Tasdiqlayman’’
Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni
Download 124.82 Kb.
|
Tarix yangi mavzular konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida anʼanaviylik va islohotchilik oʻrtasidagi kurash. Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari.
- Usmoniylar imperiyasi
Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Qaysi jahon dinlarini bilasiz? 2. Islom dini qachon va qayerda vujudga kelgan? 3. Jahon madaniyatiga islom sivilizatsiyasi nimalar bergan? Mavzu: Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida anʼanaviylik va islohotchilik oʻrtasidagi kurash. Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari. Islom sivilizatsiyasi tarixida XIII–XIV asrlardan boshlangan intellektual tushkunlik XVI asrga kelib iqtisodiy va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi. Bir paytlar jahon taraqqiyotining yalovbardori boʻlgan islom sivilizatsiyasi XVII asrga kelib chuqur intellektual inqirozga yuz tutdi va islom mamlakatlaridagi taʼlim va madaniyat markazlarining koʻpchiligi tor fikrli mutaassiblar va murosasiz jaholatparastlar oʻchogʻiga aylanib qoldi. XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib islom sivilizatsiyasi mamlakatlari Gʻarbdan ancha orqada qolib ketgan edi. Bir vaqtlar Usmoniylar imperiyasi islom dunyosining eng qudratli davlati boʻlib, u sultonning yakka hukmronligiga asoslangan monarxiya edi. Iqtisodiyotining asosini juda qoloq qishloq xoʻjaligi tashkil qilganligi uchun ocharchiliklar boʻlib turardi. Usmoniylar hukumatining islohotchilik kursi ham puchga chiqdi. Barcha harakatlarga qaramasdan, XIX asrning oxirgi choragiga kelib Turkiya yarim mustamlaka, chet el kapitaliga qaram mamlakatga aylanib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda jamiyatning ilgʻor qatlamlari orasida mavjud holatga qarshi norozilik kayfiyati kuchaya boshladi. 1865-yili Istanbulda maxfiy siyosiy tashkilot tuzilib, uning aʼzolari oʻzlarini “yangi usmoniylar” deb atadilar. Yevropada bu tashkilot “Yosh Turkiya”, uning ishtirokchilari “yosh turklar” nomini oldi. Ularning harakati tufayli Turkiyada islohotlar boshlandi. 1876-yili taxtga Abdulhamid II keldi, Midhat posho esa buyuk vazir lavozimini egalladi va boʻlgʻusi konstitutsiya loyihasini tayyorlashga ruxsat oldi. Yosh turklarga bunday yon berilishi imperiyaning oʻsha davrlardagi ogʻir ahvolidan kelib chiqqan zarurat edi. Sulton Abdulhamid II ham shu sababli konstitutsiyani qabul qilishga majbur boʻldi. 1876-yil dekabrda qabul qilingan “Midhat konstitutsiyasi” Turkiyani konstitutsion monarxiya deb eʼlon qildi. Unda ikki palatali parlament tuzilishi ham koʻzda tutilgandi. Imperiyaning barcha fuqarolari usmoniylar deb atalib, qonun oldida teng hisoblanadi. Bu konstitutsiya oʻzining barcha kamchiliklariga qaramasdan, agar hayotga tatbiq qilinganida, oʻsha davrdagi Turkiya uchun progressiv ahamiyatga ega boʻlishi mumkin edi. 1877-yil bahorda Rossiya-Turkiya urushi boshlandi. 1878- yil boshida Turkiyaning harbiy holati ogʻir, armiya tor-mor qilingan, ruslar imperiya poytaxtiga yaqinlashayotgan edi. Sulton Abdulhamid II esa bu halokatli vaziyatdan foydalanib parlamentni tarqatib yubordi va “Midhat konstitutsiyasi”ni bekor qiladi. Deputatlarning bir qismini qamoqqa olib, mamlakatni yakka oʻzi boshqarishini eʼlon qildi. 1878-yil martda Istanbul yaqinidagi San Stefano nomli joyda ruslar bilan sulh imzolandi. Sulhning asosiy sharti mustaqil Bolgariya davlatini tuzish boʻldi. 1908-yili “Yosh turklar” partiyasidan boʻlgan zobitlar qoʻzgʻolon koʻtardi. Yosh turklar inqilobi nomini olgan bu inqilobiy voqealar Turkiyada feodal-mustabid tuzumni agʻdarib tashladi va konstitutsiyani tikladi. Shu tariqa 1908-yilgi Turkiya inqilobi gʻalaba qozondi. Bir necha harbiy toʻntarishlardan soʻng 1913-yili hokimiyatga “Yosh turklar” partiyasining vakillari – Anvar posho, Talʼat posho va Jamol posholardan iborat uchlik keldi. Ular Birinchi jahon urushi arafasidagi murakkab xalqaro sharoitda Antantaga zid ravishda Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini olib borishdi. 1914-yil avgustda oʻta maxfiy holatda Germaniya bilan shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomaning imzolanishi Usmoniylar imperiyasi halokatining muhim sabablaridan bir boʻldi. Eron.XIX asrning ikkinchi yarmi Yevropa davlatlarining, birinchi navbatda, Angliya va Rossiyaning Forsda faol mustamlakachilik ekspansiyasi davri boʻldi. Hokimiyatda turgan qojarlar sulolasi vakillari oʻz xalqining talabidan koʻra chet davlatlarning talabini bajarishni afzal koʻrdi. Forsni qaram qilishda chet el kapitali evaziga turli xil konsessiyalar olish va Tehronga pul qarz berish kabi usullardan keng foydalanildi. Natijada Fors Yevropa davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib bordi. Mamlakat iqtisodiyotidan tashqari davlat boshqaruvining baʼzi sohalari ham chet elliklarning nazoratiga oʻtib ketdi. 1879-yili rus ofitserlari boshchiligida tuzilgan kazaklar polki keyinchalik brigadaga aylantirildi va Fors armiyasining yagona jangovar qismi sifatida shoh rejimining Rossiyaga qaramligini kuchaytirishga xizmat qildi. Mamlakatdagi ogʻir ahvol va Muzaffariddin shohning siyosati 1905–1911-yillardagi burjuademokratik inqilobiga olib keldi va u milliy-ozodlik harakati bilan qoʻshilib ketdi. Inqilob jarayonida majlis (parlament) tuzildi, konstitutsiya qabul qilindi. Bu oʻzgarishlarga qaramasdan, oxir-oqibatda qojarlar hokimiyati tiklandi va mamlakat Rossiya hamda Angliya tomonidan taʼsir hududlariga boʻlib olindi. Natijada Fors kuchli davlatlarning yarim mustamlakasiga aylantirildi. Xullas, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiyaning mustamlakachilik ekspansiyasi eng avj olgan davr boʻldi. Islom dunyosi ham yirik hududlarga egalik qilayotgan metropoliyalar tomonidan deyarli toʻliq boʻlib olindi; Turkiya, Fors singari mamlakatlar iqtisodiy zulm ostida qoldi, yarim mustamlakalarga aylantirildi. Bu davrda boshqa mustamlakalar singari islom mamlakatlarida ham iqtisodiy hayotning nisbatan barqarorlashuvi yuz berdi. Infratuzilmalarni yaratish faol olib borildi: temiryoʻllar, dengiz portlari, irrigatsiya inshootlari qurildi. Islom mamlakatlarida mustamlakaсhi hukumatlar tomonidan bir qator eskirgan urf-odat va holatlar (qul savdosi, bolalar savdosi, koʻpxotinlik) bekor qilindi. 1870–1914-yillari mustamlakalar, jumladan, islom mamlakatlariga investitsiyalar kiritish ham keskin ortdi. Turkiya, Misr va Yaqin Sharq mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi barcha investitsiyalarning 50–60% ini tashkil qildi. Islom mamlakatlarining madaniy rivojlanishida anʼanaviylik bilan modernizm oʻrtasidagi keskin kurash asosiy rol oʻynadi. Agar bir qator boshqa mamlakatlar, masalan, Yaponiyada anʼanaviylik va modernizmni uygʻunlashtirgan oʻziga xos muhit shakllangan boʻlsa, islom mamlakatlarida Gʻarbning madaniy taʼsiriga qarshi kuchli harakatlar olib borildi. Yangi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qulchilik va qul savdosi boʻldi. Qul savdosi Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning birinchi yarmidayoq taqiqlangan edi. 1889–1890-yillardagi Bryussel konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi. Qul savdosi u bilan shugʻullanuvchilar va savdogarlarga juda katta foyda keltirardi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi. Qariyb toʻrt asr ichida yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul olib kelishdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonlarida taxminan 60–70 million kishi halok boʻldi. Qul savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi. XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir oqibatlaridan biri psixologik holat boʻldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning degradatsiyasi (tanazzulga uchrashi) yuz berdi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrinishi – rasizm (irqchilik) mafkurasi shakllandi. Toʻrt asr davomida koʻpchilikning, avvalo yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan boʻlib qoldi. Koʻplab avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi oʻziga xos sivilizatsiyalar haqida maʼlumotga ega ham boʻlmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushunchalari orqaligina tasavvur qildi. Qul savdosi Afrika xalqlarining notarixiyligi, yuqori aqliy qobiliyatga ega emasligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevropaliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga boʻlib olishdagi oʻzlarining gʻayriinsoniy va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar. 1884–1885-yillardagi Berlin konferensiyasi Afrikani mustamlakaga aylantirish davridagi muhim voqealardan biri boʻldi. Konferensiya Yevropa davlatlari ishtirokida “Qora qitʼa” taqdirini muhokama qilishga bagʻishlangan birinchi maxsus yigʻilish boʻldi. Yigʻilish Germaniya va Fransiya tashabbusi bilan chaqirilib, unda 12 ta Yevropa davlati hamda AQSH va Turkiya qatnashdi. Konferensiyada Afrikaga Yevropa davlatlari mustamlakachilik Berlin konferensiyasi Sizningcha, qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir oqibatlari qaysi jihatlarda koʻrinadi? O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING 1884–1885-yillardagi Berlin konferensiyasi XIX ASR OXIRIDA AFRIKA 45 Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi. Berlin konferensiyasida Afrika Yevropa davlatlari mustamlakachilik va iqtisodiy ekspansiyasining obyekti sifatida qaraladi. Qitʼani mustamlakalarga boʻlib olish XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada kapitalizm taraqqiyotining natijasi boʻldi. 1876-yilgacha Yevropa davlatlari tomonidan Afrika qitʼasining faqat 10% i egallangan edi. 1900-yilga kelib Afrika qitʼasining 9/10 qismi mustamlakachi bosqinchilar qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya qitʼaning katta qismini bosib olgan boʻlib, bu hududlarda Afrika umumiy aholisining qariyb yarmi istiqomat qilardi. Fransiya ham Afrika qitʼasining katta qismini egallab olgan boʻlib, bu hududlarda Afrika aholisining qariyb uchdan bir qismi yashardi. Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi Gʻarbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga toʻgʻri kelardi. Qolgan hududlar Belgiya, Portugaliya, Ispaniya, Germaniya va Italiya oʻrtasida taqsimlangan edi. Barcha mustamlakalardagi yevropaliklar faoliyatining umumiy belgisi Afrika xalqlarini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish va bu yerdagi boyliklarni talash boʻldi. va iqtisodiy ekspansiyasining obyekti sifatida qaraldi. Afrikaliklar nuqtayi nazarida Berlin konferensiyasi xalqlarning huquqlarini poymol qiluvchi imperialistik siyosatning namoyishi boʻldi. Tropik Afrikadagi gazetalardan biri “Lagos observer” 1885-yili: “Dunyo hali hech qachon bunday katta miqyosdagi va surbetlarcha qilingan talonchilikka guvoh boʻlmagan edi. Biroq Afrika qarshilik qilishga ojiz”, – deb yozgan edi. Mustaqillik uchun kurash yillarida Afrika vatanparvarlarining ajoyib qobiliyatlari namoyon boʻldi. Qarshilik koʻrsatish harakatlariga asosan katta-kichik davlatlar va davlat birikmalarining hukmdorlari, qabilalar boshliqlari rahbarlik qildilar. Ular orasida, ayniqsa, Samori, Behanzin, Raboh, Muhammad ibn Abdulla kabilar oʻz jasoratlari va uddaburonliklari bilan mashhur boʻlganlar. Tropik Afrika mamlakatlarida milliy mafkuraning shakllanishida yangi, oʻqimishli ijtimoiy qatlamning paydo boʻlishi katta rol oʻynadi. Odatda bu qatlamni mustamlaka rejimiga xizmat qilayotgan kichik amaldorlar, oʻqituvchilar, ruhoniylar, shifokorlar va yuristlar tashkil qilardi. Koʻp hollarda bu afrikaliklar anʼanaviy shakllangan ajdodlar dinidan voz kechishardi. Xristianlikni qabul qilganlaridan soʻng ularni bogʻlab turgan qabilaviy aloqalar susayib, yevropacha madaniyatga intilish kuchayib borardi. Ana shu yangi qatlam doirasida milliy intelligensiya (ziyolilar) shakllanib bordi. Xullas, Birinchi jahon urushi arafasida imperialistik davlatlarning Afrikani boʻlib olish jarayoni yakunlandi. Oʻz vatanini va mustaqilligini himoya qilgan yuz minglab afrikaliklar mustamlakachilar bilan boʻlgan tengsiz janglarda halok boʻldilar. Mustamlakachilar esa qitʼaning tabiiy boyliklarini talash, aholisini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish evaziga cheksiz boyliklar orttirib, Yevropani yuksaltirishga hissa qoʻshdilar. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Qul savdosi Afrika mamlakatlariga qanday taʼsir ko‘rsatdi? 2. Berlin konferensiyasi Afrika mamlakatlari uchun qanday ahamiyat kasb etdi? 3. Afrika xalqlarining mustamlakachilikka qarshi kurashlari qanday yakun topdi? 4. Birinchi jahon urushi arafasida Afrika xalqlari taraqqiyotida qanday jarayonlar kuzatildi? 5. “Yosh turklar” partiyasi qachon tashkil etildi? Partiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini sanab oʻting. 6. Forsda 1905–1911-yillardagi burjua-demokratik inqilobi qanday yakunlandi? 7. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fors uchun umumiy boʻlgan belgilar nimalardan iborat edi? 8. Bu davrda Fors davlatiga nisbatan chet el davlatlarining taʼsiri qanday bo‘ldi? 4.MAVZU:TURKISTONDA ROSSIYA IMPERIYASIGA QARSHI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI. 1.Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining sabablari. 2. Toshkentda «Vabo isyoni» va uning oqibatlari. 3. 1892-yil 18-iyundan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida»ning kuchga kirishi. 4.Andijon qo‘zg‘oloni va uning natijalari Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Natijada, XIX asr oxirida mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Andijon viloyati, Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida Farg‘onada, 1880-yilning noyabrida Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida, 1882-yilning boshlarida Namangan, 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida mahalliy xalq harakatlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi xalq norozilik harakatlari qatnashchilari o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga yoyildi. 1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunohkorlar»ni ochiqchasiga qatl etish orqali odamlarni qo‘rqitish endilikda mustamlakachilar quroliga aylandi. 1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida, iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka joyda maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi. Lekin amalda shahardan tashqarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari, shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalarning qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mishmish gaplar tarqaldi. Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlardan biri shunday yozgan edi: «Qo‘zg‘olonchilarning maqsadi bo‘layotgan kamsitishlarni to‘xtatishga erishish edi. Olomon shahar boshlig‘i S. Putinsev huzuriga chora ko‘rish to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi. Olomonda o‘qotar qurollar ham yo‘q bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida edi». Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub olomondan qo‘rqib shahar boshlig‘i huzuriga boradi. Xalq S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyoriga berishni talab qildi. Putinsev esa muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rdi. Bu esa norozilikni kuchaytirib yubordi. Putinsev odamlarini tor-mor etib, o‘zini esa kaltaklashdi. Toshkent oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va uning mirshablarini do‘pposlagan xaloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi. O‘lkadagi norozilik harakatlari kuch bilan bostirildi, qo‘zg‘olon ishtirokchilari jazolandi. Toshkentdagi qo‘zg‘olondan so‘ng o‘lkada mirshablik holati joriy etildi. Turkiston general-gubernatori «kuchli muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda majlis yig‘inlarini tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yopish, istalgan odamni surgun qilish, jarima solish va yana boshqa huquqlarni oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda esa butun hokimiyat general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tishi belgilandi. 1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ga ko‘ra Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. 1891-yilda Rossiyadan Farg‘ona viloyatiga ko‘plab aholining ko‘chirib keltirilishi va joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashaydigan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, imperiya hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi. Imperiya hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga aylantirilishiga olib keldi. Bu keng xalq ommasining keskin noroziligini keltirib chiqardi. 1898-yilda mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonga Dukchi eshon (Muhammad Ali) rahbarlik qildi. Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilarning safi kengayib bordi. Ular Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar. Ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar. General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi. Dukchi eshon va uning safdoshlari jazolandi. 1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haq-huquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar. Garchi 1898-yilgi qo‘zg‘olon tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi. Mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha hududlarida davom etdi. Download 124.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling