Atoqli otning nominativ vazifasi (funksiyasi) – atoqli otning atash, atoqli ot bo‘lib kelishdan iborat vazifasi.
Badiiy adabiyot onomastikasi – 1) badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlar majmui; 2) nomshunoslikning badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlarni o‘rganuvchi tarmog‘i.
Bationim – (yunoncha badu – chuqurlik, onoma – atoqli ot) – okean ostida mavjud bo‘lgan tabiiy ob’ektlar, okean landshaftlari (tog‘, sayoz joylar, jarliklar, yoriqlar, o‘pg‘onlar) atoqli oti.
Biblionim – (yunoncha bibliov – kitob, onoma – atoqli ot) – har qanday badiiy, ilmiy, diniy, siyosiy asarga berilgan nom (sarlavha). Ideonim turi.
Bionim – (yunoncha bios – hayot, onoma - nom) – jonli organizmlar (odam, hayvon, qush va boshqalar)ning atoqli oti: antroponim, zoonim kabilar.
Biotoponim – jonli mavjudotlar nomiga nisbat berib yasalgan toponimlar.
Venusonim – (lotincha Venus – Venera, onoma – atoqli ot) – Venera sayyorasidagi har qanday tabiiy-fizikaviy ob’ektlarning atoqli oti. Astrotoponim turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |