“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


Download 301.39 Kb.
bet19/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-maktab

XIV. MEHNАT NIZOLАRINI HАL ETISH
27.Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sherikchilik prinsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasini bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarni oldini olish choralarini koʼrishni oʼz zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar oʼzaro ishonch va hurmat bilan, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
22.Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlar 2 nafar aʼzolardan tashkil topgan (har tarafdan 3 nafardan) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan tenglik asosida mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga tuziladigan mehnat nizolari komissiyasi tomonidan koʼrib chiqiladi.
22.Mehnat nizolari komissiyasi oʼz faoliyatini qonun hujjatlariga va Oʼzbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi, Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015 y., 20-22 s, 15.01.2015 y., 01-SP), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boradi binoan olib boradi.


XV. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. KАSАBА UYUSHMАSI FАOLIYATINING KАFOLАTLАRIGА RIOYA ETILISHI
12.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi yuridik shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgani yoki oʼtmaganidan qatʼiy nazar Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomasini tuzishda ustuvor huquqqa ega, uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi (Oʼzbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonun).
111.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi Ish beruvchi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek mazkur Shartnoma talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish oʼrinlarida amalga oshirish huquqiga ega. Ish beruvchi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish toʼgʼrisidagi taqdimnomalarni bir haftalik muddatda koʼrib chiqadi va koʼrib chiqish natijalari haqida Kasaba uyushmasi qoʼmitasini xabardor qiladi. (Oʼzbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonunining 32-,22-moddalari).
112.Ish beruvchi Maktabda xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qoʼmitasini tan oladi va:
-xodimlarning yozma arizalari asosida ish haqidan kamida 1 foiz miqdoridagi kasaba uyushmasi aʼzolik badallari tuman MaktabgM.Fayzullayevaha va maktab taʼlimi boʼlimi markazlashtirilgan buxgalteriyasi orqali ushlab qolinishini va pul oʼtkazish yoʼli bilan oʼz vaqtida va toʼliq miqdorda, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy toʼlovlarni toʼlash bilan bir vaqtda tegishli Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman boʼlinmasi kengashi hisob raqamiga oʼtkazilishini;
-aʼzolik badallari bir oy muddatdan ortiq vaqt mobaynida oʼtkazilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy chora koʼrilishi kafolatlaydi.
111.Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2012 yil 15 martda 2322-raqam bilan roʼyxatga olingan “Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning bank hisob varaqlaridan pul mablagʼlarini hisobdan chiqarish tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma”ga binoan Maktab hisob varagʼida mablagʼ yetarli boʼlmagan hollarda kasaba uyushmasiga aʼzolik badallari ijro toʼlov hujjatlari boʼyicha proporsiya asosida hisobdan chiqariladigan mablagʼlar qatoriga kiritiladi.
112.Ish beruvchi:
a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʼyicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan oldindan kelishib olish;
b) Kasaba uyushmasi qoʼmitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʼliq masalalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etish;
v) Kasaba uyushmasi qoʼmitasining Ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar, tashkiliy texnika, aloqa vositalari, kanselyariya mollari bilan bepul taʼminlash majburiyatlarini oladi.
115.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi:
a) Maktabning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga koʼmaklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) ish haqi toʼlanishi, jamoa shartnomasi boʼyicha qoʼshimcha toʼlovlar berilishi toʼgʼriligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash boʼyicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) mehnat toʼgʼrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodxonligini yuksaltirishga koʼmaklashish;
g) kasaba uyushmasi aʼzolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;
d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq holatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar koʼrilishini talab qilish;
e) xodimlar va ularning oila aʼzolarini dam olishi va sogʼlomlashtirilishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sogʼlomlashtirish maskanlariga yoʼllanmalar bilan Oʼzbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar doirasida taʼminlash;
j) Maktabda mehnat va turmush sharoitlari ahvolining jamoatchilik nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
z) kasaba uyushmasi aʼzolari oʼrtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga, mehnat jamoasida mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarning oldini olish hamda barqaror maʼnaviy muhitni taʼminlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish;
i) har xil tanlovlar, sport musobaqalari gʼoliblarini taqdirlash uchun ragʼbatlantiruvchi sovgʼalar va mukofotlar taʼsis etish;
k) Oʼzbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doverie» gazetalariga obunani taʼminlash majburiyatlarini oladi.
112.Ish beruvchi Oʼzbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonuniga binoan kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qoʼyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan soʼng avvalgi ishi (lavozimi)ni berish, bunday ish (lavozim) mavjud boʼlmagan taqdirda esa shu maktabda yoki xodimning roziligi bilan boshqa maktabda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berish majburiyatini oladi.
117.Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan xodimlar vakillariga mehnat jamoasining manfaatlarini koʼzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun har haftalik ish vaqtining 30 foizidan kam boʼlmagan vaqt, shuningdek kasaba uyushmasining yoʼnalishi boʼyicha qisqa muddatli oʼqishi uchun oʼrtM.Fayzullayevaha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi. («Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonuni, 12-modda).
112.Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan xodimlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qoʼllash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga koʼra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, Oʼzbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonunida hamda Xalqaro mehnat tashkilotining 27-,115-sonli Konventsiyalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.



Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling