2. O‘zbekiston temir yo‘llari” aj yo‘llarida poyezd va manyovr ishlarida harakat xavfsizligining buzilish holatlari haqida umumiy ma'lumot


Download 240.11 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi240.11 Kb.
#1020553
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ta\'lim referat




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

“Transport harakatini


tashkil etish” kafedrasi
Harakat xavfsizligini ta’minlashda kompleks tizim”
fanidan
ТEMIR YO‘L TRANSPORTIDA HARAKAT XAVFSIZLIGI BUZILISHINING OLDINI OLISH CHORALARI”
mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: magistratura talabasi


Setimbetova S.K. (MTL-5 guruhi)
Qabul qildi: t.f.n., professor
Xudayberganov S.K.
Toshkent – 2022

ТEMIR YO‘L TRANSPORTIDA HARAKAT XAVFSIZLIGI BUZILISHINING OLDINI OLISH CHORALARI
Reja:
1.Kirish
2.O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘llarida poyezd va manyovr ishlarida harakat xavfsizligining buzilish holatlari haqida umumiy ma'lumot.
3.Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini buzilishining oldini olish.


Kirish
Transport vositalari ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turgan temir yo‘l transporti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ murakkab shakllanish va jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugun kunda yurtimizning mintaqalarini ishonchli bog‘lash uchun temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Temir yo‘l transporti boshqa tizimlar orasida eng xavfsiz transport turi hisoblanadi.
Temir yo‘l transportida poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash masalasi temir yo‘llarning tarkibiy tuzilmalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash tashish jarayonini uzluksiz tashkil etish, yuk va yo‘lovchilarni belgilangan muddatlarda o‘z manzillariga yetkazish, atrof muhitni asrash, temir yo‘l transporti xizmatlari iste'molchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda foydalanish harajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu ishlar hajmining yuqori dinamikasini ta'minlash va tashish jarayoni sifatini oshirish uchun poyezdlar harakati xavfsizligini yuqori va eng muhimi barqaror darajada ta'minlash zarurati har qachongidan ham ortib bormoqda.Shuning uchun poyezdlar harakati xavfsizligi buzilishlari sabablarini o‘z vaqtida aniqlash, tahlil qilish, baholash va olingan natijalar asosida ularni bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga keng qamrovli tadbiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘llarida poyezd va manyovr ishlarida harakat xavfsizligining buzilish holatlari.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlarida harakat xavfsizligini buzilishi quyidagicha tavsiflanadi:

  • Poyezdlar halokati;

  • Avariyalar;

  • Ishdagi alohida nuqson holatlari;

  • Ishdagi nuqson holatlari.

Poyezdlar halokatiga quyidagilar mansub:
Yuk yoki yo‘lovchilar tashish poyezdlari bilan boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk yoki yo‘lovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok bo‘lsa, og‘ir tan jarohati olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar ularni hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan bo‘lsa, bular poyezdlar halokati sifatida tasniflanadi.





1-rasm. Poyezdlar halokati
Poyezdlarning avariyasiga quyidagilar mansub:
yo‘lovchilar tashish poyezdlari yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yo‘lovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada va (yoki) vagonlar depo yoki undan murakkabroq ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;
yuk tashish poyezdlari yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk tashish poyezdi izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar yoki vagonlar kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlangan bo‘lsa;





2-rasm. Avariya holati
Ishdagi alohida nuqson xolatlari quyidagilardan iborat:
yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, bekat oralig‘i va bekatlarda yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa;
poyezd band yo‘lga qabul qilinsa;
poyezd band bekat oralig‘iga jo‘natilsa;
poyezd tayyor bo‘lmagan marshrut bo‘yicha jo‘natilsa yoki qabul qilinsa;
poyezd taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketsa;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida yo‘l yo‘naltirgichni o‘tkazish;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibi poyezdni qabul qilish, jo‘natish marshrutiga yoki bekat oralig‘iga ketib qolsa;
ketish yo‘lida yuk qulasa (sochilib ketsa);
g‘ildirak o‘qi, g‘ildirak o‘q bo‘yni yoki g‘ildirak sinsa;
vagon aravachasining yon qismi yoki ressor ust balkasi sinsa;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibining o‘rta balkasi uzilsa;
texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yo‘lidagi yo‘lovchilar tashish poyezdidan vagon uzib qoldirilsa;
poyezdning chekka kranlari berk holatda jo‘natilsa;
yo‘lovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotiv talab qilinsa;
Ishdagi nuqson xolatlari quyidagilardan iborat:
buksa qizib ketsa yoki boshqa texnik nosozliklar sababli vagon harakatlanish yo‘lidagi yuk tashish poyezdidan uzib qoldirilsa;
poyezddagi avtoulagichlar o‘z o‘zidan ajralib ketsa;
yo‘naltirgich kesilsa;
yuk ortish qoidalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi darajada buzilishi oqibatida oraliq bekatda poyezddan vagon uzib qoldirilsa;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibining avtoulagichi sinib uzilsa;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibi detallari yo‘lga tushib qolsa;
manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yo‘lning harakatdagi tarkibi yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqsa;
manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yo‘lning harakatdagi tarkibi yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi bilan to‘qnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy ta’mir darajasida yoki vagonlarni uzib olgan holda joriy ta’mirlash yoxud temir yo‘lning harakatdagi tarkibi yanada murakkabroq ta’mirlash darajasida shikastlangan bo‘lsa;

Download 240.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling