Tasdiqlayman” “xondamir premium 777” mchj rahbari Abduxoshimov Adham Abduxoshimovich


Samarkand viloyati Samarqand sharida sifatli Sut maxsulotlarini sotish orqali tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish loyihasi


Download 259.16 Kb.
bet2/7
Sana06.10.2023
Hajmi259.16 Kb.
#1693833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznes reja Sut maxsulotlar

Samarkand viloyati Samarqand sharida sifatli Sut maxsulotlarini sotish orqali tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish loyihasi.
Ushbu loyihada o‘zgacha uslubda, zamonaviy, yuqori sifatli xizmat ko‘ratishni yani Sut maxsulotlarini yitkazib berishni rejalashtirgan.

Loyiha tashabbuskori:

XONDAMIR PREMIUM 777” MChJ

Ta’sischi:
(Pasport ma’lumotlari):

Abduxoshimov Adham Abduxoshimovich 12.06.1991 yilda tug’ilgan, Samarqand viloyati, Samarqand Shahrida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi – Abduxoshimov Adham Abduxoshimovich
(pasport seriyasi AA7572926 13.11.2014yilda Samarqand shahri IIB tomonidan berilgan).

Loyiha summasi

560 000 000 SO‘M

Shaxsiy mablag‘ ishtiroki

160 000 000 SO‘M

Investor mablag‘i

400 000 000 SO‘M

Loyihaning samaradorlik ko‘rsatkichlari

Sof foyda

1 yilda – 165600000 so‘m
2 yilda – 198720000so‘m
3 yilda – 238464000 so‘m

Loyihaning sof rentabelligi

71,5%

Moliyalashtiradigan bank

-

Bank kredit muddati

-

Kredit imtiyozli davri

-

Bank kredit foizi

-

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

KIRISH

O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishgach o‘z oldiga “Bozor iqtisodiyotiga asoslangan, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli huquqiy –demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish”dek oliy maqsadni ko‘zlab, o‘zining yangi taraqqiyot yo‘lini belgilab olib, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish borasida ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.


Respublikamizda so‘nggi yillarda tadbirkorlikka juda katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.qarorlarini keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilingan.
Bundan tashqari mamlakatimizda tadbirkorlik sohasini tubdan rivojlantirish maqsadida, davlatimizda ijtimoiy siyosatni ko‘zlab, yillarning aloxida nomlanishi, “Inson manfaatlari yil ” (1997 yil), ”Oila yili” (1998 yil), “Soglom avlod yili” (1999 yil), “Ayollar yili” (2000 yil), “Ona va bola yili” (2001 yil), “Qariyalarni Qadrlash yili” (2002 yil), ”Obod maxalla yili” (2003 yil), “Mexr va muruvvat yili” (2004 yil), “Sihat salomatlik yili” (2005 yil), “Homiylar va shifokorlar yili” (2006 yil), ”Ijtimoiy himoya yili” (2007 yil), “Yoshlar yili” (2008), “Qishlok taraqqiyoti va farovonligi yili” (2009), “Barkamol avlod yili” (2010 yil), “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes yili” (2011 yil), «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» (2017) yil, 2018-yil Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash, 2019 yil esa «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili», 2020 yil «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», 2021-yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», 2022-yil «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili», 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nomlanishi, yillarning aloxida nomlanishi orqali maxsus davlat dasturlarini qabul qilish va amalga oshirish, mamlakatimizda, shu jumladan kishloklarda axolini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilgan ishlarning nakadar tug’ri ekanligini tan olgan Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston va boshka mamlakatlarning bizning mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat tajribasini bizdan kurib o‘z mamlakatlarida qo‘llayotganligi, bu masalalarga yaqin yillardan boshlab e’tibor berilayotganligi va ish olib borayotganligi buning yaqqol dalilidir.
Dunyoning ko‘pgina taraqqiy topgan, bugungi kunda barqaror rivojlanib kelayotgan davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalo, o‘zining xususiy mulkiga ega bulgan shaxs va bunday shaxslardan iborat bulgan toifa bu boylikni yanada ko‘paytirish, asrab-avaylash, o‘zini va oilasini boqish, shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Eng muhimi, o‘z yurtida tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda himoyalash uchun astoydil jon kuydiradi. Mazkur faoliyat xam boshqa barcha sohalar kabi aynan mulk egalariga-tadbirkor va ishbilarmon insonlarga suyangandagina taraqqiy etadi.
Eng muximi, bu amalga oshrilayotgan ishlar bir-birini tuldirib, O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishgach o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsad ya’ni “bozor iqtisodiyotiga asoslangan, ochiq tashqi siyosatga ega bulgan kuchli huquqiy –demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish” borasida uzoqni kuzlab ijtimoiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bu esa mamlakatimizning tinchligini, osoyishtaligini, barkarorligini va taraqqiyotini ta’minlamoqda.



Download 259.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling