Gapiruvchi antroponim – badiiy adabiyot tilida o‘zi anglatayotgan shaxs yoki ob’ekt haqida ijobiy yoki salbiy ma’no tashuvchi, uni biror tomondan xarakterlovchi atoqli ot (ism).
Gelonim – (yunoncha gelos – botqoq, onoma – atoqli ot) – botqoqning atoqli oti. Gidronim turi.
Genonim – (yunoncha genos – urug‘, oila, nasl-nasab, onoma – atoqli ot) – urug‘, avlod-ajdod va ular tarmoqlarining atoqli oti.
Geomorfologik oykonimlar – erning tuzilishi, sathi bilan bog‘liq bo‘lgan ahldi punktlarining nomlari. Masalan: Tepaqishloq, G‘ortoepa, YAssitepa kabi.
Geortonim – (yunoncha georto – bayram, onoma – atoqli ot) – har qanday bayram, festival, xotra kunlari va mana shunday marosim va tadbirlarga berilgan atoqli ot. Ideonim turi.
Gidronimlar – (yunoncha gidro - suv) – suv ob’ektlarining, ya’ni dengiz, daryo, ko‘l, soy, ariq, buloq, quduq singarilarning atoqli otlaridir. Masalan: CHimqo‘rg‘on suv ombori, Naymansoy kabi.
Gipponim – (yunoncha gippos – ot, onoma – atoqli ot) – zotli otlarga beriladigan laqab nomlar: Boychibor, G‘irko‘k, Qamishquloq va boshqalar. Zoonim turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |