―tasdiqlayman‖


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. D.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat acoclari. 
T. Iqtisod moliya. 2008. 
. R.J.Ishmuxammedov. Innovatsion texnalogiyalar yordamida ta‘lim
samaradorligini oshirish yo‘llari. T.Nizomiy nomidagi TDPU
2004 . 
Begmatov S., Karimova D. 6 sinf «Musiqa» darslik. T., 2006. 
 
4- ma‘ruza: Katta guruhda musiqa mashg‗ulotlari 
 
Reja: 
1. Musiqa savodi. 
2. Qoshiq autish qoidalari. 
3. Kuylashda nafas olish mashqi
Tayanch so‘zlar 
Artikulyatsiya – lotincha artikulatio – bo‘laklarga bo‘laman. 
Musiqa savodi- barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat . 
Pauza – (yun. pusis – to‘xtalish, tinish, dam olish) – vaqtincha jim turish, ya‘ni 
musiqa asarining biror qismida yoki ayrim ovozlarida tovush chiqazmay 
to‘xtash.
Qo‘shiq aytishni o‘gatishda musiqa raxbarining vazifasi:
 Har bir mashg‘ulot uchun musiqa asari tanlash, , o‘yin, dars, mehnat 
topshiriqlari va shu kabilarni bolalarda shakllantirish
 
yosh imkoniyatlari, ularni o‘qitish va rivojlantirish istiqbollarni hisobga olib 
egallash tiziminini aniqlash:
 Ovoz hosil qilish: 
 
1. Unlilarni cho‘zib kuylash, ovoz hosil qilishning muhim tomoni ekanligini 
bilish.
 
Qo‘shiq aytish. Bolada qo‘shiqlardan emotsional zavklanishni tarbiyalash va 
kuylashga ishtiyok uygotish. 
 Kattalar yoki bolalar kuylayotganida ularga kushilib kuylash, musiqadagi 
ritmni xis kilish, qo‘shiqni birgalikda boshlash va tugallash (S.Abramova 
"Yomgirjon", M.Yusupov "CHumchukcha", M.Ikromova "Sarik bargchalar") 
kunikmasini tarkib toptirish. 
 
Bolada qo‘shiqni yengil, tabiiy ovozda, bakirmasdan; kuylayotganda musiqaga 
e‘tibor berib, kattalar ovoziga xam oxay g ravishda kuylashga urgatish. Bolani 
quvnoq, ixcham va sodda xalk qo‘shiqdari ("Urdakcham", "Xurozim")ni 
kuylashga urgatish. 
 
Tarbiyachi tanish qo‘shiqni boshlanish kismini uzi aytib, bolaga davomini 
birgalikda kuylashni taklif kilishi, kuy oxangiga moslab xirgoyi kilishni, 
qo‘shiq aytish bilan birga kul va oyokdarni xarakatlantirish: chapak chalish, 
oyokdar bilan tapillatishni urgatib borishi lozim. 


 Bolaning avval urgangan qo‘shiqni eshitganda tanishini, musiqali oxangi bilan 
aytishini, oxangga muvofik oddiy xarakatlarni bajarishini, uzicha biron-bir 
qo‘shiq tukishini ragbatlantirish. 
 
Mashqlarda alohida elementlar o‘zlashtiriladi: ritmik ravishda chapak 
chalishlar, raqs harakatlari shular jumlasidandir. O‘yin va raqslar kontrast 
musiqa ohangining qarama – qarshi ikki qismini qiyoslashga asoslanadi. 
Masalan, sokin ohang yangraydi – bolalar xonada osoyishta aylanib yuradilar, 
quvnoq musiqa yangraydi – bolalar to‘xtaydilar va kaftlarida chapak chala 
boshlaydilar. 
 Bolaning harakat aktivligi kun sayin rivojlanib boradi. Boshda kichkintoyning 
harakati musiqaga unchalik moslashmaydi. Muntazam o‘tkazilib boriladigan 
mashqlar jarayonida unda o‘ziga ko‘proq ishonish, musiqa ohangi ostida 
aniqroq harakatlar qilish, o‘z qobiliyatini namoyon qilishda mustaqillik 
xislatlari paydo bo‘ladi. Birinchi mashg‘ulotlarda harakatlarning musiqa 
harakteriga bog‘lanishi unchalik ham qovushimli chiqmaydi, ammo shuni 
baholab o‘tish kerak. Tarbiyachi bolaga faqat musiqa yangragandagina 
harakatga kirishish kerakligini aytadi. 
 Asta-sekinlik bilan bolalar musiqali asarning formasini anglashgacha borib 
yetadilar, ular musiqali asarning ikki qarama-qarshi qismini his qila oladigan
avval musiqa rahbarining ko‘rsatishi bilan, keyinchalik mustaqil ravishda 
musiqa asosida o‘z harakatlarini o‘zgartiradigan bo‘ladilar. 
 
Ikki yoshdagi kichkintoylar ko‘pincha ko‘rsatishga muhtojlik sezadilar. 
Keyinchalik ularning ayrimlari musiqa rahbari bilan birga, faolroqlari esa 
musiqa rahbarining ko‘rsatishi bilan hamda mustaqil ravishda harakat qila 
boshlaydilar. Qolganlari ularga ergashib harakat qiladilar. Uch yoshli bolalar 
o‘yin, raqs, mashq musiqalarini ajrata olishlari mumkin. Asarni 
tinglaganlaridan keyin ulardan nima qilishlari lozimligini so‘rash mumkin. 
Bolalar: o‘yinga tushish, yurish, sakrash va hokazolar deb javob qiladilar. Bu 
ularning ongli ravishda ishonch bilan harakat qilishlariga imkon yaratadi. 
 
Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan raqs va o‘yin 
harakatlari unchalik xilma-xil emas. SHuning uchun bu o‘rinda ulardan asta-
sekin izchil o‘rganish talab qilinmaydi. Tarbiyachi harakatni ko‘rsatar ekan, 
shu 
zahotiyoq 
uni 
bajarishni 
bolalarga 
topshiradi.. 
Masalan, 
M. 
Rauxvergerning «Gulyaem i plyashem» raqsi bilan tanishtirar ekan, tarbiyachi 
tinglab ko‘ringlar-a, qanday ajoyib musiqa! Yuringlar sayr qilamiz, xona 
bo‘ylab yuramiz»,— deydi. Musiqaning birinchi qismi ijro etiladi, bunda 
bolalar tarbiyachi bilan birga xona bo‘ylab erkin yuradilar. Ikkiichi qism ijro 
etilganda quvnoq raqsga tushadilar. 
 
Kuylab raqsga tushishda harakat tekst bilan aytib turilsa, oldindan ko‘rsatishni 
talab qilmaydi. Bolalar harakatni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun har bir 
bandni 2-3 marta takrorlash kifoyadir. 


 Yaxshi ko‘rgan o‘yinchoq emotsional ko‘tarinkilikni, o‘ynash, raqsga tushish 
ishtiyoqini uyg‘otadi. Masalan, kichkintoylar quvnoq raqsga tushadilar, 
keyinchalik o‘yinchoq kuchuk paydo bo‘lganda o‘z joylariga qochib ketadilar. 
Agarda bolalar huzuriga ayiqcha mehmon bo‘lib kelsa, har bir bola u bilan 
navbati bilan raqsga tushadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling