinigina emas balki uning triglitserid tarkibini ham belgilar ekan. Moy miqdorining ko‘p bo‘lishini taminlaydigan tashqi muhit sharoiti, uning to‘yinmaganligining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bu xodisani S.L. Ivanov shunday tushuntiradi. Past temperaturalarda o‘simliklarda moyning ko‘p bo‘lishi himoyalanish reaksiyasini oshiradi. To‘yinmagan yog‘ kislotalar esa past temperadurada qotib qolmaydi, bu esa o‘simliklarning saqlanib qolishiga yordam beradi. Bunga misol, tropik o‘simliklarning ko‘pchiligini moyi qattaq, o‘rta va shimolroq kengliklardagi o‘simliklar suyuq moylar sintez qiladi. Lekin ayrim tropik o‘simliklar ham suyuq yog‘ sintez qiladi. Buni Ivanov: “Shu o‘simliklarning sovuqqa chidamliligi” – deb tushuntiradi. Uning fikricha urug‘ning pishish davrida moyning to‘planishiga va uning to‘yinmaganlik darajasiga asosan yerning namligi va tashqi muhit temperaturasining pasayishi ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda S.L. Ivanov taklif qilgan shu qonuniyat qabul qilingan.

Bu hodisani molekulyar darajada shunday izohlash mumkin: xujayradagi oqsillarning xarakatchanligi va fermentativ aktivligi biqatlam biomembranalar tarkibiga kiruvchi lipidlarning qovushqoqligiga bog‘liq. Bu esa yog‘ kislotalarning to‘yinmaganligiga va tashqi muhit temperaiurasiga bog‘liq.

Urug‘larda sintez bo‘layotgan yog‘ kislotalarning to‘yinmaganligiga sabab to‘qimalardagi kislorodning parsial bosimidir. Bosimning oshishi shimolda yoki tog‘da yetilgan urug‘ moyining yog‘ kislota tarkibiga o‘xshash ko‘proqto‘yinmagan bo‘lishini belgilaydi. Tqimadagi kislorod ikki raqobatli jarayonlarga sarflanadi. Nafas olishga va yog‘ kislotalarning oksidlanish denaturatsiyasiga sarflanadi. Ikkinchi jarayon bu to‘yingan yog‘ kislotalarning to‘yinmaganlarga aylanashi. Past temperaturali sharoitda pishayotgan urug‘da nafas olishning sustligi sababli kislorod ko‘p bo‘ladi va S18:2ning va S18:1dan va boshqa to‘yingan yog‘ kislotalardan hosil bo‘lishiga sarflanadi.

C18:1 + ½ O2 = C18:2+ H2O

Yuqoriroq temperaturalarda esa (gazlarning eruvchanligi akmkyganligi sababli) urug‘ to‘qimalari suyuqlari tarkibida kislorod miqdori kamayadi, nafas olish jarayoni kuchayadi. Shuning oqibatida bor kislorodning hammasi nafas olish jarayoniga sarflanib, yog‘ kislotalarning denaturatsiyasiga yetmaydi va urug‘larda to‘yingan yog‘ kislotalar to‘planadi.

Urug‘larda ularning hosil bo‘lishidan to to‘liq yetilish davrigacha bir qancha murakkab o‘zgarishlar yuz beradi va maksimal darajada moda almashinish bosqichi orqali tinch (pokoy) holatga o‘tadi. Tinch holatdagi urug‘ ta’sir qiluvchi ta’sirlarga kuchli qarshilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ularni sifatli saqlash asosida ularning shu holatini asrab qolish yetib, urug‘lar tarkibidagi zaxira moddalarni to‘liq saqlashni ta’minlaydi. Shu bilan birga yetilish davri, to‘plash jarayonining ahamiyatini tan olmay bo‘lmaydi, chunki ularning urug‘ni saqlashga ta’siri katta. Urug‘ pishayotgan davrda undagi moda almashinish maksimal darajaga yetib, fermentlar aktivligi pasayishi sababli asta sekin kamayadi. Fermentlar aktivligining pasayish sababi urug‘lar tarkibida lipidlar miqdorining oshib, gidrofobligi oshishi natijasida suvsizlanishidir. Tinch holatdagi urug‘larda fermentlar aktivligi minimal bo‘lib, modda almashinuvi urug‘ni yekish davrigacha saqlanish uchun zarur bo‘lgan minimal qiymatga ega bo‘ladi. Namlik, temperatura va kislorod ta’sirida urug‘ murtagi tinch holatdan chiqadi va o‘sa boshlaydi. Asosiy to‘qimalardagi zaxira moddalarini juda tez sarf bo‘lishi hisobiga o‘sayotgan urug‘larda moda olmashinuvi yuqori intensivlikka erishadi. O‘simliklarda moddalarning tashqi muhit bilan almashinuvi, nafas olish-oksidlanuvchi jarayon hisoblanib, zaxira moddalarini molekulalari (moyli urug‘larda bu lipidlar) CO2 gacha oksidlanadi, ma’lum qismi esa bunda energiya sifatida ATF holida to‘ilanadi. Nafas olishning asosiy metabolik yo‘li glikoliz fotosintez unib chiqayotgan urug‘lar uchun muhim ahamiyatiga ega. Kislorodli glikoliz tufayli har bir molekula geksozadan 2 molekula pirovinograd kislota, NADH va ATF hosil bo‘ladi.

Aerob (kislorodli) sharoitda 2 molekula NADH degidroginaza fermenti ta’sirida oksidlanib 4 molekula ATF hosil bo‘ladi. Shunday qilib, 6 molekula ATF hosil bo‘ladi.

Anaerob (kislorodsiz) sharoitda NADH atsetaldegidning qaytarilishi hisobiga oksidlanib etanol hosil bo‘ladi (spirtli achish). Bu jarayon moyli urug‘lari kislorodsiz muhitda saqlaganda bo‘ladi.

Aerob sharoitda pirovinograd kislota xujayra sitoplazmasidan mitoxondriyalariga o‘tib, glikoliz jarayonidagi ko‘ra ancha ko‘proq ATF hosil qilib, karbonat angidridgacha oksidlanadi. Bu jarayon ikki bosqichda boradi.

Birinchisida-pirovinograd kislota oksidlanish orqali dekarboksillanib atsetil-KoA (atsetil-koferment A) hosil bo‘ladi:


CH3C-COOH+KoASH+HAD+ = CH3CSKoA + CO2 + HADH + H+

O O
Ikkinchisida – atsetil KoA limon kislota siklida oksidlanadi.

Limon kislota sikli atsetil-KoA ninig shavelsirka kislota bilan kondensatlanib, limon hosil bo‘lishidan boshlanadi. So‘ngra limon kislota ikki marta oksidlani dekarboksillanishga uchrab, shu vaqtda atsetil-KoA karbonat angidridgacha oksidlanadi. Limon kislotali bir siklda 15ta ATF molekulasi, geksoza molekulasining to‘liq oksidlanishi natijasida esa 36ta ATF molekulasi xosil bo‘ladi. Moyli o‘simliklar xo‘jayrasida limon kislota sikli glioksilat sikli bilan to‘ldirilgan. Limon kislota sikliga o‘xshash glioksilat siklida atsetil-KoA shavelsirka kislota bilan reaksiyaga kirishib, limon kislota hosil qiladi. Bu sillning o‘ziga hosligi shundaki, izolimon kislota bosqichma-bosqich glioksilat kislota so‘ngra olma kislotasiga va shavelsirkaga aylanib, sikl tugaydi. Glioksilat siklining fermentlari faqat lipid to‘plovchi o‘simlik hujayralaridagina bo‘ladigan glioksisomalarda to‘planadi. Moyli urug‘lar unib chiqish vaqtida erkin yog‘ kislotalar glioksisomalarga o‘tib, KoA li birikmalariga aylanadilar. So‘ngra yog‘ kislotalarni beta-oksidlovchi fermentlar ta’sirida yog‘ kislotalar atsetil – KoA gacha oksidlanadilar.

Shunday qilib, limon kislota sikli (mitoxondriya) va glioksilat sikllari (glioksisoma) hujayraning turli organellalariga boradi.

Limon kislota sikli bilan bir qatorda glyukoza parchalanishining boshqa yo‘llari mavjud. Masalan, fosfoglyukonat sikli. Bu siklning limon kislota siklidan farqi shundaki, fosforlangan glyukoza ikkita uch uglerodli molekulalarga bo‘linmay, glyukoza – 6 – fosfat hosil bo‘lib, tezda anaerob oksidlanishga uchraydi va fosfoglyukon kislota hosil bo‘ladi. Oxirgi mahsulotdan karbonat angidrid ajralib, nuklein kislotalar sintezi uchun zarur bo‘lgan, pentozalardan ribozaning fosforli birikmasi hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, o‘simlik organizmida bir – biriga bog‘liq bo‘lgan, murakkab sistemaga birlashgan glyukozaning oksidlanishi orqali o‘zgarishini ta’minlovchi bir necha alternativ yo‘llari mavjuddir. Bu reaksiyalarning oraliq mahsulotlari boshqalari uchun boshlang‘ich modda bo‘ladi.

Bu sikllarning reaksiyalari nihoyatda tez borishining sababi, ularni katalizlovchi fermentlar, xujayraning ma’lum joyida, bir – biriga yaqin joylashgan va har bir reaksiya xujayraning ma’lum joyiga boradi. Masalan, mitoxondriyada fosforlash, qayta taminlash va yog‘ kislotalarning oksidlanish jarayonlari boradi va hokazo.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling