“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev


Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. 21


Download 301.39 Kb.
bet10/22
Sana16.06.2023
Hajmi301.39 Kb.
#1508987
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
2-maktab

20.Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.
21.Xodimlarni kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar boʼyicha yoʼl qoʼyiladi:
a) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda hodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;
b) oʼquv yiliga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetmaganda, bunda pedagoglar faqat funksional vazifalaridagi ishlarga jalb qilinishi mumkin.
Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishib qabul qilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
22.Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi (MK.217-modda).
23.Maktab xodimlariga mehnat taʼtillari Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi oʼrtasida 1222 yil 25 iyunda imzolangan Xalq taʼlimi tizimi xodimlari lavozimlari uchun belgilangan uzaytirilgan taʼtillar roʼyxati va taʼtillar jadvaliga muvofiq beriladi (3-ilova). Ushbu hujjatda ayrim lavozimlar uchun belgilangan 12 kalendar kundan iborat taʼtillar 21 kalendar kuniga tenglashtiriladi.
22.Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʼtganidan keyin yuzaga keladi. Olti oydan kam ishlagan oʼrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʼra asosiy ish boʼyicha har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda oʼrindoshlik asosida ishdagi taʼtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʼlangan holda beriladi. Olti oy va undan ortiq ishlagan oʼrindoshlarga birinchi ish yili uchun oʼrindoshlik asosidagi ishda beriladigan har yilgi mehnat taʼtiliga, shuningdek ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʼtiliga, ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar, toʼliq haq toʼlanadi.
Muassasada oʼrindosh pedagoglarga taʼtil bermaslik maqsadida iyun-iyul oylarida ishdan boʼshatish uchun majburiy ariza yozdirishga yoʼl qoʼygan ish beruvchi va uning vakillari intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Har yilgi mehnat taʼtili oʼquvchilarning yozgi taʼtili davrida beriladigan taʼlim tashkilotlarining oʼqituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat taʼtili oʼquvchilarning yozgi taʼtili davrida toʼliq davomiylikda, ular ushbu taʼlim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qatʼiy nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq toʼlangan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat taʼtiliga, ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar, toʼliq haq toʼlanadi (MK. 227-modda).
25.Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uch ish kunidan iborat ijtimoiy taʼtillar berish haqidagi iltimosini qanoatlantiradi:
xodimning yoki uning farzandini nikoh toʼyi munosabati bilan;
bola tugʼilishi munosabati bilan bolaning otasiga;
xodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan;
favqulotda vaziyatlarda.
Shu kabi ijtimoiy taʼtillar berilgan xodimlarning oʼrtM.Fayzullayevaha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Shuningdek mazkur taʼtillar navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritiladi (MK. 232-modda).
Yaqin qarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi va uning turmush oʼrtogʼi hisoblanadi.
22.Xodimning yozma arizasiga koʼra unga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilishi mumkin boʼlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga koʼra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi taʼtil berilgan kundan eʼtiboran kalendarь yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.
Аgar qonunchilikda boshqM.Fayzullayevaha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga koʼra ish haqi saqlanmaydigan taʼtilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi koʼpaytirilishi, biroq koʼpi bilan olti oygM.Fayzullayevaha koʼpaytirilishi mumkin (MK.221-modda). Аmmo bu holatlarda ham xodimlarga majburiy ariza yozdirishga yoʼl qoʼyilmaydi.
27.Har yilgi qoʼshimcha mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga xodimning boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish staji ham kiritiladi (MK. 220-modda).
22.Mehnat kodeksi 222-moddasining birinchi qismida keltirilgan hollardan tashqari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan xodimlar ham har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki boshqa muddatga koʼchirish huquqiga ega boʼlishi mumkin.
22.Xodim ish haqi qisman saqlanadigan taʼtilda boʼlganida qisman saqlanadigan ish haqining miqdori uning oʼrtM.Fayzullayevaha ish haqining 70 foizidan kam boʼlmasligi kerak. Har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil vaqti qoʼshiladi (MK. 220-modda).
50.Quyidagi hollarda ish beruvchi xodimning iltimosiga koʼra unga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berishi shart:
a) pandemiya bilan bogʼliq karantin cheklovlari amal qilayotgan davrda;
b) mehnat taʼtili tugagan boʼlsada chet el safaridan uzrli sabablarga koʼra qaytish imkoni boʼlmaganda;
v) avariya holatini bartaraf etish uchun xonadonida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan.



Download 301.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling