Tasdiqlayman” Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshligʻi
Download 55.76 Kb.
|
2023 низом Футбол лотинча (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII. E’tiroz bildirish tartibi
XI. Hakamlik
50. Oʻyinlar FIFAning futbol qoidalari asosida boshqariladi. 51. Musobaqaga bosh hakamni va hakamlarni tayinlash Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi, jamoalarning uchrashuvlarga tayinlangan hakamlarni almashtirish toʻgʻrisidagi iltimoslari inobatga olinmaydi. Musobaqaning oʻtkazish viloyatdagi SM va ISM larda faoliyat yuritayotgan futbol murrabiylari hamda assotsiatsiya tomonidan ro’yxatga olingan hakamlar zimmasiga yuklatiladi. Viloyat final bosqichini Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasida tomonidan tayinlangan hakamlar oʻtkazishadi. 52. Uchrashuv bosh hakami oʻyin boshlangunga qadar maydonga chiqadigan jamoalar liboslarini rangini aniqlashlari kerak. 53. Uchrashuv bosh hakami va hakamlar oʻyin boshlangunga qadar futbol maydon ahvolini, toʻplarning va darvozalarning sifatini tekshirib besh balli baho asosida uchrashuv qaydnomasiga yozib qoʻyishlari kerak. 54. Uchrashuv bosh hakami va jamoalarning bosh murabbiylari oʻyin boshlanishidan bir soat oldin uchrashuv qaydnomasini toʻldirishlari kerak. Qaydnomaga faqat bosh murabbiylar imzo chekishadi. Oʻyin davomida ogohlantirish va jarohat olgan maydondan chetlatilgan futbolchilarni hamda maydonda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida bosh hakam uchrashuv qaydnomasiga yozib qoʻyishi kerak. 55. Uchrashuv bosh hakami uchrashuvdan oldin jamoalar rahbarlari bilan birgalikda oʻyin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilarning hujjatlarini koʻzdan kechirmogʻi darkor va futbolchilarning maydonga oʻz vaqtida chiqishlariga javobgardir. 56. Uchrashuv bosh hakami maydonda boʻlib oʻtgan noxushliklarni, ogohlantirishlarni, maydondan chetlatishlarni ataylab yoki unutib uchrashuv qaydnomasiga kiritmasa, bu qoidabuzarlik hisoblanadi va bu holat Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi. XII. E’tiroz bildirish tartibi 57. E’tiroz berayotgan murabbiy yoziladigan e’tiroz toʻgʻrisida raqib jamoa va bosh hakamni avvaldan ogohlantirishi lozim va bu haqda uchrashuv bosh hakami uchrashuv qaydnomasiga yozib qoʻyishi lozim. 58. Bosh murabbiy imzosi bilan tasdiqlangan e’tiroz uchrashuv yakunlangandan keyin ikki soat davomida musobaqa hakamlar xay’atiga yuborilishi lozim. Belgilangan vaqtdan oʻtib yuborilgan e’tiroz qabul qilinmaydi. 59. E’tiroz yozgan tomon, u yerda yozilgan barcha fakt va raqamlarni isbotlab berishi kerak. 60. E’tiroz quydagi xolatlarda koʻrib chiqilmaydi: hakamlar tomonidan 11 metrlik jarima toʻpi belgilanganligi yoki belgilanmaganligi; darvoza toʻgʻri yoki notoʻgʻri ishgʻol qilinganligi; oʻyindagi qoida buzilish holatlari; uchrashuvda ortiqcha vaqt oʻynalganda. 61. E’tiroz quydagi xolatlarda koʻrib chiqiladi: a) uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchi maydonga tushganida; b) oldingi uchrashuvda maydondan chetlatilgan futbolchi maydonga tushirilganida; v) yoshi katta futbolchi maydonga tushganida; Download 55.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling