Tasdiqlayman” Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi


II. Musobaqaning maqsad va vazifalapi


Download 55.76 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1473441
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2023 низом Футбол лотинча (2)

II. Musobaqaning maqsad va vazifalapi
3. Musobaqaning maqsadi sportchilarni futbol sport turiga jalb qilish natijasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, futbol sport turini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish, musobaqalarni oʻtkazish orqali iqtidorli sportchilarni saralab olib, yoshlar, oʻsmirlar va milliy terma jamoalar tarkibiga saralashdan iboratdir.
4. Musobaqalarning vazifasi Respublika hududida turli yosh toifalarida futbol sport turi boʻyicha sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni saralab olish, Oʻzbekiston milliy terma jamoalari tarkibini shakllantirish, shuningdek futbol sport turi boʻyicha kuchli sportchilarni aniqlash, trener va hakamlarning malakasini oshirish, oʻtkaziladigan musobaqalar natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.


III. Musobaqalarni tashkil etish va ularga rahbarlik qilish
5. Musobaqalarni oʻtkazishga umumiy rahbarlik Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan hamda bevosita rahbarlik qilish Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi (bundan buyon matnda assotsiatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6. Musobaqalarni adolatli va shaffof holda oʻtkazilishi assotsiatsiyasi tomonidan tayinlangan hakamlar hay’ati zimmmasiga yuklatiladi.
7. Musobaqaning viloyat bosqichini tashkillashtirish, tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bevosita Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


IV. Musobaqani oʻtkazish joyi va muddati
8. Musobaqalar Respublika hududida amaldagi FIFAning futbol qoidalari asosida oʻtkaziladi.


Viloyat final bosqichi barcha oʻyinlari 2023 yil 29-aprel 10-may kunigacha Samarqand viloyatining turli tuman-shaharlarida boʻlib oʻtadi.
V. Musobaqada ishtirok etish shartlari
9. Musobaqalarda sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida muntazam shugʻullanadigan futbolchilar ishtirok etishlari mumkin.
10. Musobaqalarda faqatgina belgilangan yosh toifasidagi futbolchilar ishtirok etishadi. Belgilangan yosh toifasidan ikki va bir yosh kichik futbolchilarni ishtirok etishlari taqiqlanadi.Faqat 2010 yillarda 2011 yil tug’ilgan bolalar o’ynashiga ruxsat beriladi.
11. Musobaqalarda oxirgi bir yil davomida sport muassasasida muntazam shugʻullangan futbolchilar ishtirok etishlariga ruhsat beriladi.



Download 55.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling