“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari prorektori


Download 30.14 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1546071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)




TURON UNIVERSITETI
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI
SHARQ TILLAR KAFEDRASI

“Tasdiqlayman”


O‘quv ishlari prorektori
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­__________ U.L.Yoziyeva “___”_______________2022


TILSHUNOSLIKKA KIRISH
FANIDAN
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 200000 - San’at va gumanitar fanlar


Ta’lim sohasi: 230000 - Tillar
Ta’lim yo’nalishi: 60230100 - Filologiya va tillarni o’qitish (arab tili)


QARSHI – 2022



Fan/modul kodi
TA1105

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1,2

ECTS – Kreditlar
2-2

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1

Fanning nomi

Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Tilshunoslik asoslari

30

90

120

2


I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda tilshunoslikning tilshunoslik asoslari sohasiga oid bilim va ko‘nikmalar, tilshunoslikning umumiy taraqqiyot bosqichlariga oid masalalarni tahlil hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – fan talabalarni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, tilshunoslikning boshqa sohalar, xususan, lingvistik fanlar bilan aloqadorligini ifoda etuvchi asosiy tushunchalari haqida muayyan bilimga ega bo‘lish hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.


II. Asosiy nazariy qism. (ma’ruza mashg‘uloti)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. “TILSHUNOSLIK ASOSLARI“FANI MAZMUNI, MAQSADI, VAZIFALARI. TIL VA JAMIYAT. SOTSIOLINGVISTIKA


Tilshunoslik – mustaqil fan sifatida. Tilshunoslik fanining tushunchaviy- terminologik apparati. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati. Til – kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida. Intralingvistika. Ekstralingvistika. Til va jamiyat. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi. Kishilik tarixida urug‘ tili, qabila tili, elat, xalq va millat tilining o‘mi. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik, metalisoniy va b. vazifalar.


Tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Til va jamiyatning o‘zaro ta’siri. Tillarning chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Substrat va superstat hodisasi. Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy til.


2-mavzu. TIL VA TAFAKKUR. TIL BIRLIKLARI VA MANTIQIY BIRLIKLAR. TIL VA NUTQ MUNOSABATI. NUTQ FAOLIYATI, OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ


Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning o‘zaro munosabati. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishi. Tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalarning tafakkur mahsuli ekanligi. Til birliklari va tafakkur qonunlari (birliklari). Til va nutqiy faoliyat. Nutq faoliyati, og‘zaki va yozma nutq. Og‘zaki va yozma nutq. Yozuv va savodxonlik muammolari. Lisoniy va nutqiy birliklar. Til birliklarining alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.





Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling