«tasdiqlayman» Tibbiy profilaktika fakulteti dekani prafessor G. T. Iskandarova Mavzu : Sog’lom turmush tarzi Tayyorladi : Qabul qildi : Kafedra mudiri : T. F. D. Аripov О. А. Тoshkent 022 mundarija


Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati


Download 289.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana24.12.2022
Hajmi289.06 Kb.
#1052889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
KURS ISHI

5.Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati
Tabiat nihoyatda go‘zal, uning insoniyat uchun marhamati keng. Tabiat hayot
onasi, deb bejiz aytilmagan. U kishilarni kiyintiradi, to‘ydiradi, nafas olish uchun
kerak bo‘lgan havoni, hayot uchun zarur bo‘lgan suvni tozalab beradigan nafosat
olami dilga huzur bag‘ishlaydi. Tarovatli bog‘-u rog‘lar, ko‘kni suyab turgandek
azim tog‘lar, bag‘ri keng vodiylar turfa rangli chamanlari bilan go‘zal.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik
vaziyat hisoblanadi. Ma’lumki, fantexnika taraqqiyoti birinchi navbatda ishlab
chiqarishni tubdan o‘zgartirib, sanoat mahsulotlarini ko‘plab yetkazib berishda
muhim omil vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, fan va texnikaning beqiyos rivojlanishi
mehnat sharoitining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday taraqqiyot xoh
sanoatda, xoh xalq xo‘jaligining turli sohalarida bo‘lsa-da, insonni o‘rab turgan atrof
muhitning bir qadar buzilishiga va o‘z navbatida, aholi turli qatlamlarining
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘lmoqda. Hattoki, genofondini
o‘zgartirishigacha olib bormoqda. Insonning tabiiy boyliklardan o‘yla may-netmay
ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi borgan sari o‘zgarib,
o‘rmonlar yo‘qolib, o‘simlik va hayvon turlari kamaymoqda, foydali qazilmalar
tugab bormoqda. Suv havzalari, tuproq va atmosfera havosining tobora ifloslanib
borishi, turli xo‘jalik faoliyati oqibatida paydo bo‘ladigan chiqindilar va sanoat
korxonalaridagi chiqindi moddalarining ortib borishi natijasida, aholini ekologik toza
suv, oziq-ovqat bilan ta’minlash dolzarb muammoga aylanib qolgan. Ma’lumki,
keyingi yillarda bunday ekologik holat dunyo mamlakatlarida, shu bilan bir qatorda
O‘zbekistonda ham e’tiborga olinib, xalqaro hamkorlikda katta ishlar olib
borilmoqda. Atmosfera havosidagi zaharli omillarning tobora ko‘payib borishi
faqatgina inson salomatligiga ziyon yetkazib qolmasdan, balki butun tirik jonivorlar
va o‘simliklar hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Odamlar o‘rtasida, ayniqsa,
yosh bolalar orasida kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Havosiz, suvsiz
hayotni tasavvur etib bo‘lmaganidek, tuproqsiz hayot bo‘lishi mumkin emas.Sog'lom
turmush tarzining ahamiyati. Turmush tarzi- bu insonning ma’lum maqsad asosida


23
o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini
o’zlashtirish usuli.Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
-faol jismoniy harakatqilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanish
-kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan
toliqishga yo’l qo’ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigiyenik talablar asosida
to’g’ri rejalashtirish;
-to’g’ri va sifatli ovqatlanish;
-shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish,ekologik madaniyatga erishish;
-yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish;
-to’g’ri jinsiy tarbiya olish;
-psixogigiyena talablariga amal qilsh;
-zararli odatlarga berilmaslik.
Yuqoridagi mezonlarga asoslanib quyidagi to’xtamga kelish mumkin: sog’lom
turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat
qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lish asosida hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish hamda
salomatligini yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir.
Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib
turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.
1. Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini
saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng
zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish,
davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy
jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.
Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib,
to'g'ri taqsimlash davr talabidir.
2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan
oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8
harohar yuqondir.


24
Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi.
Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim
oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshisharoit yaratilishini
targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.
3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir.
Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz
mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan.
Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda.
Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta
olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni
iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida
kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past
darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish
kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.
Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning
asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir
kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki,
mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan.
Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni
muntazam iste'mol qilishdir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut
mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta
yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa,
qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.4.Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi
bilan ta'mialash Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan
sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga
ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq
va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir
bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib
borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.


25
5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam
harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya
etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda
ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat
qilmaydilar.
6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog'lom,
harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga
olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga,
o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning
jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq
chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach
qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish
uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday
foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan
yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining
mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.
7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning
oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak
8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan
to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga
javob berishiga erishishi lozim bo'ladi.
9. Kishining o'z salomatligini. Atrofdagi yaqinlarining salomatligini muhofaza qilib
borishi xususidagi vazifalarni, radio-televidenieda, matbuotda targ'ib qilishni yo'lga
qo'yish.


26

Download 289.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling