«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet11/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

2-savolga javob: Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidan tadqiqotchi olimlarining sirtqi ta`lim shakli muammolari hamda uni modernizatsiya qilish bo’yicha S.P. Kritskiy, I.P. Lapchik, A. M. Novikov, V.I. Ovsyannikov, Yu.Rubin, I. Tavgen, M.A. Sveshnikovlar, sirtqi ta`limni axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish vositalari yordamida takomillashtirish bo’yicha E.S. Polat, I.V. Robert, M.Yu. Buxankin, M.V. Moiseev, E.G. Skibitskiy va L.I. Xolina, V.I. Soldatkin, L.G. Titareva, V.P. Tixomirov, D.M. Sadikova, S.G. Vershlovsiy, V.V. Gorshkov, A.I. Jilin, S.I. Zmeeva, R.V. Berdichevskiy, Yu.N. Kulyutkin, G.S. Suxobskaya, V.V. Verjbitskiy, A.V. Gustыr, S.P. Kritskiy, Z.O. Djaliashvili, I.G. Shamsutdinova va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Xalqaro miqyosda rivojlangan chet el mamlakatlarida masofaviy o’qitish va elektron ta`lim bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilgan va bunda A.W. (Tony) Bates , D.A Keegan , S. Arafeh, , Curtis J. Bonk, Mimi M. Lee, Thomas C. Reeves, Thomas H. Reynolds , Shoaleh Bigdeli , Wiem Hachichaa, Leila Ghorbela, Ronan Champagnatb, Corinne Amel Zayania, Ikram Amousa kabi olimlarning ishlarini namuna sifatida keltirish mumkin.


Savol: p.f.f.d. dots. S.N.Yuldashev
1-savol: Modelning uchinchi qismini izohlab bering?
2-savol: Dissertatsiyada integrativ yondashuvlarning qaysilariga ko’proq asoslandingiz?
3-savol: Sirtqi ta`limda o’zaro ta`sir bosqichlari nimalardan iborat?
Tadqiqotchi R.B.Sariyev: Savolingiz uchun rahmat ustoz.
1-savolga javob: Modelning uchinchi komponenti hisoblangan mazmunli protsessual blokda fanni o’qitish jarayoni (mazmunli jarayon) va talabaning semestr davomida bajaradigan ishlari (semestrli protsessual jarayon) qismlariga ajratilgan. Mazmunli jarayon fanning me`yoriy hujjatlarini rasmiylashtirishdan boshlab talabani baholash va natijalarni tahlil qilishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mazmunli jarayonning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” (BSE va Q) fanidan o’quv-me`yoriy hujjatlarni kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqish;

  • “BSE va Q” fanidan AUT ning bazaviy o’quv materiallarini integrativ texnologiyalar asosida takomillashtirish;

  • Fan bo’yicha ETR ishlab chiqish va talabalar foydalanishini ta`minlash;

  • Fanning o’quv materiallarini bosmali va elektron o’qitish vositalari asosida tizimlashtirish;

  • on-line rejimda videoma`ruza, forumlar va amaliy topshiriqlarni tashkil etish;

  • on-line rejimda talabalar bilan maslahatlar tashkil etish.

Mazmunli protsessual blokning ikkinchi qismi semestrli protsessual jarayon bo’lib, unda sirtqi ta`lim shakli talabasi semestr davomida bajaradigan bosqichlari va ushbu bosqichlarda ishlatiladigan kommunikatsiya vositalari, metodlari, vositalari va o’qitish formalari keltirilgan.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling