Ovozga qo’yaman: Rozilar – barcha rozi, qarshilar, betaraflar – yo’q. Bir ovozdan qabul qilindi. Rahmat.
Rais: Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti qoshidagi ilmiy seminar yig’ilishi
QAROR QILADI:
1. Tadqiqotchi Sariyev Rustam Bobomuradovichning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi mazmuni va yo’nalishi jihatidan 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mos kelishi e`tirof etilsin.
2. Dissertant R.B.Sariyevning dissertatsiyasi yakunlangan, mustaqil bajarilgan, ilmiy ahamiyatga ega, O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalariga qo’yilgan talablariga javob beradi, deb topilsin.
3. Avtoreferat hamda ilmiy-metodik jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda dissertatsiyaning asosiy mazmuni, amaliy jihatlari va tajriba-sinov ishlarining muhim natijalari o’z ifodasini topganligi ko’rsatib o’tilsin.
4. Tadqiqotchi Sariyev Rustam Bobomuradovichning 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengashda himoya uchun tavsiya etilsin.
Majlis raisi: p.f.d., prof. R.D.Shodiyev
Majlis kotibi: p.f.f.d., (PhD) F.A.Choriyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |