Rais t.f.d., dotsent Z.L. Batirov: Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari va qatnashchilari!
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan 22 kishidan iborat etib tasdiqlangan. Respublikamizda pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilgan holda bugungi yig‘ilishning qayd etish varaqasiga ko‘ra, Ilmiy seminar a’zolaridan 21 nafari, ulardan 7 nafari onlayn masofadan qatnashmoqda. Ilmiy seminar yig‘ilishini o‘tkazish uchun yetarli darajada kvorum bor. Shunday ekan, Ilmiy seminar o‘tkazish vakolatga ega. Qanday takliflar bor?
t.f.d., prof. S.R.Aliqulov: Ilmiy seminar yig‘ilishini boshlashni taklif etaman.
Rais: Taklifga binoan Ilmiy seminar o‘z ishini boshlashi mumkin deganlar, marhamat, qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman. Qarshilar – yo‘q, betaraflar – yo‘q. Bir ovozdan ma’qullandi. Rahmat!
PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar yig‘ilishini ochiq deb e’lon qilaman.
Sizlarning e’tiborlaringizga quyidagi kun tartibi havola qilinadi:
Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovich tomonidan 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasini parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Dissertatsiya ishi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar – t.f.d., dotsent Qarshiev Faxriddin Umarovich.
Taqrizchilar – texnika fanlari nomzodi, dotsent Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovich (05.07.01), texnika fanlari doktori, professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich (05.07.01), Taqrizchilar ilmiy seminarda qatnashyapti.
Kun tartibi bo‘yicha qanday fikrlar bor, tasdiqlasak bo‘ladimi?
(Ovozlar – ha). E’tirozlar yo‘qmi? – Yo‘q. Kun tartibi tasdiqlandi.
Agar boshqa takliflar bo‘lmasa, bugungi kun tartibidagi masala bo‘yicha izlanuvchining attestatsiya hujjatlari asosida tayyorlangan ma’lumotlar bilan seminar a’zolarini tanishtirish uchun so‘z ilmiy kotibga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |