Murakkab birikmali etnonimlar
Qurqozon- o’zbeklar bir urug’i Samarqand va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan. Qurqozon asli qoraqozon bo’lgan degan fikr bor. Bu so’z ikki ma’noda ishlatilgan: 1) bir necha qishloqni o’z ichiga olgan jamoa, bu qishloqlar hashar, ariq tozalash kabi ishlarni birgalashib bajarishgan; 2)harbiy xizmatga chaqirilgan kishi.
Ochamayli(Achamayli)- yuz urug’ining bir bo’lagi. Ho’kiz yoki qo’tosga uriladigan yoki bolalar minishi uchun mo’ljallangan egar ochamay deyilgan. Demak, bu urug’ning tamg’asi egar shaklida bo’lgan.
Tortuvli- qanjig’ali urug’ining bir tarmog’i. Tortuvli urug’I qo’ng’irot urug’ining ajdodi Qo’ng’irot otaning kichik xotinidan tarqalgan ekan. Qong’irot ota keksayganda kichik xotini o’g’il tug’ib tortuv(tortiq-sovg’a)qilgani uchun undan tarqalganlar tortuvli deb atalgan.
Kaltatoylar- Surxondaryoning yuqori va o’rta oqimlarida , Nurota va Mulguzor tog’lari yonbag’irlarida, Turkiston tog’ etaklarida,qashqadaryo vodiysining Kitob shahri atroflarida istiqomat qilganlar.
Musobozorlar- Hisor vodiysida Hisor tog’larining shimoliy yonbag’irlarida(Xonaqadaryo va Qoratog’daryo havzalarida),Qashqadaryoning bosh tomonidagi Forob, Denov, Sumsar qishloqlari atroflarida, ulardan pastroqda- Miraki qishloqlarida ham yashashgan.
3.Turli lug‘atlardan sodda, birikmali va murakkab oykonimlarga misollar topiladi, ular tahlil qilinadi.
Oykonimiya
Do'stlaringiz bilan baham: |