«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet17/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

XULOSASI:



  1. Sariyev Rustam Bobomuradovichning “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi tayyorlagan dissertatsiyasi 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mos keladi. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi yuqori va ilmiy tilda yozilgan.

  2. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo’llanilgan yondashuv va usullar, uning doirasida foydalanilgan nazariy ma`lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligini matematik statistika metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.

Ishning ilmiy yangiligi sifatida sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani interiorizatsiyalash asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishning axborot-uslubiy ta’minoti “H5P” raqamli ta’lim texnologiyasini qo‘llash natijasida takomillashtirilgan, sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modeli komponentlari pedagogik interfaol elementlar majmuasi - o‘yin elementlari (Games), multimediali elementlar (Multimedia)ni kiritish asosida optimallashtirilgan, “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan masofaviy elektron o‘quv kursi sirtqi ta’lim talabalarining mustaqil ta’lim olishiga yo‘naltirilgan elektron kutubxona, ilmiy ishlar bazasi, videokonferensiya, ijtimoiy tarmoqlar, H5P komponentlari kabi amaliy dasturiy vositalar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan, elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari sessiya va sessiyalararo mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modulli o‘qitish texnologiyasi tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan model, boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish va undan foydalanib oʻqitish metodikasini, oʻqitish usullari va vositalarini takomillashtirish bilan izohlanadi.

  1. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda foydalanilgan barcha ma`lumotlar tegishli rasmiy manbalardan olinganligi va tadqiqotda foydalanilgan metodlarning ob`ektivligi bilan izohlanadi; muammo Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plamlari, OAK e`tirof etgan maxsus va xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar e`lon qilinganligi, tajriba-sinov ishlari natijalarini qiyosiy tahlil qilinganligi hamda samaradorligining matematik-statistika metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.

  2. Nashr ishlarida dissertatsiya natijalari to’liq aks etgan bo’lib, ular dissertatsiya mavzusi yo’nalishida yozilgan va xorijiy davlatlar, MDH mamlakatlari, OAK tomonidan e`tirof etilgan ilmiy-uslubiy jurnallarda, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar to’plamlarida nashr qilingan maqolalardan iborat.

  3. Dissertatsiya talabgor tomonidan tayyorlangan, mazmunan yaxlit va tugallangan. Talabgorlarga qo’yiladigan talablar to’liq bajarilgan, uning ilmiy salohiyati falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga mos keladi.

  4. Dissertatsiya ishi 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga to’liq mos keladi.

Rais: R.B.Sariyevning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo’yicha, ishni himoyaga tavsiya etish mumkin, degan taklif bildirildi. Ushbu taklifga munosabat bildirib, tasdiqlab berishlaringizni so’rayman.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling