Tasdiqlayman’’


Download 124.82 Kb.
bet18/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

Rossiyada XIX asrning 60–70-yillarida oʻtkazilgan islohotlar – krepostnoy huquqning bekor qilinishi, yer islohoti, moliya, universitet, maktab, matbuot islohotlari va boshqalar mamlakatning yangi – burjuacha taraqqiyot kursini belgilab berdi. XIX asrning 80–90-yillarida Rossiya sanoat ishlab chiqarishida bir qator yutuqlarga erishdi. XIX asrning 90-yillariga kelib sanoat toʻntarishi yakunlandi va mamlakat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha dunyoning beshta eng yirik industrial davlatlari qatoriga qoʻshildi. ROSSIYA 1905–1907-yillardagi Birinchi rus inqilobi 1905–1907-yillardagi Birinchi rus inqilobi Rossiyada rivojlanayotgan kapitalistik jamiyat bilan mustabid podsho tuzumi oʻrtasida katta ziddiyat mavjudligini, xalq endi eskicha yashashni istamasligini koʻrsatdi. Inqilob oʻz oldiga qoʻygan vazifalariga koʻra burjua inqilobi boʻlib, avvalo krepostnoylik qoldiqlarini yoʻq qilishga qaratilgan edi. Bu vazifalar juda muhim, zero, ular Rossiya aholisining barcha qatlamlari manfaatlariga toʻliq mos edi. Shu sababli inqilob jarayonida aholining juda keng qatlamlari ishtirok etdi.
1 905–1907-yillardagi inqilob yakunlanmay qoldi. U oʻz oldiga qoʻygan jiddiy muammolarni hal qilolmadi: podsho hokimiyatda qoldi, hukmron qatlam oʻzgarmadi, byurokratiya yoʻq boʻlmadi, korrupsiya yanada kuchaydi, odamlarning yashash darajasi tushib ketdi va hokazo. Ammo bu inqilob Rossiyadagi ikkinchi – 1917-yilgi fevral inqilobi uchun muqaddima boʻldi, zero, ikkinchi inqilobning natijalari birinchi inqilobning davomi edi.
Rossiya hayotida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuz bergan barcha oʻzgarishlar: islohotchilikka urinish, mamlakatni sanoatlashtirish uchun harakat, krepostnoy huquqqa qarshi kurash va uning bekor qilinishi, ijtimoiy ziddiyatlar va inqilobiy harakatlar – bularning barchasi adabiyot va sanʼatda oʻz aksini topdi. Agar qolgan barcha sohalarda Rossiya Yevropaning ortidan borayotgan boʻlsa, XIX asrda rus adabiyoti va sanʼati butun dunyoga oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladi. Bu davrda adabiyotda F. M. Dostoyevskiy, L. N. Tolstoy va A. P. Chexov singari daholar ijod qildi. Shu davrdagi rus kompozitorlari – M. P. Musorgskiy, P. I. Chaykovskiy va N. A. RimskiyKorsakovlarning asarlari jahon musiqa sanʼatining durdonalaridan hisoblanadi. Xullas, bu davrda Rossiya jamiyatidagi hal etilmagan dolzarb muammolar uni Birinchi jahon urushida ishtirok etishga undadi. Bu esa Rossiyaning demokratik rivojlanish yoʻlidan borish imkoniyatini yoʻqqa chiqardi va yetmish yil davom etgan kommunistik rejimga yoʻl ochib berdi.


Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling