Ilmiy Seminar Ilmiy kotibi t.f.f.d. (PhD), X.Fayzullaev:
Hurmatli seminar raisi va a’zolari!
Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovich to‘g‘risida va bugungi yig‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha tanishtirib o‘tildi.
Ilmiy seminar kotibi izlanuvchi haqida ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.
Rais: Izlanuvchining attestatsiya xujjatlari bo‘yicha savollar bormi?
T.f.d., dotsent T.X.Razzakov: – Yo‘q (ovozlar – yo‘q).
Rais: Dissertatsiya ishining asosiy mazmunini bayon etish uchun so‘z izlanuvchiga beriladi, reglament 20 minut.
Tadqiqotchi D.X.Xudaynazarov dissertatsiyasining asosiy mazmunini bayon etib berdi.
Rais: Ma’ruza tugadi. Kimda qanday savollar bor?
Marhamat!
Savollar:
t.f.n. Raximov Oktabr Dustkabilovich
1. Bakalavr va magistraturadagi mutaxassisligingiz nima? “Chorvachilik asoslari” va “Chorvachilikni mexanizatsiyalash” fanlari o‘tilganmi?
Javob: Bakalavr va magistraturadagi mutaxassisligim YeUTT bo‘lib, “Chorvachilik asoslari” va “Chorvachilikni mexanizatsiyalash” fanlari o‘tilmagan, lekin bu fanlarni mustaqil o‘rganganman.
2. O‘zbekistonda nechta oilaviy chorvachilik xo‘jaligi bor?
Javob: Respublikamiz bo‘yicha mavjud chorvachilik xo‘jaliklari sonini o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, Respublikamizda jami 5 mln. 78 mingta chorvachilik xo‘jaliklari bo‘lib, shundan 4 mln. 937,3 mingtasi yoki 97,2 foizi oilaviy shaxsiy uy xo‘jaliklari, 103 mingtasi yoki 2,1 foizi fermer xo‘jaliklari va 37,7 mingtasi yoki 0,7 foizi boshqa turdagi qishloq xo‘jalik tashkilotlaridir.
3. Ozuqa tarqatgich qurilmangizga harakat nimadan beriladi?
Javob: Biz ishlab chiqqan qurilmaga harakat ham g‘ildiraklaridan ham elektrodvigateldan berish ko‘zda tutilgan.
4. Ozuqa tarqatgichingiz oxurlar orasiga sig‘adimi?
Javob: Ha sig‘adi, chunki qurilmaning balandligi 1540 mm va eni 1350 mm.
5. Ozuqa tarqatgich qurilmani qaysi fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazdingiz?
Javob: Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi “Ayritom qadim tepaligi” va “Ayritom nurli dalasi” hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Ashur polvon mo‘jizasi” fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazildi.
6. Ozuqalarning fraksiyalarini qanday aniqladingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |