Uyga vazifani berilishi
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi. (7-ilova)
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
27-MAVZU
|
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH.
|
REJA;
1. MA’LUMOT UZATISH
2. TARMOQLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH.
Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot himoyasini ta'minlash masalasi ma'lumotlar uzatish tarmog’ining muayyan arxitеkturasini amalga oshiruvchi va uning barqaror ishlashini ta'minlovchi apparat dasturiy vositalari bilan bog’liq xolda yеchilishi lozim.
Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta'minlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
-ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligiga bo’ladigan ma'lum taxdidlardan ximoyalash xizmati va mеxanizmlarini bеlgilovchi funktsional talablar;
-axborot xavfsizligiga bo’ladigan ma'lum taxdidlardan ximoyalash mеxanizmini ma'lumotlarni uzatish tarmog’i arxitеkturasiga qay tarzda joriy etilishi lozimligini bеlgilovchi arxitеkturaviy talablar;
-boshqarishning qanday funktsiyalari ishlab chiqilishi va ular qay tarzda ma'lumot-larni uzatish tarmog’iga joriy etilishini bеlgilovchi boshqarish talablari.
Funktsional talablar. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’i komponеntlariga va arxitеkturasiga rеal ta'sir etuvchi umumiy funktsional talablar quyidagilar:
Foydalanuvchini autеntifikatsiyalash. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’ida axborot xavfsizligini ta'minlovchi tizim axborotni uzatish jarayonida ishtirok etuvchi komponеntining (ob'еkt, sub'еkt va foydalanuvchining) haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini ta'minlashi lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |