“tаsdiqlаymаn” Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman boʼlinmasi kengashi raisi U. Mustaev
Download 301.39 Kb.
|
2-maktab
IV. ISH VАQTI VА DАM OLISH VАQTI
32.Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, tizimda ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi: xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasida haftasiga qirq soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (MK.122-modda); Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi quyidagilarga majburiy tartibda 32 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (MK.123-modda): oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan xodimlarga; I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlarga; noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʼlgan xodimlarga; ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zoʼriqish bilan bogʼliq boʼlgan tibbiyot xodimlariga, pedagoglarga va boshqa toifadagi xodimlarga (MK.122-modda); uch yoshgM.Fayzullayevaha boʼlgan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) (MK.327-modda). 33.Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, muassasada ish vaqti rejimiga ichki meʼyoriy hujjatlarda aniqlik kiritiladi. Pedagoglarning dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqtlari dars soatlari oraligʼidagi tanaffuslarda, tushlik paytini dars jadvalidan kelib chiqqan holda katta tanaffus paytida 20 daqiqa qilib belgilanadi. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. Besh kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni shanba kuni hisoblanadi. (MK.207-modda). 32.Dars soatlari taqsimoti Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda 3271-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʼyxatlarini shakllantirish tartibi toʼgʼrisida Nizom”ning 15-bandi bilan tartibga solinadi. 35.Maktabda faoliyat yuritadigan qorovullar hamda mavsumiy ishchilar uchun ish vaqti smena shaklida sutkasiga oʼn ikki soatdan oshmagan holda tashkil qilinadi. Smenada ishlash boʼyicha grafik shakllantirilib, grafik bilan xodimlar tanishtiriladi va ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi. Grafik asosida tabel rasmiylashtiriladi. 32.Xodim bilan ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga binoan toʼliqsiz ish kuni yoki ish haftasi belgilanadi. Homilador ayolning, oʼn toʼrt yoshga toʼlmagan bolasi (oʼn olti yoshga toʼlmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʼlgan shaxsning iltimosiga koʼra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toʼliqsiz ish kuni yoki toʼliqsiz ish haftasi belgilaydi (MK.122-modda). 37.Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, texnik nosozliklar natijasidagi avariyalar, ish joyidagi baxtsiz hodisalar, shuningdek Аnomal sovuq yoki issiq, yongʼinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar roʼy bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz uning vaqtincha masofadan turib ishlashga oʼtishiga yoki oʼtkazilishiga yoʼl qoʼyiladi (MK.252 - modda). Mehnat kodeksining 252-moddasi birinchi qismida belgilanganidan tashqari pedagog-xodimlar ham taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida vaqtincha masofadan turib ishlashga oʼtish yoki oʼtkazish uchun ustuvor huquqqa ega boʼladilar. 32.Xodim oʼzining mehnat faoliyati bilan bevosita bogʼliq boʼlgan qabul qilinayotgan ichki hujjatlar, ish beruvchining buyruqlari, bildirishnomalari, talablari va boshqa hujjatlari bilan yozma shaklda, shu jumladan imzo qoʼydirib tanishtirilishi kerak boʼlgan hollarda, masofadan turib ishlovchi xodim ular bilan ish beruvchi va masofadan turib ishlovchi xodim oʼrtasidagi elektron hujjat almashinuvi orqali tanishtirilishi mumkin (MK.220-modda). 32.Аgar masofadan turib ishlovchi xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq davomiyligi uzoqroq boʼlgan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega boʼlmasa, uning har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendarь kundan kam boʼlishi mumkin emas(MK.222-modda). Download 301.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling