―tasdiqlayman‖


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

Tovushning yo’g’on - ingichkaligini farqlash topshiriqlari. Ikki yoshdagi bolalar 
uchun yo‘g‘on-ingichkaligi har xil bo‘lgan tovushlarni farqlash bo‘yicha birinchi 
topshiriq sifatida ovozli o‘yinchoqlar: katta va kichik xo‘roz, mushuk va mushukcha, 
katta-kichik ayiq, qo‘g‘irchoqlar va shu kabilar qo‘llaniladi. Bola ikki yoshga to‘lish 
arafasida va uch yoshda bu topshiriq bolalar musiqa asboblarini qo‘llash vositasida 
bajariladi. Bolalar katta va kichik baraban, doira, qo‘ng‘iroqchalarning yo‘g‘on va 
ingichka tovush chiqarishini tinglaydilar hamda farqlaydilar. Bunda metallofondan 
ham foydalaniladi. Bolalarga Do
1
va Do
2
tovushlari chalib beriladi hamda ayni 
vaqtda katta yoki kichik qushcha tasvirlangan rasm yoki mos keluvchi qo‘g‘irchoqlar 
ko‘rsatiladi. Bu tovushlar takror eshittirilganda bolalar rasm yoki o‘yinchoqni 
ko‘rsatib, ―qaysi qushcha sayrayotganligi‖ni bilib oladilar. 
Uch-to‘rt yoshdagi bolalar kontrast tovushlarni faqat farqlabgina qolmay, balki 
o‘zlari ham qayta ifodalay oladilar.
Tovush cho’ziqligini farqlash topshirig’i. Bu topshiriqlar ham oldingilari singari 
bolalar tomonidan biror obrazli harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli cho‘ziqlikdagi 
tovushlarni idrok qilish va qayta aytib berish asosida tuziladi. Masalan, doirani ora-
sira chalish – ―ayiq kelyapti‖, tez – tez chalish ―quyonchalar sakrayapti‖ o‘yin 
obrazlarini anglatishi mumkin. Ikki yoshli bolalar musiqa rahbarining doira, 
barabanni har ritmda urib, o‘yinchoqlar bilan harakat qilishni kuzatadilar. Uch 
yoshda o‘yin obrazi bilan bog‘liq bo‘lgan: ―mushuk kelyapti‖, ―mushuk chopyapti‖ 
kontrastini bir tekis ritmda doira, barabanga mustaqil urib mashq qildirish mumkin. 
Tovushlarni tembr bo’yicha farqlash topshiriqlari. Ikki yoshli bolalarga 
tovushlarning tembr ohanglarini farqlashni mashq qildirish mumkin, chunki ularning 
eshitish 
tajribasida 
turli 
musiqa 
asboblari 
(surnaycha, 
metallofon, 
lab 
garmoshkasi)ning ovozi haqida tasavvur mavjuddir. Bu topshiriqlar avval 
o‘yinchoqlar (mushukcha, xo‘rozcha, kuchukcha va boshqalar)ni qo‘llab o‘tkaziladi, 
bularni bolalar ularning tovushlardan farqlaydilar va bilib oladilar. Kattaroq bolalar 
bunday topshiriqni musiqa asboblari bilan bajaradilar. Avval ular (surnaycha, 
baraban, metallofon, doira), so‘ngra ancha o‘xshashroq (doira – baraban, lab 
garmoshkasi – surnaycha, metallofon – uchburchak va shu kabilar) tovushlarni tanib 
olishlari kerak. Agarda bola qaysi asbob chalinganini eshitib topsa musiqa rahbari 
unga shu asbobni chalishga ruxsat etadi. 
Tovush kuchini farqlash topshiriqlari. Bolalar musiqa rahbarining metallofon 
plastinkasiga qarab qanday – sekin yoki qattiq (―yomg‘ir tomchilamoqda‖, ―kuchli 
yomg‘ir yog‘moqda‖) urushini tinglaydilar, musiqa qattiq eshitilganda qo‘llarini 
ko‘rsatadilar, u past bo‘lganda, qo‘llarini berkitadilar, musiqa tovushiga muvofiq 
tarzda sekin yoki qattiq chapak chaladilar.
Yuqorida qayd qilingan barcha topshiriqlar bola badiiy jihatdan rivojlanishining 
zaruriy bo‘limi hisoblanuvchi musiqali – sensor qobiliyatining izchil tarkib topishini 
ta‘minlaydi. Bu o‘rinda bir narsaga, ya‘ni barcha topshiriqlar musiqa tovushi 
hususiyatlarining ifodali ahamiyati bolalar tomonidan to‘g‘ri idrok etiladigan qilib 
tuzilishi kerakligiga e‘tibor berish lozim. Bu keyinchalik yaxlit musiqali obraz 
xususiyatlarini tushunishga olib kelish imkonini beradi. 


Ayrim musiqa faoliyati turlarining paydo bo‘lishi va qaror topishi ilk 
yoshligidanoq boshlanadi. 
Ilmiy tadqiqotlar tahlili musiqani his etishning zaminlari bola hayotining 
dastlabki oylarida paydo bo‘lishini ko‘rsatadi; bola ma‘lum yo‘g‘onlikdagi 
tovushlarni idrok qilar ekan bunga emotsional javob qiladi,- sezilarli jonlanadi: 
jilmayadi, eng sodda qo‘shiq, kuylarni diqqat berib tinglaydi. Bolaning emotsional 
javobisiz unga musiqa tarbiyasi berish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. 
 ―Qo‘shiq‖ – keng ma‘noda she‘riy musiqiy janr, vakal musiqasining eng 
ommolashgan, ko‘proq band shkliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga 
mo‘ljallab to‘qilgan she‘riy asarlarning umumiy ifodasi 
Orkestr – orkestr (yunoncha, orchestra – yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) 
turli musiqa asboblarini chaluvchilardan tuzilgan va ular uchun yaratilgan asarlarni 
birgalikda ijro etuvchi sozandalar jamoasi. 
- Xor - bu vokal musiqani cholg‘u asboblar jo‘rligida yoki jo‘rsiz (A-kapella) 
ijro etuvchi xonandalar guruhi.
―Xor‖ atamasi yunoncha ―choros‖- so‘zidan olingan bo‘lib, ―to‘da‖, ―yig‘in‖ 
degan ma‘nolarni bildiradi. Ko‘p vaqtlardan buyon xor opera, oratoriya, kantata,
ba‘zan sinfoniyada qo‘llaniladi.
Tarbiya – inson shaxsining ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan 
tadbirlar tizimidir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling