«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija


Download 289.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana24.12.2022
Hajmi289.06 Kb.
#1052889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
KURS ISHI

targ‘iboti vositalari
O‘zini o‘zi boshqarish keng ma’noda organizm barcha tizimlarining faolligini
boshqarishdir. Faollik barcha tirik mavjudotga xos bo‘lib, ularning rivojini
mustaqillikdagi asosiy kuch deb belgilaydi. Biologik holat o‘zini o‘zi boshqarishga
gomeostaz, ya’ni tana haroratining doimiyligi, arterial qon bosimi, qon shakli
elementlarining bir xilligini namoyon eta oladi (albuminlar, immunoglobulinlar va
hokazo). Ruhan o‘zini o‘zi boshqarish orqali inson tashqi omillarning salbiy ta’sirini
kamaytira olish imkoniyatiga egadir.
Ruhiy sog‘liq bu insonning ruhiy osoyishtaligi, o‘zini o‘zi boshqara bilishi,
mustahkam kayfiyat, murakkab vaziyatlarga tez moslashib undan chiqishi, qisqa vaqt
ichida ruhiy osoyishtalikni tiklay olishdir. Ruhiy jarayonlar bilan organizmning
o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish natijasida buyuk fiziolog I. Pavlov ruhiy o‘zgarishlar
oqibati, albatta, ichki a’zolar va tizimlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berdi.
Ma’lumki, kuchli hissiyotlar yurak urishining o‘zgarishi bilan birga davom etadi,
bunda yuz qizaradi yoki oqaradi (tomirlarning qisilishi yoki kengayishiga qarab). Bu
holatlarning mazmuni va jadalligi shaxsning va organizmning o‘ziga xos
xususiyatlariga bog‘liq. Ruhiy ta’sirlar bosh og‘rig‘i yoki organizmdagi boshqa
funksional buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, har bir shaxs
o‘zini o‘zi ruhan idora eta olishi, bu bilan esa organizmni turli zararli ta’sirotlardan
saqlashga erishishi lozim. Aks holda organizmda va ruhiyatda odam uchun og‘ir
bo‘lgan turli noxushliklar paydo bo‘ladi.
Ruhiy o‘zgarishlar ta’siridan somatik sohada quyidagi buzilishlar sodir bo‘lishi
mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo‘qolishi); nafas
siqilishi, yo‘tal; yurak-tomir tizimida – arteriya bosimining psixogen ko‘tarilishi,
taxikardiya, bradikardiya, yurakda og‘riq his qilish, yurak faoliyati maromining
buzilishi, eshushni yo‘qotish bilan birga kollaps darajasigacha yurak faoliyatining
zaiflashuvi, psixogen hushsizlik.
Amaliyotda ko‘pincha shunday hollar uchraydiki, kishilarda infarkt va insult
og‘ir kechinmalar, ruhiy iztiroblardan keyin paydo bo‘ladi. Siydik tanosil tizimida


18
ruhiy buzilishlar siydik ushlanishi, ba’zan uning to‘xtamasligi bilan namoyon bo‘ladi.
Erkaklardagi jinsiy zaiflik va ayollardagi jinsiy sovuqlik ko‘pincha ruhiy
o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Ichki sekretor faoliyatining psixogen buzilish hollari
ma’lum bo‘lib, ularga gipertireoz; ayollarda hayz davrining buzilishi va emizikli
onalarda sut kamayishi kiradi. Kutish nevrozi ham ma’lum bo‘lib, uning mohiyati
shundan iboratki, u yoki bu kasallik ko‘rinishini qo‘rquv bilan kutish, uning paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, qizarishdan qo‘rqish qizarishning o‘zini keltirib
chiqaradi, jinsiy zaiflikdan qo‘rqish mijoz sustligiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan
xulosa qilib shuni aytish mumkinki, organizm a’zo va tizimlarining me’yoriy
faoliyati bevosita ruhiyatning (psixikaning) qanchalik to‘g‘ri boshqarilishiga bog‘liq.
Shu o‘rinda har bir shaxsning o‘zini tahlil qilishi va tarbiyalashi katta ahamiyatga ega.
Chunki har bir holatni, ta’sirotni to‘g‘ri talqin qilish, oqilona xulosa chiqarish, ya’ni
tahlil qilish organizmni noxushliklardan asraydi.
O‘zini o‘zi ruhan idora etishda, o‘zini tarbiyalashning ahamiyati katta. Har
tomonlama tarbiyalangan inson o‘zini, o‘z ruhiyatini va ichki a’zolari faoliyatini
to‘g‘ri boshqara oladi. Tarbiyalanish uchun esa, har bir odam o‘zi harakat qilishi
lozim. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: o‘zini kuzatishi,
nazorat qilishi, majburlashi va o‘ziga hisobot berishi.
Kuzatish natijasida salbiy va ijobiy xususiyatlar aniqlab olinadi, salbiy
xususiyatlarni bartaraf etish zarurati tug‘iladi. Buning natijasida kishida salbiy
xususiyatlar yo‘qolib, atrofdagilarga va ulardan esa o‘ziga faqat ijobiy ta’sirotlarni
yuzaga keltiradi. Har bir qilinadigan va qilingan, gapiriladigan va aytilgan so‘zlar
haqida andishali bo‘lish esa yaxshi kayfiyat garovidir. Ushbu xususiyatlarni o‘zida
mujassamlashtirgan shaxslar o‘z ruhiyatini to‘g‘ri boshqaradi, sog‘lig‘ini asraydi.
Yuqoridagi xatti-harakatlarni shakllantirishda irodali bo‘lish katta ahamiyatga ega.
Lekin inson qanchalik o‘zini tarbiyalab, ruhiyatini, bu bilan o‘rganish faoliyatini
to‘g‘ri boshqarmasin, ruhiy muvozanat turli omillar ta’sirida ham buzilishi mumkin.
Bunday holatlar esa, ruhiyatni muhofaza qila olish zaruratini tug‘diradi.
Ayniqsa, tibbiyot hamshiralari faoliyatida asabiy kechinmalar, zo‘riqishlar va
noxush holatlar ko‘p uchraydi. Buning uchun mohiyatni muhofaza qilish usullaridan
foydalanish zarur. Bularga taqqoslash (iden tifikatsiya), moslashish (proyeksiya),


19
e’tiborni chalg‘itish (o‘zgartirish), unutish (siqib chiqarish) va boshqalar misol bo‘la
oladi. Bu usul larni qo‘llash natijasida ruhiyatdagi salbiy ta’sirotlar birmuncha
kamayadi yoki bartaraf etiladi.
Turli xil ruhiy iztiroblarga barham berish, organizmni tetiklashtirish maqsadida
o‘zini ishontirish usuli qo‘llaniladi. Har bir odam ruhiyati orqali ichki a’zo va
tuzilmalari faoliyatiga ta’sir etish, bu bilan ularning (shu a’zo va tizimlar) faoliyatini
me’yorlashtirish mumkin. Ushbu muolajani bemorning o‘zi o‘tkazadi. Matnni
shifokor beradi, keyin uni bemor murakkablashtirib va takomillashtirib boradi.
O‘zini o‘zi ishontirish usuli bilan sog‘lig‘i uchun asossiz xavotir olishga barham
beriladi, noqulay og‘riqni his qilish yengillashadi va ruhiy iztiroblarga munosabati
o‘zgarib, hayot qiyinchiliklarini yengish osonlashadi.
UK Surgeon Journal (1999) maʼlumotlariga koʻra, ruhiy salomatlik — bu samarali
faoliyat, boshqalar bilan munosabatlar va oʻzgarishlarga moslashish va noqulay
vaziyatlarni yengish qobiliyatiga olib keladigan aqliy funktsiyaning muvaffaqiyatli
bajarilishi. „Ruhiy kasallik“ atamasi umumiy maʼnoda tashxis qoʻyilishi mumkin
boʻlgan barcha ruhiy kasalliklarni anglatadi — fikrlash, kayfiyat yoki xatti-
harakatlarning oʻzgarishi bilan tavsiflangan sogʻliq muammolari yoki buzilish yoki
faoliyatning buzilishi [1] [2]. Ruhiy salomatlik va ruhiy kasallik ikkita uzluksiz
tushunchadir. Optimal ruhiy sogʻligʻiga ega boʻlgan odamlarda ruhiy kasalliklar ham
boʻlishi mumkin va ruhiy kasalligi boʻlmagan odamlarda ham ruhiy sogʻligʻi yomon
boʻlishi mumkin [3]. Ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar stress, yolgʻizlik,
depressiya, tashvish, munosabatlardagi muammolar, yaqin kishining oʻlimi, oʻz joniga
qasd qilish fikrlari, qaygʻu, giyohvandlik, DEHB, oʻz-oʻziga zarar etkazish, turli
darajadagi ruhiy kasalliklar yoki boshqa ruhiy kasalliklardan kelib chiqishi mumkin.
Terapevtlar, psixiatrlar, psixologlar, ijtimoiy ishchilar, hamshiralar yoki oilaviy
shifokorlar terapiya, maslahat yoki dori-darmon kabi muolajalar orqali ruhiy
kasalliklarni boshqarishda yordam berishi mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ruhiy salomatlik tushunchasining mazmunini ochib,
quyidagi fikrlarga eʼtibor qaratadi Ruhiy salomatlik salomatlikning ajralmas qismidir,
ruhiy salomatliksiz salomatlik boʻlmaydi.Ruhiy salomatlik bir qator ijtimoiy-iqtisodiy,
biologik va ekologik omillar bilan belgilanadi.


20

Download 289.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling