“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


XIII. YOSHLАR UCHUN QOʼSHIMCHА IMTIYOZLАR VА KАFOLАTLАR


Download 301.39 Kb.
bet18/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-maktab

XIII. YOSHLАR UCHUN QOʼSHIMCHА IMTIYOZLАR VА KАFOLАTLАR
22.Tashkilot ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish maqsadida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
 Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʼgʼrisida”gi 112-sonli va “Bolalar mehnatining ogʼir shakllarini taʼqiqlash va yoʼq qilishga doir shoshilinch choralar toʼgʼrisida”gi 122-sonli Konventsiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining ogʼir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yoʼnaltirilgan ishlarni olib borish;
 yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
 yosh mutaxassislar kengashini tuzish, yosh ishchilar va mutaxassislar oʼrtasida kasb mahorati boʼyicha tanlovlar oʼtkazish;
 yoshlarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida, ularning zamonaviy bilimlar, xorijiy til, kompьyuter savodxonligini mukammal egallashlariga oʼquvlar oʼtkazish orqali koʼmaklashish, ulardan kadrlar zaxirasini shakllantirish;
 Tashkilotning mablagʼlari hisobidan yosh mutaxassislar, kam taʼminlangan xodimlar toifasiga kiruvchilarning uy ijara toʼlovlarini toʼlab berish;
 mehnat jarayonida yuqori koʼrsatkichlarga erishayotgan, kasaba uyushmalarida faol va shijoatli yoshlarni ragʼbatlantirish;
 yosh xodimlarni madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kasb mahorati boʼyicha tanlovlarda faol ishtirok etishini taʼminlash.
23.Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun Oʼzbekiston Respublikasining OʼRQ-202-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni bilan belgilangan “yoshlar”, “yosh oila”, “yosh mutaxassis” tushunchalaridan foydalaniladi.
22.Umumiy oʼrta taʼlim yoki oʼrta maxsus, professional taʼlim olganidan keyin ishga kirayotgan oʼn sakkiz yoshgM.Fayzullayevaha boʼlgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi boʼyicha taʼlim olgan xodimlar uchun oʼn foizga pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanadi.
25.Ish beruvchining majburiyatlari:
a) oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarga, shuningdek professional taʼlim muassasalarini bitiruvchilariga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shartlari sohasida qoʼshimcha imtiyozlar berish, ularni sogʼlomlashtirish;
b) oliy va professional taʼlim muassasalarini tugatib, Tashkilotda birinchi yil (ikki, uch yilgM.Fayzullayevaha) mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarga Oʼzbekiston Respublikasida oʼrnatilgan mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdoridan kam boʼlmagan miqdorida qoʼshimcha haq toʼlash;
v) yosh xodimlar va yosh oilalar uchun banklar tomonidan beriladigan uzoq muddatli kreditlarni olishda kafillik qilish;
g) xodimlarga safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmat oʼtashda - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga mablagʼ kiritish uchun foizsiz ssudalar berish;
d) Tashkilotda “Eng faol yosh xodim” stendini tashkil etish.
22.Kasaba uyushmasi qoʼmitasining majburiyatlari:
a) yosh xodimlarning mehnat huquqlarini va ijtimoiy kafolatlarini himoya qilish ishlarini yanada mukammallashtirish uchun mavjud huquqiy-normativ bazadan foydalanish;
b) yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik koʼrsatgan yoshlarni tizimli ravishda maʼnaviy (faxriy yorliq, tashakkurnoma, ular toʼgʼrisida gazetalarda ragʼbatlantiruvchi maqolalar chop etish) va moddiy ragʼbatlantirish;
v) oʼquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislarni jalb etish hamda yoshlarni ishga qabul qilishda ustoz biriktirilishini taʼminlashda koʼmaklashish;
g) Tashkilotga amaliyot oʼtash uchun biriktirilgan professional taʼlim muassasalari oʼquvchilarini va yangi ishga qabul qilingan bitiruvchilarini mehnat muhofazasi boʼyicha yoʼriqdan oʼtkazishga, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, yakka tartibdagi himoya vositalari, sut va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan taʼminlashga erishish;
d) ishga yangi qabul qilingan yoshlarning ish joylarida qoʼnimliligini taʼminlash boʼyicha ish olib borish;
e) har bir yosh mutaxassisni ishga qabul qilinishi bilan hisobga olib, Tashkilotning oʼzida, zarur hollarda esa oʼquv kurslarida malaka oshirishini nazorat qilib borish;
j) Tashkilotda yosh xodimlar oʼrtasida madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng miqyosda amalga oshirish orqali ishlayotgan yoshlar faoliyatidagi salbiy holatlarni, jumladan, ertangi kunga ishonchning soʼnishini oldini olish, ish haqi, mehnat sharoitlaridan minnatdorlik hissini uygʼotish;
z) “Yoshlar minbari”, “Erkin fikr” uslublarining qoʼllanilishini joriy etish va unda, yosh xodimlar oʼz fikrlarini erkin ifoda etgan holda (ish sharoiti, jamoadagi muhit, jamoa ishiga samara keltiradigan gʼoya, rahbar kadrlarning nojoʼya hatti harakatlari, ularning kamsitilishi va h.k. yuzasidan) toʼgʼridan-toʼgʼri yoki anonim bildirishnomalarni shaffof qutilarga yozma tarzda berib turish ishlarini tashkil etish.

Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling