Savollar:
1-savol: Axborot uslubiy ta`minotning oldingi holati qanday edi va hozirgi holati qanday bo’ldi?
Tadqiqotchi R.B.Sariyev: Savolingiz uchun rahmat ustoz.
1-savolga javob: Dissertatsiya mavzusi bo’yicha jami 22 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, 7 ta maqola, jumladan, 5 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek, ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlan uchun davlat intellektaul mulk agentligidan 3 ta mualliflik guvohnomalari olingan.
2-savolga javob: Fanning avvalgi axborot-uslubiy ta`minoti statik ma`lumotlar asosida qurilgan bo’lib, interfaollik darajasi juda past darajada edi. Hozirgi ko’rinishida interfaol ma`ruzalar, interfaol amaliy topshiriqlar, elektron kutubxona, ilmiy ishlar bazasi, videokonferentsiya, ijtimoiy tarmoqlar, H5P komponentlari va boshqa interfaol elementlar integratsiya qilingan.
3-savolga javob: Olingan natijalarga asoslangan holda, «Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari» fanini axborot-uslubiy ta`minotdan foydalanib o’qitish bo’yicha samaradorligini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan tajriba-sinov natijalari to’g’risida tajriba va nazorat guruhlaridagi o’rtacha o’zlashtirishlarni Styudent matematik-statistik metodi yordamida tahlil qilindi. Masalaning qisqacha mohiyati quyidagilardan iborat: ikkita bo’sh to’plam berilgan bo’lsin. Biri tajriba guruhidagi talabalar bilimining o’rtacha ballari, ikkinchisi esa nazorat guruhidagi talabalar bilimining o’rtacha ballari. Baholar normal taqsimotga ega deb hisoblanadi. Bunday faraz o’rinlidir, chunki normal taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo’lib, ular bajariladi.
Savol: p.f.f.d., (PhD), M.K.Kazakova
1-savol: Dissertatsiya ko’rsatilgan fan misolidami yoki boshqa fanlarga ham qo’llasa bo’ladimi?
2-savol: Tadqiqot ishi bo’yicha qaysi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini o’rgandingiz?
Tadqiqotchi R.B.Sariyev: Savolingiz uchun rahmat ustoz.
1-savolga javob: Dissertatsiya mavzusi “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” ta`lim yo’nalishi “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari ” fani axborot-uslubiy ta`minoti misolida bajarilgan bo’lib, yaratilgan model va elektron o’quv kursini boshqa fanlarda ham joriy etsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |