Antroponimiyaning turkiy qatlami – antroponimik tizimdagi etimologik jihatdan turkiy tilga mansub bo‘lgan nomlar guruhi.
Antroponimlashuv // antroponimizatsiya – turdosh so‘z (apellyativ leksika)ning yoki boshqa tip atoqli otning kishi atoqli oti vazifasiga o‘tishi. Masalan: Qo‘qon (shahar) – Qo‘qonboy (ism), Toshkent (shahar) – Toshkentboy (ism) kabi.
Antropooykonimlar – kishi ismlari, laqab, taxalluslar, familiyalardan yasalgan turar nomlari. Masalan: YUsufqo‘rg‘oncha, Yo‘ldoshobod kabi.
Apellyativ – (lotincha apellyativum – turdosh ot) – atoqli otga qarama-farshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy asos bo‘luvchi turdosh va boshqa til leksemalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |