Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD


Download 142.83 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi142.83 Kb.
#1536148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Семинар баённомаси LOTIN Худайназаров Д 07 05 2023

Rais: Qutbiddin Boqijonovich, javoblardan qoniqdingizmi?
t.f.d., professor Q.B.Imomqulov: Ha javoblar qoniqarli.
Rais: Hurmatli ilmiy seminar qatnashchilari. Mana bugungi dissertatsiya ishi bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, taqrizchilar o‘zlarining fikrlarini aytishdi. Agar boshqa savollar bo‘lmasa, u holda yalpi muhokamaga o‘tamiz. Kim so‘zga chiqmoqchi, marhamat!


Muhokamada so‘zga chiqqanlar:


t.f.n., dotsent I.J.Toirov:
Mana bugun ilmiy seminarda da’vogarning dissertatsiya taqdimotini eshitdik, bu dissertatsiya ishini kafedra yig‘ilishida ham, kafedralararo seminarda ham ko‘rgandik, mana bugun yana ilmiy Kengash qoshidagi seminarda ham eshitdik va aytish mumkinki, boshlang‘ich yig‘ilishlardagi dissertatsiya bilan bugungi olib kelgan dissertatsiya orasida o‘sish bor. Sifat tarafida ham, savol-javoblarda ham, o‘zining ma’ruzasida ham bor. Endi bu mavzuning dissertabelligini, ixtisoslikka mos kelishini aytib yotmayman, hozirgi sharoitda mavzuning yechimini topgan, kerak va dolzarb. Ko‘p ish bajarilganining guvohi bo‘lib turibmiz, tajribalar o‘tkazgan, konstruksiyalar, mashina ya’ni qurilmalar qilgan, ularning tuliq o‘lchamlarini nazariy ham amaliy asoslagan, ilmiy ahamiyati ham yaxshi yozilgan, amaliy ahamiyati ham bor. Dissertatsiya va avtoreferatlarda rasmiylashtirishda ayrim kamchilliklar mavjud, avtoreveratda adabiyotlarni rasmiylashtirishda ayrimlarida familyasini qo‘ymagan. Bunday kamchilliklarni bartaraf qilish kerak. Yuqorida aytdim, bajarilgan dissertatsiya ishi texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga mos keladi va biz seminar a’zolari ishni Ilmiy Kengashga himoyaga tavsiya qilamiz. Taqrizchilarning aytgan kamchilliklarini to‘g‘irlab, hammasini joy-joyiga qo‘yib, bugungi seminar a’zolari, qatnashchilari tomonidan aytilgan kamchilliklarni to‘g‘irlab, tavsiyalarni ham hisobga olgan holda, Ilmiy Kengashda himoyada dokladga tayyorlanib, yaxshi himoya qilishiga tilakdoshman. Oq yo‘l tilayman.
T.f.n., dotsent F.E.Ochilov:
Dissertatsiya bo‘yicha ma’ruzani tingladik, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha qilingan taklif bo‘yicha to‘xtalsam, Eshpulat aka aytganday “oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari” o‘rniga “kichik chorvachilik xo‘jaliklari” deb o‘zgartirsak yaxshi bo‘lardi. Tarqatilgan taqdimot materiallaringiz taqdimotingizdan farq qilyapti. To‘g‘irlaganingiz almashib ketganmi balkim. Bunga e’tiborli bo‘lish kerak. Tarqatilgan material bilan olib chiqilgan material bir xil bo‘lish kerak. 3-4 slaydda dag‘al ozuqalarning fizik-mexanik xossalarini ikkita listda keltirayapsiz. Dag‘al ozuqa fizik-mexanik xossalarini ham bitta slaydga keltirish kerak. O‘rinli aytildi har bir formuladan keyin tarkibini yozib chiqish kerak. Taqrizchilar tomonidan ko‘rsatilgan kamchilliklarni to‘g‘irlab, katta himoyaga tavsiya etsa bo‘ladi deb hisoblayman. Mavzu dolzarb, amaliy ahamiyati ham ko‘rsatib berilgan.

Download 142.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling