«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 459 Kb.
bet7/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 22 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, 9 ta maqola, jumladan, 5 tasi respublika va 4 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek, ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar uchun davlat Intellektual mulk agentligidan 5 ta mualliflik guvohnomalari olingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 126 sahifani tashkil etadi.
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi koʻrsatilgan, muammoning oʻrganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti hamda predmeti aniqlangan, tadqiqotning usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan hamda tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, e’lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari deb nomlangan boʻlib, sirtqi ta’lim shakli talabalarini oʻqitishning hozirgi holati va uning muammolari ishlari tahlili, mutaxassislik fanlarini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minotning oʻrni va undan foydalanish imkoniyatlari, mutaxassislik fanlaridan axborot-metodik ta’minotni integrativ texnologiyalar asosida ishlab chiqishning didaktik prinsiplari yoritilgan.
Hozirgi kunda ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, iqtisodiyot sohalarining integratsiyasi va globallashuvi, ijtimoiy hayotning oʻzgarib borishi sharoitida bilimlarning juda tez eskirib borishi kuzatilmoqda. Inson butun umri davomida oʻqishga va ma’lum kasbni egallashga boʻlgan intilishini qoniqtirish uchun har bir insonning bilim olishga boʻlgan huquqini ta’minlash har bir mamlakatning davlat strategiyasiga aylandi. Jahon ta’lim amaliyotida sirtqi ta’limga boʻlgan talab va uning xalqaro hamjamiyatda rivojlantirish YUNESKO huzuridagi masofaviy ta’lim boʻyicha xalqaro kengash faoliyati hamda ta’lim muassasalari va oʻquv markazlari vakillari ishtirokida xalqaro konferensiyalar tashkil etilishi bilan asoslanib kelinmoqda (www.icde.org). Shu bois, uzluksiz ta’limni amalga oshirishni ta’minlay oladigan, har bir shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda ta’lim shakllarini kengaytirish va ularning tashkiliy tuzilmasini, oʻquv-uslubiy ta’minotini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish muhim vazifalardan biridir.
Sirtqi ta’lim tizimini shakllantirishning jahon tajribasi asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda oʻqishini ta’minlash maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish” vazifalari belgilab berilgan. Oliy ta’lim tizimining ochiqlik tamoyilini amalga oshiruvchi ta’lim jarayonini tashkil etish shakli sifatida sirtqi ta’lim xususida fikr yuritish mumkin.
Olib borilgan adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, milliy (A. Abduqodirov, U.Sh. Begimqulov, R. Boqiyev, R. Hamdamov, S.I. Rahmanqulova, U. Yuldashev, A.E. Ibraymov va b.), hamdoʻstlik (S.P. Kritskiy, I.P. Lapchik, A. M. Novikov, V.I. Ovsyannikov, Yu.Rubin, I. Tavgen, M.A. Sveshnikov va b.) va xorijiy (A.W. (Tony) Bates, D.A Keegan, S. Arafeh , Curtis J. Bonk, Mimi M. Lee, Thomas C. Reeves, Thomas H. Reynolds, Shoaleh Bigdeli, Wiem Hachichaa, Leila Ghorbela, Ronan Champagnatb, Corinne Amel Zayania, Ikram Amousa) mamlakatlarda sirtqi ta’lim tizimini shakllantirish tamoyillari ayrim xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda koʻplab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi boʻlimlari va sohalarining shakllanishini ta’minlayotgan boʻlsa, ikkinchidan, fanlar orasida “hukmron boʻlgan” chegaralarni buzib, integratsiya jarayonini jadallashtirishni taqozo etadi.
Pedagogikadagi integratsion yondashuv pedagogik jarayonning turli jihatlarini bir butun sifatida koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladi va bu yangi sifat natijasi, yangi tizimli va yaxlit ta’limni beradi. Integratsion yondashuvning mohiyati va oliy ta’limda integratsiyaning tarkibiy qismlari E.O.Galitskix taklif qilgan integrativ yondashuvning namunaviy tuzilmasidan foydalanish imkonini berdi.
Yuqori sifatli elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan oʻquv jarayonida foydalanishning muhim vazifalaridan biri uning didaktika talablariga mos kelishidir. Sifatsiz (pedagogik nuqtai nazardan) kompyuter dasturlarini yaratishning eng muhim sabablari, birinchidan, oʻqitishning didaktik tamoyillariga qisman, ba’zan esa toʻliq e’tibor bermaslik, ikkinchidan, oʻqitishning an’anaviy shakl va usullarini mexanik ravishda kompyuterdan foydalangan holda oʻqitishning yangi texnologiyalari sohasiga oʻtkazishdir.
Pedagogik adabiyotlarda e’lon qilingan bir qator didaktik prinsiplarni asos qilib, ularni kompyuterli oʻqitish vositalariga moslashtirish uchun axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishda toʻliq oqlangan qadam boʻlib, ularga quyidagilarni keltirishimiz mumkin: ta’lim jarayonining ilmiy mazmuni va uslubiyati prinsipi; talabaning tushunish va faolligi prinsipi; koʻrgazmaviylik prinsipi; individual yondashuv prinsipi; tizimlilik va izchillik prinsipi; oʻquv ishining jamoaviy va individual shakllari hamda usullarini oqilona uygʻunlashtirish prinsipi; mashgʻulot va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqlik prinsipi; ratsionalizatsiya prinsipi; ruxsat prinsipi; ekologik talablar prinsipi; bilimning mustahkamligi prinsipi.
Olib borilgan tadqiqotlar, an’anaviy ta’lim turining didaktik prinsiplarini yangi axborot texnologiyalari doirasida oʻquv jarayonini qoʻllab-quvvatlash vositalarini ishlab chiqishda samarali qoʻllash mumkin, degan xulosaga kelishga imkon beradi. Keng kontekstdagi bunday prinsiplar tizimi zamonaviy ta’lim paradigmasi hal qilishi uchun moʻljallangan vazifalarga, kompyuter texnologiyalarining oʻziga xos xususiyatlariga, multimedia muhitining imkoniyatlariga moslashishi kerak. Shu bilan birga, kompyuterli oʻqitish texnologiyalarida vizual va ekologik talablar prinsiplari alohida ahamiyatga ega, bu esa ushbu texnologiyalarning yangi imkoniyatlari bilan bevosita bogʻliqdir. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, barcha pedagogik innovatsiyalar avvalgi fan va amaliyot tomonidan erishilgan yutuqlarni mutlaqo inkor etmasdan, ular toʻplangan tajribani tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda oʻqitishning qayta-qayta sinovdan oʻtgan prinsiplarini yangi mazmun bilan boyitishni nazarda tutadi.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va foydalanish texnologiyasi” deb nomlangan boʻlib, unda sirtqi ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlaridan axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishning integrativ modeli, sirtqi ta’lim shakli talabalarining integratsiyalashgan axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish bosqichlari va oʻqitish jarayoni, mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish texnologiyasi bayon etilgan.
Ilmiy tadqiqot ishidagi izlanishlar asosida biz tomonimizdan sirtqi ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlaridan axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishning integrativ modeli ishlab chiqildi va uning barcha komponentlarining mazmuni va mohiyati ochib berildi. Ishlab chiqilgan modelga asosan, oliy ta’lim muassasalaridagi bakalavriat yoʻnalishi malaka talablari, DTS va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqqan holda mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonida oʻquv-uslubiy ta’minoti, masofaviy oʻqitish vositalari, interfaol elementlar va baholashning zamon talabiga mos ravishda oliy ta’lim muassasalarida oʻtilishi koʻzda tutilgan modul-kredit tizimiga oʻtishi inobatga olingan boʻlishi kerak. Bulardan kelib chiqib, fanga oid oʻquv-uslubiy majmualar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, oflayn elektron darsliklar, videomateriallar, animatsiyalar va virtual koʻrgazmalar natijasida talabalarni motivatsiyasini oshirish, rejalashtirishga yoʻnaltirish va kreativlik qobiliyatlarini koʻrsatishga undash masofaviy tizimlarni yoʻlga qoʻyish, fanni nafaqat auditoriya yoki oliy ta’lim muassasasi chegarasida chiqarib globallashuvga erishishga olib keladi. Interfaol topshiriqlar, interfaol elementlar tizimi va zamonaviy messenjerlar botlari imkoniyatlaridan foylanib biz talabalarni doimiy faolligi hamda baholanish natijasi kreditlarga erishishi asoslandi.
Ushbu modelning tizimni tashkil etuvchi komponenti, uning yadrosi maqsadli komponent boʻlib, uning atrofida qolgan komponentlar qurilgan. Maqsadli komponent axborot-uslubiy ta’minotning yoʻnalishini, uning mazmuni, texnologiyalari va natijalarini baholashni belgilaydigan strategik va taktik maqsadlarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Maqsadli komponentda ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalar kabi elementlarni ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim jamiyat va davlat ehtiyojlariga mos ravishda ijtimoiy foydali faoliyatning barcha asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shaxsning intellektual, madaniy va axloqiy rivojlanishiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni, ta’limni chuqurlashtirish va kengaytirishni, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu maqsadga muvofiq axborot-uslubiy ta’minot axborot jamiyatida sirtqi boʻlim talabalarini tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, bunga bir qator vazifalarni hal qilish orqali erishiladi:
− elektron ta’lim sharoitida sirtqi boʻlim talabalarini tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
− sirtqi boʻlim talabalarini tayyorlash jarayonining barcha ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash;
− tayyorgarlik jarayonida shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish;
− fanning axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish;
- sirtqi boʻlim talabalari uchun qiyin oʻquv va hayotiy vaziyatlar bilan bogʻliq tayyorgarlik jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarning oldini olish va hal qilish.
Modelning ikkinchi komponenti axborot-uslubiy blok boʻlib, integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Biz bilamizki, zamonaviy ta’lim resurslari yildan-yilga takomillashib rivojlanib kelmoqda. Hozirgi elektron resurslar ta’lim jarayonining ajralmas qismi boʻlib kelayotgan bir vaqtda ularni an’anaviy talim resurslari bilan solishtirish mumkin emas. Chunki zamonaviy ta’limda ular bir-birini toʻldirib, takomillashtirib kelmoqda. Ayniqsa, sirtqi ta’limda talaba faoliyati davomida ushbu resurslardan unumli va oʻz vaqtida foydalansagina oʻz maqsadiga erishadi.
“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minot off-line va on-line oʻqitish komponentlari asosida integratsiyalashtirilgan. Fanni oʻqitish jarayonida talaba ushbu ikki koʻrinishdagi ta’lim resurslaridan reja asosida foydalanishi mumkin va bu resurslar fanni oʻzlashtirish jarayonda bir-birini toʻldirib turadi. Har bir talaba mustaqil ravishda imkoniyati va vaqtiga qarab ulardan auditoriyada yoki auditoriyadan tashqarida foydalanishi mumkin.
Modelning uchinchi komponenti mazmunli protsessual blokda fanni oʻqitish jarayoni (mazmunli jarayon) va talabaning semestr davomida bajaradigan ishlari (semestrli protsessual jarayon) qismlariga ajratilgan. Mazmunli jarayon fanning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirishdan boshlab talabani baholash va natijalarni tahlil qilishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Mazmunli jarayonning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” (BSE va Q) fanidan oʻquv-me’yoriy hujjatlarni kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqish;

  • BSE va Q fanidan AUT ning bazaviy oʻquv materiallarini integrativ texnologiyalar asosida takomillashtirish

  • Fan boʻyicha ETR ishlab chiqish va talabalar foydalanishini ta’minlash;

  • Fanning oʻquv materiallarini bosmali va elektron oʻqitish vositalari asosida tizimlashtirish;

  • on-line rejimda videoma’ruza, forumlar va amaliy topshiriqlarni tashkil etish;

  • on-line rejimda talabalar bilan maslahatlar tashkil etish.

  • talabalarni baholash va natijalarni tahlil qilish

Mazmunli protsessual blok elektron ta’lim kontekstida oʻquv jarayoni subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlarida amalga oshiriladigan jarayonlarning mazmunini belgilaydi.
Birinch bosqich tаyyorgarlik (motivatsion-yoʻnaltiruvchi) bosqichi boʻlib, sirtqi ta’lim shakli talabasiga boshlangʻich ma’lumotlarni berish va uni ikkinchi bosqichqa tayyorlashdan iboratdir. Bu bosqichda talabalarga kredit-modulli oʻqitish texnologiyasi, baholash me’zonlari va usullari haqida ma’lumotlar beriladi. Oʻquv jarayonining asosiy qismi ta’limni boshqarish tizimida(LMS Moodle) amalga oshirilishini inobatga olgan holda tizimda ishlash qoidalari hamda elektron oʻquv kursi elementlaridan foydalanish tartib-qoidalari tushuntiriladi. Shu bilan birga fan bo’yicha tanishtiruv ma’ruzalari va amaliy mashgʻulotlar o’tkaziladi. Ushbu turdagi mashg’ulotlarda talabalarga fanga kirish, asosiy tushunchalar hamda laboratoriya, amaliy va mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi. Talaba keyingi bosqichda bajarishi lozim boʻlgan barcha qadamlar toʻgʻrisida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Ikkinchi bosqich asosiy bosqich (kasbiy bilim va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish) hisoblanib, talabalar fan boʻyicha asosiy bilimlarni oʻzlashtirish, oraliq nazoratlar va topshiriqlarni aynan shu boshqichda bajaradilar. Biz taklif qilayotgan tuzilmada ushbu bosqich toʻliq onlayn tarzda amalga oshiriladi. Onlayn tizim sifatida Moodle-ta’limni boshqarish tizimi tanlangan boʻlib, unda kursning ma’ruza, topshiriq, forum, chat, glossariy va boshqa shu turdagi elementlardan unumli foydalanish nazarda tutiladi. Ushbu elementlar foydalanishda juda oddiy boʻlib, talabaga kursni oʻzlashtirishda katta yordam beradi. Tizim barcha elementlar boʻyicha alohida hisobot ham beradi, bu esa oʻqituvchiga elementlarni takomillashtirish imkoniyatini ham beradi. Bundan tashqari, Moodle tizimi ochiq kodli tizim boʻlib, bir necha turdagi elektron ta’lim resurslarini integratsiya qilishi mumkin. Bizning kursda elektron kutubxona, ilmiy ishlar bazasi, videokonferensiya, ijtimoiy tarmoq va H5P interfaol elementlari integratsiya qilingan va ular kurs elementi sifatida interfaollik darajasini hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o’ynaydi.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling