Antropogidronim – kishi atoqli otlari (ism yoki familiya)dan yasalgan suv ob’ekti nomi.
Antroponimik universaliya – turli tillarga, tarixiy davr va hududlarga mansub bo‘lgan atoqli otlarda uchraydigan mushtarak xususiyat va qonuniyatlar.
Antroponimik formant // antropoformant – antroponimlar yasashda ishtirok etuvchi yoki nom tarkibida formal ravishda mavjud bo‘lgan affiksal morfema.
Antroponimlarning tarixiy-etimologik qatlamlari - antroponimiya tizimidagi etimologik jihatdan o‘z til yoki o‘zlashgan nomlardan iborat va tarixiy hamda lisoniy jihatdan uyushgan guruhlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |