3. O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi:
–o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib boradi;
– mustaqil ravishda fizika va texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay oladi;
– fanga oid abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;
– hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganadi va hayotiy tajribani muntaazam oshirib boradi.
–o’z xatti-harakatini baholay oladi va mustaqil qaror qabul qila oladi
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:
– kundalik turmushda, jamiyatda bo’layotgan ijobiy va salbiy fizik jarayon va hodisalarga daxldorlikni his etadi;
– ta’lim muassasada, oilada, mahallada va jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi;
– o’zining o’quvchilik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi;
– boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila.
5. Milliy va umummadaniy kompetentsiya:
- Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli;
- fizika va fiziklarning jamiyat rivojiga qo’shgan hissalarini qadrlaydi;
- orasta kiyinadi va sog’lom turmush tarziga amal qiladi;
- olamning yagona fizik manzarasini va fanning o’rnini tushuntira oladi;
- fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o’rnini tushuntira oladi;
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi:
- aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;
-fizikadan masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy ketma-ketlikka amal qiladi;
- kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy oladi;
- fanning so’nggi yangiliklaridan xabardor bo’ladi.
Shuningdek, fizika fanini o’qitish mazmunidan kelib chiqqan holda o’quvchilarda fanga oid umumiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |