122.Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar Maktabning oʼqituvchilar xonasida hamda Kasaba uyushmasi qoʼmitasida tanishishlari mumkin.
125.Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan oʼzgarishlar va qoʼshimchalar, ilovalar qoʼshimcha kelishuv koʼrinishida boʼlgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi boʼlib hisoblanadi.
XVII. JАMOА SHАRTNOMАSI MАJBURIYATLАRINING BUZILISHI YOKI ULАRNI BАJАRMАSLIK UCHUN JАVOBGАRLIK
122.Ish beruvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, Kasaba uyushmasi qoʼmitasi ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʼgʼrisida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda koʼrib chiqiladi. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʼmitasining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad qilgan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq koʼrib chiqiladi. Oʼzbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonunining 22-moddasi).
127.Jamoa shartnomasi majburiyatlarining buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor mansabdor shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
JАMOА SHАRTNOMАSIGА ILOVАLАR ROʼYXАTI
1.Maktab rahbari va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasida tuzilgan mehnatni muhofaza qilish boʼyicha bitimi.
2. Taʼtillar jadvali.
3. Maxsus kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul olish huquqini beradigan ishlar boʼyicha kasb va lavozimlar roʼyxati.
2. Gigiena vositalarini bepul olish huquqini beradigan ishlar boʼyicha ishlardagi kasb va lavozimlar roʼyxati.
5. Dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi tashkil qilinadigan kasb va lavozimlar
2. Ijtimoiy sug’urta komissiyasi tarkibi
Ish beruvchi vakillari Xodimlar vakillari
Do'stlaringiz bilan baham: |