Tasdiqlayman’’


-Mavzu: Fransiya va Germaniya : Yevropada yetakchilik uchun kurash. Sharqiy Yevropa va Rossiya jamiyatni isloh qilish muammolari


Download 124.82 Kb.
bet16/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

2-Mavzu: Fransiya va Germaniya : Yevropada yetakchilik uchun kurash. Sharqiy Yevropa va Rossiya jamiyatni isloh qilish muammolari.

Fransiyada Ikkinchi imperiya 1870-yilgacha yashadi. Shu yili boshlangan Fransiya-Prussiya urushi dastlabki janglardanoq Fransiya armiyasining urushga yaroqsizligini koʻrsatdi. Bir necha ogʻir janglardan soʻng fransuzlar taslim boʻldi, imperator Napoleon III asir olindi. Bu halokat butun Parijni oyoqqa turgʻazdi. Hokimiyat oʻzlarini “milliy mudofaa hukumati” deb atagan bir guruh siyosatchilar va harbiylar qoʻliga oʻtdi. Yangi hukumat oʻzining butun eʼtiborini Prussiya bilan kelishishga qaratdi, chunki iqtisodiy vayrongarchilik, ommaning qashshoqligi natijasida vujudga kelgan inqilobiy holatdan qoʻrqqan hukumat har qanday yon berishlar evaziga boʻlsa ham kelishishga tayyor edi. Olti oydan buyon prusslar armiyasi tomonidan qamal qilinayotgan Parij shahrining ishsizlik va ochlikdan azob chekayotgan aholisi 1871-yil martda qoʻzgʻolon boshladi. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat Kommunani taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respublika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar.
Kommuna doimiy armiyani bekor qildi. Burjua sudi ham bekor qilindi. Cherkov davlatdan ajratildi. Rahbar organlarning saylab qoʻyilishi haqidagi dekret qabul qilindi. Kommunani tan olmagan eski amaldorlarning hammasi lavozimlaridan ozod qilindi. Kommuna Fransiyaning davlat tuzilishini qayta qurish rejasini ishlab chiqdi va eʼlon qildi. Rejaga koʻra, Fransiya Parij kommunasi tipidagi erkin kommunalarni birlashtirgan respublika boʻlishi lozim, shaharlar va eng kichik qishloqlar ham oʻz-oʻzini boshqarishning toʻla huquqiga ega boʻlishi va bu huquqlar qoʻshni kommunalarning shunday huquqlari va mamlakat manfaatlari bilangina chegaralanishi mumkin edi. Barcha urinishlarga qaramasdan, fransuz va pruss armiyalari tomonidan qurshab olingan Parij kommunasi 72 kunlik qizgʻin faoliyatidan soʻng 28-may kuni quladi. Oʻn minglab kishilar oʻldirildi, qamaldi, surgun qilindi. Umumiy hisobda Parij oʻzining 100 ming oʻgʻil-qizidan ayrildi.
Parij kommunasidan keyin Fransiyada respublika tuzumi uzil-kesil oʻrnatildi. Monarxiyaga qaytish endi mumkin emasdi: xalq va burjuaziyaning katta qismi biron-bir shakldagi monarxiyani boshqa xohlamasdi. Shu sababli Fransiyada 1870-yil 4-sentyabrda eʼlon qilingan Uchinchi respublika Ikkinchi jahon urushigacha mavjud boʻldi. 1875-yilgi Fransiya konstitutsiyasining xarakteri oxir-oqibatda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan oʻzgarishlar bilan belgilandi. Bu oʻzgarishlar orasida yirik mashina sanoatiga oʻtishning yakunlanganligi alohida ahamiyat kasb etib, u yangi tarixiy davrning kirib kelayotganligidan darak berardi.
Butun XIX asr davomida Fransiya sanoat ishlab chiqarishining darajasi boʻyicha Angliyadan keyin – ikkinchi oʻrinni egallab keldi. Asr oxiriga kelib esa yosh kapitalizm mamlakatlari boʻlgan AQSH va Germaniyadan ham ortda qolib ketdi. Taraqqiyot darajasining sekinlashuvi Fransiya iqtisodiyotining belgilaridan biriga aylandi. Shunga qaramasdan, Fransiya banklari asr oxirida juda katta moliya kapitaliga egalik qilardi. Bu holat banklarning konsentratsiyalashuvi, ularning sanoat bilan qoʻshilib ketishi va moliya kapitalining shakllanishiga olib keldi. Moliya oligarxiyasi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida asosiy kuchga aylandi.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling