―tasdiqlayman‖


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/89
Sana16.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1781430
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
MAJMUA MTT

1-mashg‘ulot. Musiqa rahbari asarni ifodali va qiziqarli qilib ijro etadi. Musiqa 
rahbari bolalardan: «Bu asarni ijro etishda qanday asboblardan foydalansa bo‘ladi 
yoki «Bu asar qanday janrga mansub?» - degan savolni o‘rtaga tashlaydi. 
Bu bolalarda raqs janri haqida ham ma‘lumotga ega bo‘lishlari mumkin. 
2-mashg‘ulot. Musiqani yana bir bor ijro etgandan keyin baxs boshlanadi. 
Bolalar o‘z tasavvurlari va fikrlash qobiliyatlaridan va dunyoqarashlaridan kelib 
chiqib turli javoblarni berishlari mumkin. SHunda musiqa rahbari bolalar fikrini 
jamlab yakuniy bir fikrga, ya‘ni bu «xalq» kuyi ekanligiga keltiradi. 
3-mashg‘ulot. Musiqa rahbari fortepiano jo‘rligida doyrada ijro etishga harakat 
qiladi. Unda usul hissi kuchli bo‘lgan bolani ijroga taklif qiladi. Asar 2-3 marta ijro 


etilgandan keyin bolalar xotirasida qoladi. Kuyni ovozda taxminiy ijro eta 
olganlaridan keyin qolgan zarbli urma cholg‘ularni ijroga qo‘shsa bo‘ladi. 
4-mashg‘ulot. Mashg‘ulotdan oldin asboblarni sozlab bolalarga o‘rgatish kerak. 
CHunki bolalar hayajonlanib, ijro etishlari qiyinlashadi. 2-3 marta orkestr cholg‘ulari 
(rubob, soz tanbir, dutor, tanbur, qonun) birgalikda ijro etishlari yaxshilangandan 
keyingina urma zarbli cholg‘ularni birlashtirsa bo‘ladi. Mashg‘ulot davomida yaxshi 
ijro etishganidan so‘ng biror bir cholg‘uga boshqa bolalarni ishtirok ettirsa bo‘ladi. 
CHunki har bir bola ijro etib ko‘rishga o‘zini orkestr cholg‘uchisi sifatida ko‘rishni 
xoxlaydi. 
5-mashg‘ulot. Orkestr jo‘rligida qolgan bolalarga raqs elementlarini o‘rgatilsa, 
ular raqsga tushishadi, ya‘ni bayram tadbirida bir guruh bolalar ijro etishsa, ikkinchi 
guruh bolalari raqsga tushishadi. Bunda bolalar bayram vaqtida zerikishni his 
qilishmaydi va hammalari ishtirok etadilar. 
Xulosa qilib aytganda, bolalar cholg‘ularida ijro etishga o‘rgatish, va uni hayoti 
davomida qo‘llash bolalarga katta zavq ulashadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling