Tasdiqlayman’’


Download 124.82 Kb.
bet17/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

Germaniya. Fransiya-Prussiya urushi prussiyaliklarning gʻalabasi bilan yakunlangandan soʻng, 1871-yil yanvarda Prussiya imperatori Vilgelm I Versal saroyining serhasham oynaband zalida Germaniya imperatori deb eʼlon qilindi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurash yakunlandi. Nemislar tantana qilardi. Bismark mamlakatni birlashtirishni uddaladi. Janubiy german davlatlari bilan shartnomalar imzolandi. 1871-yil bahorida birinchi imperiya reyxstagi konstitutsiya qabul qildi. Konstitutsiya Prussiyaning imperiyadagi yetakchilik rolini mustahkamladi. Germaniya jadal rivojlanayotgandi, uning sanoat mollari barcha qitʼalardagi bozorlarga kirib borgandi. Xoʻsh, bunday muvaffaqiyat siri nimada edi? Eng avvalo, bu mamlakatning birlashtirilishi va natijada yagona ichki bozorning shakllanishi bilan bog‘liq edi. Bojxona chegaralari yoʻq boʻldi, yagona pul birligi, ogʻirlik va uzunlikning yagona oʻlchov tizimi joriy qilindi. 1871-yildan 1875-yilgacha mamlakatda juda koʻplab sanoat kompaniyalari va banklar paydo boʻldi. XIX asrning 90-yillarida Germaniya katta iqtisodiy sakrashni amalga oshirdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmi boʻyicha agar 1870-yili jahonda toʻrtinchi oʻrinda boʻlsa, 1880-yili uchinchi, 1913-yili esa AQSHdan keyingi – ikkinchi oʻringa chiqib oldi. Yirik sanoat banklari va korporatsiyalarni tashkil qilish jarayoni davom etdi. Ulardan baʼzilari monopoliyalarga aylandilar. Yirik korporatsiyalar eng avvalo ogʻir sanoatda tashkil qilindi. Sanoatning bitta yoki bir nechta sohasini nazorat qiluvchi sanoat magnatlari va uddaburon bankirlar paydo boʻldilar. Qishloqlarda tabaqalashuv jarayoni jadal davom etdi. Koʻplar shaharlarga ketishga majbur boʻldi. Agar 1871-yili Germaniya aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashagan boʻlsa, 1910-yilga kelib 2/3 qismi shaharlarda istiqomat qilardi. Germaniya industrial mamlakatga aylandi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya faol mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Imperator Vilgelm II “yangi kurs”ni eʼlon qildi. Yevropada hukmronlikka intilish, Afrika, Osiyo va Okeaniyada taʼsir doiralarini qayta boʻlish bu kursning asosini tashkil qildi. Germaniya mustamlakalar “adolatsiz” boʻlingan deb hisoblardi. U eng rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin egalladi va mustamlakalardan oʻz iqtisodiy qudrati va siyosiy mavqeyiga mos ulush talab qila boshladi. Buni esa katta urushsiz hal qilishning iloji yoʻq edi. Shu tariqa Germaniya katta urushga tayyorgarlik koʻra boshladi.

XIX asr oxirida Sharqiy Yevropaga Bolqon mamlakatlari, shuningdek, AvstriyaVengriya va Rossiya imperiyalarining bir qismi kirardi. XIV–XV asrlarda Bolqon mamlakatlarida oʻrnatilgan Usmoniylar imperiyasi hukmronligi XIX asrgacha, baʼzi hududlarda XX asrgacha saqlanib qoldi. 1878-yili Rossiya yordamiga tayangan Serbiya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Shundan soʻng Serbiya jadal rivojlandi va Rossiyaga yanada yaqinlashib bordi. Ammo aholisi serblardan iborat va Serbiya bilan birlashish azaliy orzusi boʻlgan ikkita yirik viloyatlar – Bosniya va Gersegovina 1908-yili Avstriya tomonidan anneksiya qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yili ikki davlat – Avstriya va Vengriya hukmron doiralarining kelishuvi asosida tashkil topgan edi. Ungacha Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina Avstriya tarkibiga, Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya Vengriya davlati tarkibiga kirar edi. Shu yili imperiya konstitutsiyasi qabul qilinib, unga binoan Avstriya imperatori birlashgan imperiya hukmdori boʻldi. Gabsburglar sulolasi 1918-yilgacha taxtda oʻtirdi. XIX asrning oxirgi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri boʻlib, saqlanib qolgan feodal munosabatlar sanoat taraqqiyotiga toʻsiq boʻlayotgan edi. Asr oxiriga kelib aholisining faqat uchdan bir qismi shaharlarda yashardi.




Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling