Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD
Download 142.83 Kb.
|
Семинар баённомаси LOTIN Худайназаров Д 07 05 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.f.f.d. (PhD), U.I.Qodirov
- T.f.d., dotsent F.O‘.Jo‘raev
- Rais
T.f.n., dotsent T.Razzaqov:
Hurmatli seminar a’zolari mana Xudaynazarovning ma’ruzasini eshitdik, ma’ruzasi, o‘zini tutishi, savollarga javob berishi juda yaxshi, ba’zi savollarga javob berishda g‘alati terminlardan foydalanildi, buni ilmiy izohlar bilan javob bersa judayam yaxshi bo‘ladi. Ba’zi sxemalardagi tafovutlarga oydinlik kiritishsa judayam yaxshi bo‘ladi. T.f.f.d. (PhD), U.I.Qodirov: Hurmatli seminar a’zolari. Mana Dilshod Xushvaqtovichning ma’ruzasini eshitdik. O‘zini tutishi va berilgan savollarga javob berishi yaxshi. Bajarilgan ishning hajmi katta, ish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan, ya’ni o‘rganilgan parametrlar juda ko‘p, shuning uchun ham savollar ko‘p bo‘ldi. Mavzu juda dolzarb, hajmi katta shuning uchun seminarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni hisobga olish kerak. Bajarilgan dissertatsiya ishini tugallangan ish sifatida keyingi bosqichga tavsiya etaman. Talabgor Xudaynazarovga muvaffaqiyat tilayman. T.f.d., dotsent F.O‘.Jo‘raev: Talabgorni eshitdik, katta ish qilingan, ham nazariy, ham amaliy ishonchli ish qilingan, mutaxassislar o‘zlarining fikrlarini bildirishdi, men ham o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Rasmiylashtirishda ham ayrim kamchilliklar mavjud. Umuman olganda doktorant bilimli ekanligi, o‘z sohasini yaxshi bilishi ko‘rinib turibdi savol javoblaridan. Men o‘ylayman, yuqoridagi takliflarni inobatga olib, himoyaga ruxsat bersak bo‘ladi, himoyaga tavsiya etaman, omad ishlariga. Rais: Dissertatsiya ishi bo‘yicha taqrizchilarning fikri ijobiy. Demak, hammada bitta taklif bo‘ldi. Dissertatsiya himoyaga tavsiya etilsin. Shuni Seminar a’zolaridan ovoz berib, tasdiqlab qo‘yishingizni so‘rayman. Qarshilar – yo‘q, betaraflar – yo‘q. Demak, taklif bir ovozdan qabul qilindi. Endi, Ilmiy seminar bayonnomasida aks ettirilishi zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqsak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining talablari bo‘yicha Ilmiy seminar bayonnomasida dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, talabgorlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va uning avtoreferatining belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylash-tirilganligi xulosada aks etgan bo‘lishi kerak. Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari, Sizda D.X.Xudaynazarovning “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi bo‘yicha seminar xulosasining loyihasi bor. Uni asos qilib olib, loyihaning har bir bandini muhokama qilsak va zarur bo‘lsa tegishli o‘zgartirishlar kiritib borsak bo‘ladimi? (Ovozlar – ha). E’tirozlar yo‘qmi? – Yo‘q. U holda xulosa qismining bandlarini ko‘rib chiqamiz. Download 142.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling