Tasdiqlayman


MURAKKAB BIRIKMALI TOPONIMLAR


Download 179.93 Kb.
bet38/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

MURAKKAB BIRIKMALI TOPONIMLAR



  1. Mingbuloq- Andijon viloyati Komsomolobod rayonidagi qishloq. O’tmishdaQoradaryo suvining kamayishi va sohilining kengayishi natijasi bu yerda juda ko’p buloqlar paydo bo’lgan va anchagina maydonni egallgan. Shu tariqa Mingbuloq nomi vujudga kelgan. Nom tarkibidagi Ming so’zi behisob, ko’p, son-sanoqsiz manosini bildiradi. Samarqand viloyatining Urgut, Navoiy viloyatining Uchquduq rayonlarida ham mingbuloq qishloqlari bor.

  2. Beshariq- qishloq. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanida. Toshkent viloyati, Kalinin tumanida ham shu nomad qishloq bor. Beshaqriq toponimining “beshta ariq” degan izohi nomning tashqi ko’rinishiga qarab aytilgan.

  3. Sariosiyo- Surxondaryo viloyatidagi rayon nomi. Sariosiyo toponimi tojikcha sar-bosh, -I izofa qo’shimchasi, osiyo tegirmon so’zlaridek yasalgan bo’lib, “tegirmon boshi” ma’nosini anglatadi. Sariosiyo Andijon viloyatining shahrixon, Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo’rg’on, Surxondaryo viloyatining Boysun, Buxora viloyatining Vobkent rayonlarida Sariosiyo deb ataluvchi qishloqlar bor.

  4. Tozaqiyot- Xorazm viliyati xiva rayonidagi qishloq. Nomning birinchi qismidagi toza so’zi Xorazm shevasida “yangi” ma’nosiga ega Qiyot-o’zbek xalqi tarkibida uchraydigan urug’lardan birining nomi. Demak, Tozaqiyot-“yangi qiyot" ma’nosidadir.

  5. Burchmulla- qishloq. Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida. Toponomning mulla so’zi bilan hech qanday aloqasi yo’q. Burchmulla minora dehan ma’noni anglatadi.

  6. Qoramanas- Toshkent viloyati Bo’stonliq rayonidagi qishloq. O’zbek xalqi tarkibiga kirgan Qang’li qabilasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 42 ta urug’ va tarmoqqa bo’lingan. Shulardan biri Qoramanas deb atalgan. Qishloqning nomlanishiga mazkur urug’ nomi asos bo’lgan.

  7. Bo’zdo’ngtov- qir. Markaziy Qizilqumda. Toponim tog’ning rangiga qarab aytilgan. M.Koshg’ariyning yozishicha bo’z “kulrang” yerqipchoq tilida kamaytirish affiksidir. Ozarbayjondagi bo’zdog’ toponimi ham shu so’z asosida vujudga kelgan bo’lib, “kulrang tog’” demakdir.


  8. Download 179.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling