«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet1/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora


«TASDIQLAYMAN»
Qarshi davlat universiteti Ilmiy
ishlar va innovatsiyalar bo’yicha
prorektor
_________________ N.S. Xolmirzaev
___”_______________2023 yil


Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti qoshidagi ilmiy seminarning 16- sonli bayonnomasidan


KO’CHIRMA


13 aprel 2023 yil Qarshi shahri


Qatnashdilar: p.f.d., prof. R.D.Shodiev (rais), p.f.f.d., (PhD), F.A.Chorieva (kotib), p.f.d., (DSc) prof. Sh.U.Nurullaeva, dots. O.P.Aslonova, p.f.f.d., dots. M.M.Muhammadieva, p.f.f.d. dots, S.N.Yuldashev, dots, B.R.Berdiev, p.f.f.d., (PhD), M.B.Niyozqulov, p.f.f.d., (PhD), M.K.Kazakova, p.f.f.d., (PhD) Yu.B.Yarmanova va boshqa ishtirokchilar. Jami taklif qilinganlar bilan birga 24 kishi hamda tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar.


KUN TARTIBI
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tayanch doktoranti Sariyev Rustam Bobomuradovichning “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.


Ilmiy rahbar: p.f.n., dtsent A.X. Gafforov


Taqrizchilar: p.f.d.(DSc), prof. Sh.Nurullayeva
p.f.d.(DSc), dots. Z.Chorshanbiyev


YIG’ILISHNING BORISHI


Yig’ilish raisi R.Shodiyev yig’ilish ishtirokchilarini tadqiqotchi R.B.Sariyevning shaxsiy ma`lumotlari va pedagogik faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Shundan so’ng Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan Qarshi davlat universitetidan etakchi tashkilot sifatida Sariyev Rustam Bobomuradovichning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasiga rasmiy xulosa berishni so’raganligini ma`lum qildi. Tadqiqot ishining mohiyati, dissertatsiyada ilgari surilgan asosiy g’oyalar, tajriba-sinov ishlari jarayonida olingan muhim ilmiy va amaliy natijalar hamda tadqiqot natijalari yuzasidan xulosalarni bayon etish uchun so’zni dissertantga berdi.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling