Tasdiqlayman” O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyi direktori, podpolkovnik


Fizika fanining o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan talablar


Download 85.93 Kb.
bet4/11
Sana07.10.2023
Hajmi85.93 Kb.
#1694507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ISHCHI FIZIKA 2021-2022

Fizika fanining o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan talablar

O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalar elementlari:
1. Kommunikativ kompetentsiya:
- fizika kursida o’rganilgan fizik atamalar, qonunlar, qoidalar, hodisa va jarayonlarni og’zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi;
- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
- fizikaning amaliy tatbiqiga oid filьmlar, multimedia dasturlarini tushunadi hamda o’z fikrini bildira oladi;
- astronomik obyektlarning ko’rinma harakatlarini kuzata oladi, olgan bilimlarini tushuntira oladi;
- osmon jismlarini o’rganish orqali kashf etilgan qonuniyatlarni hamda ularning ahamiyatini tushunadi va tushuntirib bera oladi.
-fizik va astronimik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini biladi.
2. Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
- fizika qonunlariga oid ma’lumotlarni mediamanbalardan izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi va ulardan samarali foydalana oladi;
- darslik, o’quv qo’llanma hamda axborot-resurs markazidagi boshqa manbalaridan samarali foydalana oladi;
- grafik, diagrammalar yoki jadvallar ko’rinishida berilgan masalalar,
ma’lumotlarga asoslanib turli fizik obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
- fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog’lay oladi.

Download 85.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling