«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet9/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

E`tiboringiz uchun rahmat!
Rais: Ma`ruza yuzasidan dissertantga savollar bo’lsa, marhamat!
Savol: p.f.f.d., (PhD), F.A.Chorieva
1-savol: Fan ichidagi integratsiya tushunchasini izohlab bering?
2-savol: Tadqiqotdagi videokonferentsiya elementi sifatida qaysi komponent ishlatilgan?
Tadqiqotchi R.B.Sariyev: Savolingiz uchun rahmat ustoz.
1-savolga javob: Fan ichidagi integratsiya kontsentrik printsipiga asoslangan spiral tuzilma bilan tavsiflanadi. I.P. Podlasыy tuzilmaning to’rt turini ajratib ko’rsatadi va ularga chiziqli, konsentrik, spiral va aralash tuzilmalarni kiritishni tavsiya etadi). Bunday tashkillashtirish bo’yicha asosiy tushunchalarni bilishda xususiydan (tafsilotlar) umumiyga (butun) yoki umumiydan xususiyga o’tish orqali amalga oshiriladi. Kontent bosqichma-bosqich yangi ma`lumotlar, o’zaro bog’liqliklar bilan boyitib boriladi. Bunday integrativ shaklning o’ziga xosligi shundaki, talabalar asl muammoni e`tibordan chetda qoldirmasdan, unga tegishli bo’lgan bilim doirasini kengaytiradi va chuqurlashtiradi.
2-savolga javob: Ilmiy tadqiqot ishimda BigBlueButton — onlayn ta`lim uchun ochiq kodli veb-konferentsiya tizimidan foydalanilgan bo’lib, undan brifinglar, taqdimotlar va vebinarlar uchun ham foydalanish mumkin. BigBlueButton videokonferentsaloqa tizimi real vaqt rejimida audio va video turidagi axborotlarni almashish, slaydlar, chat, ko’p foydalanuvchili doska, onlayn so’rovlar, suhbat xonalari, sessiyalarni yozib olish va keyinroq ko’rish imkoniyatlarini taqdim etadi. Videokonferentsiya davomida barcha foydalanuvchilarga quyidagi rollar taqsimlanishi mumkin:
• “Ishtirokchilar” – audio va videolarni yuborish/qabul qilish, suhbatlashish, so’rovlarga javob berish va belgilarni ko’rsatishi (masalan, qo’l ko’tarish) mumkin bo’lgan foydalanuvchilar.
• "Moderatorlar" - ishtirokchilarning barcha xususiyatlariga ega bo’lgan, qo’shimcha ravishda taqdimotchilarni tayinlash, ularni yuklash, ko’p foydalanuvchili ekran rejimini yoqish, shuningdek ekranni ulashish va foydalanuvchilarning parametrlarini boshqarishi mumkin.
Savol: p.f.f.d., dots. M.Muhammadieva

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling