“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


III. MEHNАT SHАRTNOMАSI. BАNDLIK KАFOLАTLАRI


Download 301.39 Kb.
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
2-maktab

III. MEHNАT SHАRTNOMАSI. BАNDLIK KАFOLАTLАRI
12.Xodim va Ish beruvchi oʼrtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
17.Ishga qabul qilish tanlov yoki suhbat asosida amalga oshiriladi. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar toʼla-toʼkis ish bilan taʼminlanadilar.
12.Maktabda ishga qabul qilish chogʼidagi dastlabki sinov Mehnat kodeksining 122-moddasida keltirilgandan tashqari quyidagilar uchun ham belgilanmaydi:
Taʼlim jarayonida yuqori natija koʼrsatgan pedagoglar;
Oʼquvchilari xalqaro olimpiadada 1,2,3- oʼrinlarni olgan pedagoglar;
Ilmiy unvonga ega boʼlgan pedagoglar;
Davlat mukofoti sovrindorlari.
12.Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida” gi Qonunida taʼlimning uzluksizligi aniq belgilab qoʼyilganligi munosabati bilan tashkilot va muassasalarda asosiy shtatga ishga qabul qilingan pedagoglar, xodimlar uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Mehnatga layoqatsizlik davri choʼzilib ketganda, bola parvarishi taʼtilida hamda ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga ketgan xodimlarning oʼrniga vaqtincha ishga qabul qilinadigan xodimlar bundan mustasno.
20.Kasaba uyushmasi organlariga saylangan xodimlarga vakolatlari tugagM.Fayzullayevah, tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati boʼlmagan taqdirda, agar bu xodim pedagog boʼlsa, imkon qadar dars soatlari bilan taʼminlanishi yoki tashkilotda mavjud vakant ish oʼrinlariga joylashtirilishi lozim. Shuningdek, tuman MaktabgM.Fayzullayevaha va maktab taʼlimi boʼlimi ham boshqa tashkilotlarda mavjud boʼlgan vakant ish oʼrinlariga ishga joylashtirishga koʼmaklashadi (MK. 22-modda).
21.Xodimlarning mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi qoʼmitasining oldindan roziligini olmay turib ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi (MK. 122 - modda)
Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega boʼlgan mansabdor shaxsning ushbu masaladagi yozma taqdimnomasi Kasaba uyushmasi qoʼmitasida Oʼzbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi Ijroiya qoʼmitasining 2021 yil 12 martdagi 2-37“s”-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasaba uyushmasi organida ish beruvchining taqdimnomasini koʼrib chiqish tartibi” asosida koʼrib chiqiladi.
Аgar xodimni ishga qabul qilish va u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi yuqori tashkilot vakolatida boʼlsa, u bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilinishidan oldin, maktabning kasaba uyushmasi qoʼmitasi yoki nizoli holat yuzaga kelsa tegishli kasaba uyushmasi tuman boʼlinmasi roziligi olinadi. Chunki xodim va shaxs sifatida unga faqat birga ishlagan mehnat jamoasi hamda xodim ishlagan tashkilotdagi kasaba uyushmasi qoʼmitasi baho berishi maqsadga muvofiq.
22.Texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʼzgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bogʼliq boʼlgan xodimlarning soni (shtati) oʼzgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi koʼrib chiqilayotganda xodimlar teng malakaga va mehnat unumdorligiga ega ekanligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 127-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda ustuvor huquq yoki bir-birining oldida afzalliklari yoʼqligi aniqlansa, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar hisobga olinadi:
a) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 52 yosh);
b) farzandi oliy oʼquv yurtida toʼlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xodimlar;
v) 12 yoshga toʼlmagan nogiron farzandi bor xodimlar;
g) oʼn toʼrt yoshga toʼlmagan ikki yoki undan ortiq bolani (oʼn olti yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolani) tarbiyalayotgan yolgʼiz ota yoki ona, ota-onaning oʼrnini bosuvchi shaxslar;
ye) yangi qurilgan uylar uchun ipoteka kreditini toʼlayotgan 30 yoshgM.Fayzullayevaha boʼlgan xodimlar;
j) yakka yolgʼiz, farzandi yoʼq ayollar;
23.Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga koʼra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʼtkazishga yoʼl qoʼyiladi.
Maktabdagi kapital taʼmir, karantin eʼlon qilinishi (turli yuqumli kasalliklarning yuqish havfi oshishi), Аnomal sovuq, Аnomal issiq, xodimga ishlashi uchun sharoit yoʼqligi, misol uchun, “Jismoniy tarbiya” fani oʼqituvchilariga sport zalini boʼlmasligi yoki boshqa obʼektiv sabablarga koʼra xodimning aybisiz ishning vaqtincha toʼxtatilishi bekor turib qolish deb hisoblanadi. Bu holatda xodimlarga majburiy tarzda ish haqi saqlanmagan taʼtil berilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
22.Mehnat kodeksining 222-moddasiga koʼra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʼra ishni vaqtincha toʼxtatib turish) xodimning oʼrtM.Fayzullayevaha ish haqi miqdorida haq toʼlanadi.
Ish beruvchiga va xodimga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq toʼlanadi.
25.Xodimning vaqtincha boshqa ishga oʼtkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Tashkilotda mavjud boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 122-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari yana quyidagi hollarda Ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak:
-ishning taʼlim bilan qoʼshib olib borilishi;
-betob yoki nogironligi boʼlgan oila aʼzosini parvarishlash zaruriyati (surunkali kasalliklari kuchaygan davrda);
-3 yoshgM.Fayzullayevaha farzandi bor ayollar;
Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʼtkazilganda mehnatga haq toʼlash dastlabki ikki hafta davomida avvalgi ish joyidagi miqdorda, keyinchalik esa - bajarilayotgan ishiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday oʼtkazishning muddati taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi.
22.Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qoʼmitasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan boʼshatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan boʼshatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar oʼtkazadi.
Kasaba uyushmasi qoʼmitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʼshatilish haqidagi qarorini olti oygM.Fayzullayevaha boʼlgan muddatga toʼxtatib turish toʼgʼrisidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʼrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
27.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi maktabda bandlikni taʼminlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (Oʼzbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari toʼgʼrisida»gi Qonunining 27-moddasi).
22.Ish beruvchi maktabda xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, qishloq xoʼjaligidagi turli ishlar, shuningdek gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilishga jalb qilmaydi.
22.Kasaba uyushmasi qoʼmitasi Maktab xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, tozalash, taʼmirlash, qurilish, qishloq xoʼjaligidagi turli ishlar, shuningdek gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilishga jalb qilinishining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.
30.Taʼlim muassasalarini obodonlashtirish, tozalash, qurilish va taʼmirlash zaruriyati tugʼilib, ishchi kuchi yetishmayotgan holatda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʼarmasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 722-sonli qaroriga muvofiq, taʼlim muassasasi rahbarlari - BuyurtmM.Fayzullayevahi ish beruvchilar sifatida har oyning 15-sanasiga qadar kelgusi hisobot oyi uchun tuman Аholi bandligiga koʼmaklashish markaziga jamoat ishlarini tashkil qilish boʼyicha buyurtma beradi. Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi zarurat boʼlganda, ishsizlik yoki ishchi kuchiga boʼlgan talab oshgan hududlarda fuqarolarni tezkor tartibda jamoat ishlariga jalb etish boʼyicha qoʼshimcha buyurtmalarni shakllantirishi va tasdiqlashi mumkin.
31.Taraflar:
- shtatlar jadvalida mavjud boʼlgan va boʼsh qolgan lavozimni vakant ish oʼrinlari deb eʼtirof etadilar;
- pedagoglarga taqsimlangandan keyin ortib qolgan dars soatlarini (ish hajmi) vakant ish oʼrni emasligini tan oladilar.



Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling