Tasdiqlayman” “Tabiiy fanlar fakulteti


Download 472.5 Kb.
bet5/10
Sana06.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1170037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Normuminova Farangiz Ilhom Qizi KO\'M

Geokimyo (geo... va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining, yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan.


Gidrokimyo (gidro.. va kimyo) — tabiatdagi suvlarning kimyoviy tarkibini hamda ularning kimyoviy, fizik va biologik jarayonlar taʼsirida oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan.
Landshaft geokimyosi - XX-asr ning 40-yillarida tabiiy geografiya va geokimyo fanlari tutashgan chegarada vujudga kelgan ilmiy yoʻnalish. Kimyoviy elementlarning geografik landshaftlardagi migratsiyasi (qayta taqsimlanishi)ni geokimyo va biogeokimyo usullari bilan oʻrganadi. Lanshaft geokimyosiga B. B. Polinov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, V. V. Dokuchayevlar asos solgan. B. B. Polinov birinchi boʻlib Lanshaft geokimyosi vazifasini aniqlab berdi, uni oʻrganish metodlarini ishlab chiqdi.
Geokimyo nuqtai nazaridan landshaftlar yer yuzasining ayrim qismi boʻlib, ularda quyosh energiyasi taʼsirida atmosfera, gidrosfera va litosferadagi kimyoviy elementlarning migratsiyasi amalga oshadi.
II BOB.
Kimyo fanining fizika va matematika fani bilan bog’lanishi
Kimyo va fizika yuqorida aytib o'tganimizdek, kimyoning eng katta aloqasi fizika fanigadir. Bu munosabatlar atom nazariyasining rivojlanishida juda muhim edi. Fizik kimyo - fizika va kimyoni bog'laydigan hodisalarning paydo bo'lishini o'rganishga intiladigan kimyo bo'limi. Ushbu tadqiqot ikki fanning xususiyatlarini chuqur birlashtiradi.



Fizika bizga turli materiallarning turli xil narsalar bilan qanday reaksiyaga kirishishi haqida bilim beradi. Masalan, fizikadan; biz kimyoda ma'lum bir element qancha bosim olishini o'rganamiz, bu element bosim bilan qanday reaksiyaga kirishishini o'rganamiz. Shunday qilib, kimyo fizika bilan birlashtirilganda, element bosimni qabul qila oladimi yoki yo'qligini osongina tushunish mumkin.
Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi.
2.1. Moddalarning fizik- kimyoviy xossalari.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling