―tasdiqlayman‖


- Ma‘ruza: Kichik guruhda musiqa mashg‗ulotlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

2- Ma‘ruza: Kichik guruhda musiqa mashg‗ulotlari 
Reja: 
1. Musiqa madaniyati mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish muammolari 
2. Kichkintoylarni musiqiy ta‘limni o‘rganishida yangi pedagogik
texnologiyalarning asosiy jarayonlari, muloqat jarayonini tashkil etish. 
3. Mashg‘ulotda muloqotni tashkil etish. 
Tayanch iboralar 
1. Musiqa- inson hissiyotiga kuchli ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, 
kichkintoylarning nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning 
muhim vositasidir. 
2. Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual turg‘un sifatlarni ulur yordamining 
turli xil faoliyatdagi ko‘rsatkichlari, yutuqlarini ta‘minlaydi va qiyinchiliklari 
sabablarini tushuntirib beradi. 
Mamlakatimiz keyingi yo‘llarda ta‘lim-tarbiya sohasini zamonaviy talablar 
darajasida ko‘tarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, 
ta‘limni isloh qilish davlatimiz siyosatining ustivor sohasi deb e‘lon qilingan. Bu 
avvalo, tayyorlanayotgan Pedagogik kadrlarning bilim va malakasiga, dunyoqarashi 
va yuksak ma‘naviyatiga ham bog‘liqdir. Bu bilan ularning musiqa mashg‘ulotlarini 
sifatli tarzda o‘tishlariga omil bo‘ladi. 
Musiqa tinglash. Bolada musikiy faoliyatga kizikish uygotish. Bolaning 
yoktirgan Musiqa asarini zavk bilan tinglashini, Musiqa oxangiga moe xarakatlar 
kilishini ragbatlantirish. Kichkintoylarga muljallangan eng yaxshi, quvnoq yoki 
osoyishta musikiy asarlar (S.Boboev "Kugirchogim allayo"; M.Ikromova 
"Kugirchogim-uyinchok" v.b.)dan baxramand kilish orkali ularda musikiy 
kobiliyatni ustirish. 


Bolaning sensor kobiliyatini shakllantirish. Tovush balandligi va tembri turlicha 
bulgan musikiy uyinchokdar: shikildokcha, doiracha xakida ilk tushuncha berish
tovush va ovozlarni farklashga (R.Rustamova "Nima chalyapman?") urgatish. 
Avval tinglagan musikani eshitganda tanish; bola yaxshi biladigan obrazlar: 
samolyot, mushukcha, ayikcha, kushcha kabilar talkin etilgan kichik xajmli cholgu 
asarlariga (T.Kodirov "Ayikcham"; Ye.Tilicheeva "Kush va kushchalar") kizikish 
uygotish; Musiqa ostida ifodali tarzda o'qib berilayotgan sodda, ixcham xikoya va 
she‘rlarni, kattalar kuylayotgan kushikdarni chalgimay eshitishga urgatib borish. 
Turli xarakterdagi, mayin oxangli (D. Omonullaeva "Alla"), quvnoq oxangdagi 
(L.Lomova "Prazdnik"), raksona (o‘zbek xalq kuyi "Duloncha") kuylardan tinglash. 
Musiqa bolaga hayotining birinchi oylaridayoq ta‘sir etuvchi san‘atdir. 
Musiqaning emotsional ta‘siri boshlang‘ich javob harakatlarining paydo 
bo‘lishiga imkon beradi. Bu harakatlarda musiqaga bo‘lgan asosiy qobiliyatlarning 
asta-sekin shakllanish asoslarini ko‘rish mumkin. 
Bolalarning bu yo‘nalishdagi o‘sishlari muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun 
musiqa tarbiyasi bo‘yicha ishlarni musiqaning xususiyatini hamda bolalarning yosh 
imkoiiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish lozim. 
Tug‘ilgandan to to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarni musiqa faoliyatining har xil 
turlarga jalb etish, ularda musiqaga e‘tibor va qiziqishni tarkib toptirish, ularning 
ayrim ijrochilik malakalarini egallashga tayyorlash musiqa tarbiyasining mazmuni 
hisoblanadi. 
Musiqa rahbari bola hayotining birinchi yillaridayoq ularni musiqa bilan 
tanishtiradi, ularda eng oddiy kuylarni (kuylangan yoki bolalar musiqa asboblarida 
ijro etilgan) tinglash tajribasini orttirib, bunga ovoz yoki harakat vositasida javob 
qaytarishga undaydi, bolada o‘sishning keyingi bosqichlarida faol musiqa faoliyati 
uchun zamin yaratadi. 
Ayni vaqtda asosiy musiqa qobiliyatlari: musiqaga emotsional munosabat, 
musiqani tinglay bilish, ritmni his etish ham paydo bo‘la boshlaydi. 
Bolalarda badiiy faoliyatning barcha turlari o‘sishida eng muhim bo‘lim musiqa-
hissiyot qobiliyatining shakllanishidir. Musiqa kechinmalari aslini olganda doimo 
sensor qobiliyatlarga asoslanadi, chunki musiqa - eng oddiy hamohanglik ham, 
murakkab obrazlar ham eng avvalo hissiyot orqali idrok etiladi. Shuning uchun 
sensor jarayonlari asarni yaxlit idrok etishni, ifoda vositalarini differentsiatsiya qilish 
hamda ilk bolalik va kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun juda muhim 
hisoblanuvchi musiqa tovushlarining ayrim xususiyatlarini idrok etish bilan bog‘liq 
namoyon bo‘lishlarini aks ettiradi. Bolalarning musiqa - sensor qobiliyatlarini 
o‘stirish asosida tinglash, farqlash, tovushning to‘rt asosiy xususiyati: yo‘g‘onlik, 
uzunlik, tembr, kuchni takror bera bilish yotadi. 
Didaktik xarakterda (o‘yin shaklida)gi bir qator topshiriqlar ishlab chiqilgan 
bo‘lib, ularni bajarishda musiqa tovushlarini tinglash, qiyoslash va farqlash, ularni 
intonatsiyalarda kuylash, ritmik harakatlarda ifodalash orqali yodga tushirish, ba‘zi 
musiqa asboblarini chala bilish kerak. Bu topshiriqlarning eng oddiylarini bolalar ilk 
yoshlik vaqtlarida bajara oladilar. 


Musiqali-sensor qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar qo‘yilgan didaktik vazifalarga 
muvofiq tarzda guruhlashtiriladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling