“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


Download 301.39 Kb.
bet11/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
2-maktab

V. MEHNАTGА HАQ TOʼLАSH.
KАFOLАTLI TOʼLOVLАR VА KOMPENSАTSIYA TOʼLOVLАRI
51.Pedagoglar va xodimlar mehnatiga haq toʼlash tizimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 avgustdagi PQ-3207-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli hamda 2012 yil 30 sentyabrdagi 223-sonli qarorlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
52.Ish haqini toʼlash muddatlari (MK. 253-modda):
birinchi yarim oy uchun - joriy oyning oʼn beshinchi sanasigM.Fayzullayevaha;
ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning oʼninchi sanasigM.Fayzullayevaha;
53.Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga oʼtkazib beriladi, bunday oʼtkazma miqdori toʼlanadigan summaning 50 foizidan oshmaydi.
52.Xodimga haq toʼlash mazkur Shartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat koʼrsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda - Ish beruvchi bank rahbariyatiga jarima undirish toʼgʼrisida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq toʼlashni tartibga solishga yoʼnaltirishni oʼz zimmasiga oladi.
55.Maktabda eng past lavozimdagi xodimlarning Mehnatga haq toʼlash yagona tarif setkasining 1-razryadi (tarif koeffitsienti - kamida 1,000) boʼyicha tarifikatsiya qilinishi taʼminlanadi.
52.Maktabda oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qoʼshimcha toʼlovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari oʼrnatiladi:
-tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq toʼlanadi;
-ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun 2 baravar miqdorda haq toʼlanadi;
-xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʼrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʼpaytirganlik uchun qoʼshimcha haq toʼlash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi boʼyicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizdan kam boʼlmasligi kerak (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi 227-son bilan tasdiqlangan “Oʼrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” qoidalari bajariladi);
-xodimlarga yillik mehnat taʼtiliga chiqish oldidan sogʼliklarini tiklashlari uchun moddiy yordam koʼrsatilishi mumkin;
57.Oʼzbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 222-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʼgʼrisidagi Nizom” bilan tartibga solinadi va xodim xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga quyidagilarni qoplashi shart:
a) kundalik xarajatlar uchun haq bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan kam boʼlmagan miqdorda belgilanadi;
b) mehmonxona xarajatlarining bir kunlik qoplash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmasligi lozim;
v) turar joyda yashaganligi boʼyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʼlmagan hollarda har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida qoplanadi.
Oʼzbekiston Respublikasida oʼrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar.
52.Ish beruvchining koʼrsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish chogʼida (malaka oshirish, shu jumladan ixtisoslashtirishga oʼqish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, tibbiy koʼrikdan oʼtish, navbatchilik, darslar oʼtkazish, turli tadbirlarda ishtirok etish va boshqa hollarda) xodim oʼz asosiy ishidan ozod etiladi.
52.Аgarda yuqorida koʼrsatilgan tadbirlar ish vaqtida oʼtkazilsa, bu holda xodimning oʼrtM.Fayzullayevaha ish haqi saqlanib qolinadi, mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda oʼtkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib ikki hissa haq yoki qoʼshimcha dam olish vaqti beriladi.
20.Maktab boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisining jamoatchilik asosidagi faoliyati uchun tashkilot hisobidan har oyda 15-20 foiz miqdorida ustama haq toʼlanadi.
21.Xalqaro mehnat tashkilotining “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʼlash toʼgʼrisida”gi 20-sonli Konventsiyasiga binoan erkaklar va ayollar tomonidan turli sharoitlarda, turli koʼnikma va malaka bilan, turli koʼrinishdagi, javobgarligi bir-biriga bogʼliq boʼlmagan, lekin bir xil qiymatga ega boʼlgan ishlar teng miqdorda ragʼbatlantiriladi.

Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling