“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev
XII. АYOLLАR MEHNАT INI TАRTIBGА SOLISH. АYOLLАR VА
Download 301.39 Kb.
|
2-maktab
XII. АYOLLАR MEHNАT INI TАRTIBGА SOLISH. АYOLLАR VА
OILАVIY VАZIFАLАRNI BАJАRISH BILАN MАSHGʼUL SHАXSLАRGА BERILАDIGАN QOʼSHIMCHА IMTIYOZLАR VА KАFOLАTLАR 22.Uch yoshga toʼlmagan bolaning Tashkilotda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga oʼttiz besh soatlik ish vaqti davomiyligi belgilanadi. 25.Ish beruvchi haq toʼlanadigan homiladorlik va tugʼish taʼtilini qonunda belgilangan muddatga nisbatan uch kalendarь kunga uzaytirish majburiyatini oladi. 22.Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʼul shaxslarning bola uch yoshga toʼlguniga qadar uni parvarishlash taʼtilida boʼlgan vaqti mehnat stajiga qoʼshiladi va keyingi haq toʼlanadigan har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradi. 27.Ikki yoshga toʼlmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qoʼshimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri oʼttiz minutdan kam boʼlmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga toʼlmagan ikki nafar yoki undan ortiq farzandi boʼlgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʼrtM.Fayzullayevaha ish haqi boʼyicha haq toʼlanadi. 22.Ikki yoshga toʼlmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga koʼra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qoʼshib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga koʼchirilishi, shu jumladan jamlangan holda koʼchirilishi mumkin. 22.Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash taʼtilida boʼlmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi. 20.Ish beruvchining majburiyatlari: ish oʼrni qisqartirilayotgan ayollarni mehnat bozorida talab boʼlgan kasblarga oʼqitishni taʼminlash; ayollarga malaka oshirish va qoʼshimcha maʼlumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish; qaramogʼidagi 2 yoshdan 3 yoshgM.Fayzullayevaha boʼlgan bolani parvarishlash taʼtilida boʼlgan ota-onadan biriga (vasiyga) har oyda moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib moddiy yordam koʼrsatib borish; sakkiz (2-12) yoshgM.Fayzullayevaha farzandlari boʼlgan ota-onasidan biri (vasiysi)ning iltimosiga koʼra, oyda uch kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan yoki qisman toʼlanadigan dam olish kuni berish; “2030-yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni amalga oshirishga koʼmaklashish. 21.Taraflar Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Qonunida koʼzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʼz zimmalariga oladilar: xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash majburiyatlarini Tashkilotning va uning tarkibiy boʼlinmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish; ishga qabul qilish va xizmat boʼyicha koʼtarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish; xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʼlashda notenglikni bartaraf etish. Download 301.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling