Tasdiqlayman’’


Download 124.82 Kb.
bet22/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchining

Talabalarning

I. Kirish bosqichi
(15 daqiqa).

1.Tashkiliy qism
– O’quvchilar bilan salomlashish.
– O’quv xona tozaligi ko’zdan kechiriladi.
– Guruh davomati aniqlanadi.
Kun yangiliklari so’raladi.
Baholash mezoni (1-ilova)
O’tilgan mavzuni so’rash. (2-ilova)



Salomlashadilar.
Navbatchi axborotini beradi.
Diqqat qiladilar, tinglaydilar.Javob beradilar.

II. Asosiy bosqich
(55 daqiqa).

2. Yangi mavzuning bayoni:
Ma’ruza metodi (3-ilova )
- Mahalliy davlat organlari haqida ma’lumot beradi.
- fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati haqida tushuntirib beradi.
- saylov tizimi haqida tushuncha beradi.
3.Yangi mavzuni mustahkamlash (4-ilova)
Baholash mezoni (5-ilova)
Rasmli topshiriq (6-ilova)
Test (7-ilova)

Tinglaydilar.
Diqqat qiladilar va yozib oladilar.



III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa).

3.Yangi mavzuni xulosalash
Uyga vazifa (8-ilova )
O’quvchilarni baholash

O’z fikrlarini bildiradilar.
Vazifani yozib oladilar.

Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni

Topshiriqni to’liq bajara olsa, mavzu bilan bog’liq hayotiy misollar keltira olsa

“5”

Topshiriqqa javob bera olsa

“4”

Berilgan topshiriqni qisman bajara olsa

“3”

Berilgan topshiriqni amaliy bajara olmasa

“2”

3. Mavzu: Ikki xil Amerika : shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yo’nalishlari. Yaponiya , Xitoy va Hindiston : islohotlarning osiyocha yo’li.


AQSHda 1861–1865-yillarda boʻlib oʻtgan fuqarolar urushi oʻz mohiyatiga koʻra burjua-demokratik inqilob edi. U AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti masalalarini, ular ichida eng muhimlaridan biri boʻlgan qulchilikning taqdirini burjuacha ruhda hal qildi. Natijada sanoat jadal rivojlandi, qishloq xoʻjaligida esa kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yoʻli qaror topdi. Fuqarolar urushidan soʻng Gʻarbdagi keng hududlarni oʻzlashtirish va bu jarayon bilan bogʻliq temiryoʻl va shosse yoʻllar, kanallar va portlar qurilishi sanoatning oʻsishiga, keng ichki bozorning shakllanishiga olib keldi. Amerika burjuaziyasi Yevropa kapitali va ilgʻor mamlakatlarning texnik yutuqlaridan unumli foydalandi. Yevropa va Osiyodan kelayotgan millionlab immigrantlar sanoatni zarur ishchi kuchi bilan taʼminlab turdi. Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari 1894-yili barcha rivojlangan mamlakatlarni quvib oʻtdi va dunyoda birinchi oʻringa chiqib oldi.
Yangi asrga AQSH iqtisodiyotning koʻplab sohalarida birinchilikka intilayotgan, jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida kirib keldi. 1901-yili AQSHda prezidentlik lavozimini Teodor Ruzvelt egalladi. Koʻp vaqtdan beri mamlakatni bunday dadil, yorqin va zabardast shaxs boshqarmagan edi. U oʻz faoliyatini mamlakatda islohotlar oʻtkazish zarurligiga xalqni ishontirishdan boshladi. 1912-yilgi saylovlarda demokratlar vakili, taniqli tarixchi, davlatchilik va xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Vudro Vilson gʻolib chiqdi. U qatʼiy islohotlar tarafdori sifatida juda tez tanildi, jamiyatga oʻzining yangi erkinlik deb atalgan siyosiy dasturini taklif qildi. V. Vilson dasturining muhokamasi Yevropada Birinchi jahon urushi boshlanishiga toʻgʻri keldi. AQSH hali urushga bevosita jalb qilinmagan boʻlsa-da, urush omili ichki siyosatga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
Oʻzining katta ichki imkoniyatlari va Rossiyadan sotib olingan Alyaska yarimorolini oʻzlashtirish bilan band boʻlgan AQSH mustamlakalarni egallash va oʻz taʼsir doirasini kengaytirishga Yevropa davlatlaridan keyinroq kirishdi. Bunda AQSH oʻz eʼtiborini Lotin Amerikasi, Karib dengizi va Tinch okean qirgʻoqlarida joylashgan mamlakatlarga qaratdi. 1889-yili AQSH tashabbusi bilan Vashingtonda I Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Konferensiya yakunida Amerika respublikalari yigʻini xalqaro assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Shu tariqa AQSHning Gʻarbiy yarimshar mamlakatlari ustidan yagona hukmronligiga qaratilgan panamerika siyosati shakllandi. Shundan soʻng AQSH Tinch okeandagi Osiyoga eltuvchi yoʻllarning chorrahasida joylashgan Gavayi orollarini bosib oldi va XIX asr oxirida jahonning yirik dengiz mamlakatiga aylandi. 1898-yili Ispaniya bilan boʻlgan urushda gʻolib chiqib, Puerto Riko, Guam orollarini o‘ziga qoʻshib oldi, shuningdek, Filippin AQSH mustamlakasiga aylandi, Kuba ustidan ham AQSH nazorati oʻrnatildi. Tashqi siyosat AQSHda madaniyat mamlakatning etnik xilmaxilligiga mos ravishda shakllandi. Unga Irlandiya, Germaniya, Italiya, Polshadan kelgan emigrantlar, Afrikadan keltirilgan qullarning avlodlari, shuningdek, Amerika hindulari va Gavayi orollari aholisi katta taʼsir koʻrsatdi. Ammo AQSH madaniyatining asosini inglizzabon aholi belgiladi. Ularning tili, huquq tizimi va madaniy yutuqlari bu yerda keng tarqaldi va Amerika sivilizatsiyasi shakllanishida asosiy omilga aylandi. XIX asrning 60–90-yillari Amerika madaniyati rivojlanishining ikkinchi bosqichi boʻlib, bu davrda adabiyotda Uolt Uitmen va Mark Tvenlar, tasviriy sanʼatda Uinslou Homer, Tomas Ikins va Jeyms Uistler kabi buyuk ijodkorlar faoliyat yuritdi. XX asrdan boshlab Amerika madaniyatining oʻziga xos jihati unda ommaviy madaniyatning ustuvorligi boʻlib qoldi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Lotin Amerikasi iqtisodiyotiga chet el kapitalining kirib kelishi keskin faollashdi. Bu borada XIX asrda Angliya yetakchilik qilgan boʻlsa, asr oxiriga kelib Germaniya va ayniqsa AQSH investorlari juda faollashdilar. XIX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlarining koʻpchiligi, jumladan, mintaqaning eng katta davlati Braziliya ham oʻta qoloq ijtimoiy tuzumga ega edi. Plantatsiyalardagi ishlab chiqarish asosan qullar mehnatiga asoslangan boʻlib, Braziliyada qulchilik faqat 1888-yili bekor qilindi va 1891-yili Braziliya respublika deb eʼlon qilindi. Lotin Amerikasi jamiyatining rivojlanishi va xarakteriga bu yerdagi etnik jarayonlar katta taʼsir koʻrsatdi. Turli xalqlar – hindular, qora tanlilar, yevropaliklar madaniyati va anʼanalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir bu mamlakatlarda juda xilma-xil va oʻziga xos etnopsixologik jamoalarning shakllanishiga olib keldi. Bu esa, oʻz navbatida, siyosiy madaniyatning, butun siyosiy jarayonlarning xarakterini belgilab berdi va ular jamiyatdagi siyosiy beqarorlikka, tez-tez boʻlib turadigan davlat toʻntarishlariga, qoʻzgʻolonlarga, inqiloblarga, siyosiy kurashning gʻirrom usullaridan keng foydalanishga olib keldi. Koʻplab davlatlarda oʻz faoliyatida armiyaga tayangan avtoritar rejimlar oʻrnatildi.
1910-yilda boshlangan inqilob Lotin Amerikasining eng yirik davlatlaridan bo‘lgan Meksikaning keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob oldingi tuzumdan saqlanib kelayotgan qoloq ijtimoiy munosabatlarni bartaraf etib, Meksika jamiyatining gurkirab o‘sishida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida, mintaqadagi yetakchi davlatga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. 1911-yili Meksikada diktator Dias hokimiyati ag‘darildi. Shu yili oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Madero g‘olib chiqdi. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda hukumatning qat’iyatsizligi va unga qarshi kuchlarning AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Madero hukumatining inqiroziga olib keldi. 1913-yili fevralda boshlangan qo‘zg‘olon natijasida hokimiyatga general Uerta keldi. Madero qamoqqa olinib, otib tashlandi. Bu voqea fuqarolar urushining qaytadan avj olishiga sabab bo‘ldi. Mintaqa mamlakatlarida mahalliy hindular va afrikaliklar avlodlarining toʻliq mifologik tasavvurlariga asoslangan madaniy qarashlari bilan yevropaliklarning ratsionalistik madaniyati aralashib, oʻziga xos Lotin Amerikasi madaniyatini shakllantirdi. XX asr boshlarida adabiyotda Sezar Valyexo, Gabrila Mistral, tasviriy sanʼatda Diyego Rivera, Xose Orosko, David Sikeyros kabi ijodkorlar faoliyat yuritdi. Xulosa qiladigan boʻlsak, XX asr boshlariga kelib Lotin Amerikasida mustamlakachilik davrida yaratilgan xoʻjalik asta-sekin kapitalistik xoʻjalikka aylanib bordi. Yirik shaharlar – sanoat va madaniyat markazlari paydo boʻldi. Jamiyatda industrial sivilizatsiya belgilari yaqqol koʻrina boshladi.
XI X asr oxiri – XX asr boshlari “Osiyo uygʻonishi” davri boʻlib, unda Sharqning anʼanaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari koʻrina boshladi. Bu bir tomondan sharqona anʼanalar saqlanib qolgan, boshqa tomondan Sharq mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash boshlangan ziddiyatli davr edi. Bu davrdagi “gʻarblashish”, yaʼni yevropa-amerikacha davlat boshqaruviga, qonunchilik, taʼlim tizimi, kiyinish va yurish-turish madaniyati modeliga taqlid qilish, ularni koʻchirish – bularning barchasi Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning oqibatlari edi.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling