―tasdiqlayman‖


Kichik guruhlarda cholgularni ijro etishga o‘rgatish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

Kichik guruhlarda cholgularni ijro etishga o‘rgatish 
malakalari 
Musiqa cholg‘ularida ijro etishga o‘rgatish kichik yoshdan boshlanadi (2-3 
yosh). Bolalar musiqa cholg‘ularining tovush balandligini farqlay olishga erishish 
kerak. SHiqildoq va bubenlarni farqlashi kerak. Bolalar bilan ishlash jarayonida 
musiqiy o‘yinchoqlardan foydalaniladi. Masalan surnaycha va boshqa o‘yinchoqlar 
asboblarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. 
Bolalar bilan turli didaktik o‘yinlarda cholg‘ularni qo‘llash mumkin. Masalan, 
urma zarbli cholg‘ular bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Bolalarda ritmni his qilish 
tuyg‘usini rivojlantirish aynan shu yoshdan boshlash kerak. Turli zarbli urma cholg‘u 
o‘yinchoqlardan foydalanib, ritmning aniq ijrosiga erishish maqsadga muvofiqdir. 
 
O‘rta yoshda ijro etish 
O‘rta guruh bolalarida ijro etishga zarbli cholg‘ularga yana bir yangi cholg‘u 
qo‘shiladi. Bu metallofonda ijro. Bu cholg‘uda bolalarning hissi, xotirasi va eshitish 
qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga cholg‘uni musiqa mashg‘uloti davomidatanishtirish 
kerak. Lekin unda ijro etish va ma‘lum bir kuyni o‘rgatish esa mashg‘ulotdan 
tashqarii o‘tkaziladi. Metallofonda ijro etishga o‘rgatishdan oldin uning tayoqchasini 
to‘g‘ri ushlashga, u bilan to‘g‘ri foydalanish, tovush chiqarish ustida ishlash kerak. 
Masalan, tayoqchani qo‘lini qattiq zo‘riqtirib va qisib ushlasa talab etiladigan tovush 
chiqmaydi. Biror bola ijro etishga taklif etiladi. Uni bolalar kuzatib turishadi. Bola 
qo‘lidagi tayoqchani qisib ushlayotganini musiqa rahbari tushuntirib beradi. 
Katta guruhda ijro etish usullari. 
Katta guruh bolalariga ijro etishni o‘rgatar ekanmiz ular oldiga yanada 
murakkabroq masalani qo‘yamiz. Ularga tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni va kuylarni 
yakka va orkestrda ijro etishga o‘rgatamiz. Bu davrda bolalar musiqa asboblarining 
barchasini qo‘llasak bo‘ladi. Aynan shu davrda bolalarga ijodkorlik malakalarini ham 
shakllantirish mumkin, chunki bolalar cholg‘u asbob haqida yetarli darajada malaka 
va ko‘nikmalarga ega. Ular faqat ritm yoki jamoa bo‘lib bir notani ijro etardilar. Endi 
bu davrda har bir cholg‘uning individual partiyasini ijro etishlari talab qilinadi. Bu 
bolalarda o‘zlarini partiyalarini ijro etish bilan bir qatorda yonidagi o‘rtog‘ini ham 
ijrosini tinglay olish maqsadda tutiladi. 



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling