Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani interiorizatsiyalash asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishning axborot-uslubiy ta’minoti “H5P” raqamli ta’lim texnologiyasini qo‘llash natijasida takomillashtirilgan;
sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modeli komponentlari pedagogik interfaol elementlar majmuasi - o‘yin elementlari (Games), multimediali elementlar (Multimedia)ni kiritish asosida optimallashtirilgan;
“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan masofaviy elektron o‘quv kursi sirtqi ta’lim talabalarining mustaqil ta’lim olishiga yo‘naltirilgan elektron kutubxona, ilmiy ishlar bazasi, videokonferensiya, ijtimoiy tarmoqlar, H5P komponentlari kabi amaliy dasturiy vositalar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari sessiya va sessiyalararo mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modulli o‘qitish texnologiyasi tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: “Texnologik jarayonlarni boshqarishninig axborot-kommunikatsiya tizimlari” ta’lim yoʻnalishi sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun mutaxassislik fanidan interfaol koʻp modulli elektron oʻquv kursi ishlab chiqilgan va institut serverida oʻrnatilgan;
mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan axborot-uslubiy ta’minoti tuzilmasini ishlab chiqilgan va uning tarkibi zamonaviy elektron ta’lim resurslari bilan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitishda xalqaro tajriba oʻrganilgan va muhandis kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoniga mos ilmiy yutuqlar amalda tatbiq etilgan;
“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan elektron oʻquv kursi ishlab chiqilgan (DGU 12652) va uning tarkibida elektron kutubxona, videokonferensiya, ilmiy ishlar bazasi, ijtimoy tarmoqlar, interfaol elementlar (H5P) va boshqa modullar integratsiya qilingan;
oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitishga qaratilgan dasturiy ishlanmalar va metodik tavsiyalarni yuqori impakt faktoriga ega boʻlgan xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida chop etish orqali xalqaro hamjamiyatda ommalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |