9
-osmotik diuretiklar (mannitol, mochevina, sorbitol);
-karboangidraza ingibitorlari (atsetazolamid).
Osmotik diuretiklar: mannitol, mochevina, sorbitol
Mannitol chiqish shakli - 15% li 200-400 ml flakonda,
vena ichiga tomchilatib
yuboriladi. Mochevina, sorbitol koptokcha filtridan oson o„tadi, kanalchada deyarli
reabsorbsiyalanmaydi va farmakologik jihatdan nofaol xisoblanadi. Plazma
osmolyalligini oshirish maqsadida katta dozalarda buyuriladi.
Osmotik diuretiklar nefron barcha qismlarida ta‟sir qiladi, lekin asosan proksimal
sohada
ta‟siri
yuzaga
keladi.
Ular
osmotik
faol
modda
bo„lib,
reabsorbsiyalanmaydi, shuning uchun suvning interstitsiyga o„tishiga to„sqinlik
qiladi (osmotik gradientga ko„ra). Buning natijasida
natriyning kanalchadagi
konsentratsiyasi kamayadi, shu sababli reabsorbsiyalanmaydi. Osmotik diuretiklar
qon
plazmasi
osmolyarligini
oshirib
hujayra
ichi
kompartmentlarini
degidratatsiyasiga olib keladi (hujayradan suvni “sug„uradi” – “bosma qog„oz”
effekti), sirkulyasiyalanuvchi qon hajmini oshiradi (gipervolemik faza) va natijada
qon qovushqoqligini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: