―tasdiqlayman‖


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

Tovushsiz cholgular. 
Bularga musiqiy cholg‘ularni ifodalaydigan o‘yinchoqlar kiradi. Masalan, 
tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar. Bular bolalarga o‘yinni qiziqtirish uchun 
xizmat qiladi. Musiqiy o‘yinlar esa ijodiy va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. 
Tovush balandligi aniq bo‘lmagan cholg‘ular — baraban, shaqildoq, 
uchburchak, qog‘ora, safoyil, quticha, kastaneta. 
Faqat bir tovushni beruvchi o‘yinchoq — cholgular. (bular ritmni chalish 
uchun qulay bo‘ladi) — surnaycha, nay, rojki, sverel va boshqalar. 
Ma‘lum bir kuynigina ijro eta oladigan cholg‘u o‘yinchoqlar. Masalan 
musiqiy shkatulka, musiqiy quticha. Bularni chalish mexanik tus oladi. 
Xromatik va diatonik tovushqatorli o‘yinchoq-cholg‘ular — metallofon, 
pianino, royal, klarnet, saksofon, lab garmoni, bayan va boshqalar. 
Urma zarbli cholgular. Yog‘och qoshiqlar. Bu cholg‘u bolalar 
bog‘chalarining ansambllarida, musiqa mashg‘ulotlarida va bayram tantanalarida ijro 
etiladi. Bu cholg‘u bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak — ansambl, 
orkestr va qo‘shiklarda jo‘r bo‘ladi. Tovush asbobga yengil urilishi bilan hosil 
bo‘ladi. 
Musiqiy bolg‘acha — ikki tomonlama plasmassadan yasalgan bolg‘asimon 
cholg‘u. Bolg‘a dasta va havo to‘ldirilgan tovushchiqaradigan asosdan tashkil topgan. 
Bu o‘yinchoq — cholg‘u kichik guruh bolalarida kata qiziqish uyg‘otadi. Undan 
tashqarii o‘rta guruh bolalarida ritmni his qilishga o‘rgatadi. 
Qo‘ng‘iroqlar. Bu cholg‘ular shakl jihatidan kata-kichik bo‘ladi. Bu bolalarda 
musiqiy eshituv qobiliyatini rivojlantiradi. Turli shakldagilari turli balandlikka 
egadir. Masalan kattaligi jihatidan turli bo‘lgan uchta qo‘ng‘iroqlarni qo‘llashdan 
maqsad bolalar tovushlarni yuqori va pastlarini farqlay oladilar. Orkestrlarda katta 
qo‘ng‘iroqlar mavjud. Bu ayrim kuylarda pastki tovushni alohida ijro etish uchun 
belgilangan. 


Metallofon. Bu asbob yog‘och tayoqchala rva tayoqchalarga ulargan metal 
plastinkalardan iborat. 
Musiqiy zina — yetti bosqichdan tashkil topgan tovushqatorni eslatadigan zina. 
Zinaning asosi yog‘och yoki metall. Bu cholg‘u ikkita tayoqcha bilan ijro etiladi. Bu 
bolalarda notalarning joylashuvi va yuqoriga yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Bu 
cholg‘uda ijro etish katta va maktabga taiyorlov guruh bolalariga mo‘ljallangan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling